Ma’ruza Grafik redaktorlar bilan ishlash. Paint grafik redaktori. Reja


Video va komponovka bilan ishlash tizimlari



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə3/7
tarix14.06.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#117111
1   2   3   4   5   6   7
Ma\'ruza 8 yangi

Video va komponovka bilan ishlash tizimlari. Raqamli videotasvirlarga ishlov berish dasturlari hamda ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli grafikadan foydalangan holda ko‘pqatlamli kompozitsiyalarni yaratish, murakkab (s’emka) suratga olish jarayoni o‘rnini egallashi, kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan materiallarga ishlov berish, suratga olingan materiallarni kompyuter animatsiyasi bilan qo‘shish, natijalarni kino va videotasmalarga chiqarish mumkin.
Modellashtirish (2D va 3D).
2 o‘lchovli va 3 o‘lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muhandislik ishlanmalari uchun qo‘l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o‘lchovli animatsiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to‘ldirish mumkin.
Kompyuter grafikasi turlari, rang modellari.
Hozirgi kunda kompyuter grafikasi asosan uch turga bo‘lib o‘rganiladi:
rastrli grafika;
vektorli grafika;
fraktal grafika.
Ular o‘rtasidagi asosiy farq nurning displey ekranidan o‘tish usulidan iborat. Shuningdek ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
Eslab qoluvchi elektron-nurli trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo‘ylab bir marta chopib o‘tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilguncha saqlanib qoladi.
Vektorli grafikaning asosiy elementi – chiziqdir. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo‘ljallangan. Vektorli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Illustrator, CorelDraw va Macromedia Flashlarni keltirish mumkin. Ushbu dasturiy vositalarda ishlangan rasmlar nuqtalar koordinatalari hamda ushbu nuqtalardan o‘tuvchi chiziqlar, vektorlar formulalaridan iborat bo‘ladi. Vektorli grafikada yaratilgan tasvirlar logotip, illyustratsiyalar va zastavkalar yaratishda foydalaniladi.
Vektorli grafika - shrift va oddiy geometrik elementlarni qo‘llash imkoniyatini beradi. Bunda tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi. Vektorli grafikadagi ma’lumotlar operativ xotirada kam joy egallaydi. Masshtablash jarayonida ob’ektlar o‘zining xususiyatini yo‘qotmaydi. Vektorli grafikada murakkab ob’ektlarning o‘lchamini kattalashtirib ko‘zdan kechirish imkoniyati mavjud.
Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo‘ladi. Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo‘yicha matematik formulalar asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi.
Vektorli grafika matematik jihatdan Bezye egri chiziqlaridan foydalanishga asoslanadi. Professor Pyer Bezye (1910 yilda tug‘ilgan) «Renault» kompaniyasida ishlagan. Bezye egri chiziqlari juda murakkab bo‘lmagan ikkita 3-darajali parametrik tenglamalar sistemasi bilan ifodalanadi. Ko‘plab vektorli grafika muharrir dasturlari, o‘yinlar, SWF (Makromedia Flash 4, Makromedia FreeHand dasturlari foydalanadigan) formatdagi fayllar Bezye egri chiziqlariga asoslanadi.
Muharrir dasturlarda Bezye egri chiziqlari odatda ikkita bog‘lam (chiziq oxirlari) va bog‘lamlardan chiqqan kesmalarning chegaralarida joylashgan ikkita yoki to‘rtta egri chiziq ko‘rinishda tasvirlanadi.
Vektorli grafika asosan illyustratsiyalar yaratish uchun yo‘naltirilgandir. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashriyotlarida va boshqa joylarda keng qo‘llaniladi.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə