Maktabgacha va maktab ta‟limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‟lim agentligi


SAVAT YOKI YASHIKKA TO„P TUSHIRISH



Yüklə 471,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/61
tarix23.12.2023
ölçüsü471,7 Kb.
#156283
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
08 03 Sport musobaqalarini o\'tkazish ish rejasi va sport bayramlari

SAVAT YOKI YASHIKKA TO„P TUSHIRISH. 
O‗yinga tayyorlanish. O‗ynovchilar bittadan bo‗lib uch, to‗rt qatorga 
saflanadilar. Qatorlar soni qancha bo‗lsa, shuncha savat (diametri 50 sm) yoki 
yashiklar o‗rnatiladi. Savatlar qatoridan 3-4 metr naridagi ustunchalarga yoki 
darahtlarga o‗rnatiladi. Qatorlar boshida birinchi bo‗lib turganlarni oyoqlari 
uchidan chiziq o‗tkaziladi. Qator boshidagi turganlarga bittadan to‗p beriladi. 
O‗yin tavsifi. Tarbiyachi signal berishi bilan qator boshida turganlar 
to‗plarini uloqtirib savatga tushirishga harakat qiladilar. Qator ohirida turganlar 


esa yYerga tushgan to‗pni olib kelib navbatdagi o‗ynovchilarga topshiradilar
to‗p irg‗itganlar to‗pni olib keluvchilar o‗rnigai borib turadilar. Savatga ko‗proq 
to‗p tushirgan komanda g‗olib hisoblanadi. 
O‗yinniing qoidalari:
1.To‗pni savatga irg‗itganda chiziqdan nariga o‗tish mumkin emas. 
Chiziqdan chiqib turgan holda savatga tushirilgan to‗p hisobga olinmaydi. 
2.Hamma o‗ynovchilar navbat bilan savatga to‗p irg‗itishlari lozim. 
Pedagogik ahamiyati. O‗yinda bolalarda basketbol elementlarini ayrim 
malakalari mustahkamlanadi va takomillashtiradi. Bundan tashqari o‗yinda 
bolalarda o‗z kuchiga ishonish, diqqatni va tezlik reaksiyasini rivojlantirishga 
yordam beradi. O‗yinda o‗ziga hos harakati to‗pni savatga tashlash. 
OQ TOSH. 
O‗yinga tayyorlanish. O‗yinda 10 dan 40 nafarga yaqin tarbiyalanuvchi 
qatnashishi mumkin. O‗yin katta yalanglikda, sport maydonchasida yoki zalda 
o‗tkaziladi. O‗yinni o‗tkazish uchun oddiy oq tosh kerak. Tayyorlanish. 
O‗ynovchilar ikki komandaga bo‗linadilar. Har bir komandaga onaboshi 
tayinlanadi. 
O‗yin boshlanishidan oldin o‗yin rahbari yoki o‗yinda qatnashayotgan 
tarbiyalanuvchilardan biri oq toshni belgilangan joyga yashiradi. 
O‗yinning tavsifi. Rahbar silnal berishi bilan tarbiyalanuvchilar toshni 
kidirish uchun oldindan belgilangan maydonga tarkalib ketadilar. Toshni topgan 
o‗yinchi uni qarshi komanda o‗yinchilariga sezdirmasdan o‗zi yoki sheriklari 
bilan qo‗ldan-qo‗lga uzatib rahbarga olib kelib berishi kerak. Agar qarshi 
komanda o‗yinchilari tosh topilganini sezib qolsalar uni qo‗lga tushurishga 
urinadilar. Toshni olib borayotgan o‗yinchiga qarshi komanda o‗yinchisi qo‗lini 
tekkizib olsa tosh uya o‗yinchiga beriladi va u ham toshni sheriklari orasidan 
qo‗lma-qo‗l uzatib o‗yin rahbariga etkazish uchun harakat qiladi. Komandalardan 
biri oq toshni o‗yin rahbariga olib kelib bergandan keyin o‗yin to‗htatiladi. 
Toshni rahbarga keltirib bergan komanda g‗olib hisoblanadi. 
Pedagogik ahamiyati. O‗yin bolalarda ijodiy tashabbuskorlikni, fikrlashni, 


chaqqonlikni tez harakatlanishni rivojlantiradi. O‗yin bolalarda topqirlikni 
qobiliyatlarini namoyon qilishga imkon beradi. O‗yin bolalarda kuzatuvchanlikni 
va harakat reyakstiyasi tezligini talab qiladi. O‗yinni o‗ziga hos harakati toshni 
bildirmasdan qo‗ldan-qo‗lga uzatish va yugurish. 

Yüklə 471,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə