Malakaviy pedagogik amaliyot kundaligi


Shuningdek, amaliyotchi-talaba amaliyot davomida korxonaning ichki tartib-qoidalariga to‘liq amal qiladi va quyidagilarni bajaradi



Yüklə 45,45 Kb.
səhifə4/37
tarix19.12.2023
ölçüsü45,45 Kb.
#151325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Kundalik astronomiya

Shuningdek, amaliyotchi-talaba amaliyot davomida korxonaning ichki tartib-qoidalariga to‘liq amal qiladi va quyidagilarni bajaradi:
Talaba:

  • Malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tash joyi, reja—jadvali, dasturi va tartibi bilan oldindan tanishish;

  • Malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish;

  • Malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tash yuzasidan zarur axborotlar olish;

  • Malakaviy pedagogik amaliyoti bo‘yicha uslubiy materiallar bilan tanishish hamda malaka amaliyoti rahbarlaridan yo‘l-yo‘riqlar olish huquqlariga ega;

  • Amaliyot davrida ta’lim muassasa ichki tartib qoidalariga bo‘ysunishi lozim.



Talabaga:

  • Malakaviy pedagogik amaliyot reja-jadvali va dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to‘liq hajmda va sifatli bajarish;

  • Malakaviy pedagogik amaliyot kundaligini reja asosida tartibli yuritish;

  • OTM va qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan Malakaviy pedagogik amaliyot rahbarlarining dasturda ko‘zda tutilgan ishlariga oid barcha topshiriqlarini bajarish;

  • hisobotga tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish;

  • qabul qiluvchi tashkilot xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatlari yuklatiladi.

Talaba pedagogik amaliyoti o‘tagandan so‘ng, OTM da Malakaviy pedagogik amaliyot bo‘yicha hisobotini belgilangan muddatda topshiradi va taqdimot tayyorlab himoya qiladi.


    1. Talabalarning edagogic amaliyotini hujjatlashtirish, hisobga olish va baholash.

  1. Talabalar amaliyot davrida kundalik daftar tutadilar. Amaliyot mobaynida bajarilgan vazifalar kundalik daftarda qisqacha qayd etiladi va bajarilgan ishlar to‘g`risida namunalar olinadi va hisobotda ilova qilinadi.

  2. Amaliyot o‘tkazilgandan so‘ng talabalar amaliyot davomida yuritgan kundalik daftarlarini va hisobotlarini to’liq holda amaliyot rahbariga topshiradi.

  3. Amaliyot yakuni bo‘yicha taqdimot tayyorlaydi. Taqdimotda bajarilgan vazifalar bo‘yicha ma’lumotnoma va fotolavhalar taqdim etadilar. Rahbarlar tomonidan qo’shimcha savolar beriladi.

  4. Amaliyotchi talaba amaliyot davrida ba’zi kunlari amaliyotga o’tamasa, institut o‘quv darslariga ta’sir qilinmagan holda o’sha kunlardagi amaliyot ish rejasini amaliyot rahbarining ko’rsatmasiga ko’ra qaytadan amaliyot o’taydi, aks xolda amaliyotning yakuniiy bahosi qo’yilmaydi.

  5. Amaliyotning barcha turlari natijalariga ko‘ra va zarur bo‘lgan hujjatlar topshirilgandan keyin, talabaga yakuniy baho qo‘yiladi.

  6. Pedagogik amaliyotdagi talaba faoliyati 100 ballik (kredit modul) tizim bo’yicha baholanadi va talabaning stipendiyasiga tavsiya etishda hisobga olinadi. Talabaning amaliyot bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi.

  1. 5” baho (90-100 ball) – talaba malakaviy amaliyot davrida olgan nazariy bilimlarini amalyot bilan bog`lay olsa, matеrial bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lib, hayotga tadbiq еta olsa, faol ishtirok etib, amaliyotga oid hujjatlarni to‘liq tadbiq eta olsa, amaliyot ish rejasiga ko’ra va rahbarning bergan topshiriqlarini vaqtida bajara olsa;

  2. 4” baho (70-89 ball) – talaba malakaviy amaliyot davrida kеrakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, faol ishtirok etsa, ammo kichik xatoliklarga yo‘l qo‘ysa, topshiriqlarni 70% dan ortig’ini bajarsa;

  3. 3” baho (60-69 ball) – amaliyotchi talaba nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga yetarlicha ega bo‘lmasa, xatoliklarga yo‘l qo‘ysa, topshiriqlarni 60%dan ortiq bajarsa;

  4. 2” baho (0-59 ball) – talaba malakaviy amaliyot davrida amaliy bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lmasa, amaliyotga oid hujjatlarni taqdim eta olmasa va jiddiy xatoliklarga yo‘l qo’ysa.

Amaliyotdan chetlashtirilgan yoki amliyot mobaynida bajargan ishi qoniqarsiz deb topilgan talabaga fakultet kengashining ruxsati bilan o‘quv darslaridan ozod qilinmagan holda malakaviy pedagogik amaliyotni qaytadan o‘tish belgilanadi.


Yüklə 45,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə