Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv ishlarini rejalashtirish



Yüklə 25,18 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü25,18 Kb.
#142009
Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv ishlarini rejalashtirish


Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv ishlarini rejalashtirish

Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari o’quvchi va talabalarni jismoniy rivojlantirish, sog’lomlashtirish va hayot faoliyatiga tayyorlashdan iborat bo’ladi. Jismoniy tarbiya jarayonlari barcha bosqichlarida tashkil etiladi. Jismoniy tarbiyani tashkil etishda ta’lim muassasaning pedagogik jamoasi jismoniy tarbiya o’qituvchilari va sport murabbiylaring axamiyati katta. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya darslari sport to’garaklaridagi mashg’ulotlar, sport musobaqalari va bayramlar hamda dam olish kunlari va ta’tillarda olib boriladigan turizm mashg’ulotlari hisoblanadi. Jismoniy tarbiya tadbirlarida o’quvchilar hayotiy zarur harakatlar yurish, yugurish hamda sakrash va uloqtirish, tirmashib chiqish mashqlarni bajarib harakat malaka va ko’nikmalari shakllantiriladi. Jismoniy tarbiya vositalari bo’lib hisoblangan jismoniy mashqlar va tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari hamda gigienik vositalar yordamida ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ladi va organizm sog’lomlashadi. O’zbekiston Respublikasining "Halq ta’limi haqidagi" va "Jismoniy tarbiya va sport xaqida" qonunida O’zbekiston Respublikasining fuqarolari o’z salomatliklarini yaxshilash va mustaxkamlash uchun jismoniy jixatidan chiniqishlari to’g’risida qayg’urishlari shart, degan fikr ta’kidlanadi. Bu qonun to’la ma’noda o’quv dargoxlaridagi jismoniy tarbiya ishiga xam ta’luqlidir. O’quvchi va talabalar jismoniy tarbiyasi ularni jismoniy harakatlarini amalga oshirishning tashkil etilgan pedagogik jarayonidir. Ta’lim muassasasidagi jismoniy tarbiyaga oid ishlar o’quvchi va talabalardan xavaskorlikni, tashabbuskorlikni, uyushqoqlikni talab qiladigan juda hilma—hil shakllari bilan farq qiladi. Ular o’quvchi va talabalarda tashkilotchilik ko’nikmalari, faollik, topqirlikni tarbiyalashga yordam beradi. Ta’lim muassasasida o’quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi:
1. Sog’lomlashtirish.
2. Har tamonlama etuk inson qilib tarbiyalash.
3. Vatan mudofaasiga hamda mexnatga tayyorlash.
Jismoniy tarbiyaning maqsadidan kelib chiqqan holda o’quvchi va talabalarni sog’lomlashtirish, chiniqtirish, jismoniy rivojlantirish, harakat malaka va ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha Jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari belgilanadi:
Jismoniy mashqlar va sportga oid maxsus bilimlar berish, Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o’yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, to’plandi va usluban to’ldirildi. Ularga gigienik bilim va ko’nikmalarni singdirish. Bu vazifa o’quvchi va talabalaga jismoniy mashg’ulotlarning foydasi xaqidagi, gigenik qoidalarga, dasturda ko’zda tutilgan barcha jismoniy mashqlarni to’g’ri bajarish qoidalariga rioya qilish xaqidagi zarur bilimlarni berishdan iborat. Bularning hammasi sog’liqni mustaxkamlashga, ularning gigiena qoidalarini bilishlari va ularga amal qilishlariga bevosita daxldor bo’lib, bunga maktab, oila, jamoatchilik hamda bolalarning o’zlarining birgalikdagi harakat bilan erishiladi. Jismoniy mashqlarga va sport mashqlariga jismoniy tarbiya darslari, kun tartibidagi tadbirlar hamda to’garak mashg’ulotlarida o’rgatiladi. Uning natijasida jismoniy rivojlanish ta’minlanadi. Shuningdek, o’quvchi va talabalarda sportga qiziqishlar shakllantirilib, sport turlariga jalb etiladi. Sog’liqnimustaxkamlash, o’quvchilarni to’g’ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish. Tabiat omillari suv, quyosh, havo ta’sirida o’quvchilarni sog’ligini mustaxkamlash, chiniqtirish hamda organizmni kasalliklarga chidamliligini orttirish. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini imkoni boricha toza xavoda o’tkazish yoki sport zallarini toza havo bilan ta’minlanishini tashkil etish. O’quvchi va talabalarni suv muolajalari, suzish va cho’milish mashg’ulotlarini olib borish hamda quyoshga toblanish tadbirlarini boshqarish. Bu tadbirlarni sayrlar, ekskurstiyalar va turizm mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. Bu vazifa ta’lim muassasasidagi barcha jismoniy madaniyat va sport ishlarining eng muhimi xisoblanadi. U xar bir o’qituvchining, pedagoglar jamoasining diqqat markazida bo’lish kerak. Shuning uchun o’quvchi va talabalarning jismoniy jixatdan normal rivojlanishi kerak. Harakat, malakalari va ko’nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o’rgatish. O’quvchi va talabalarning jismoniy madaniyat dasturi mazmuni shunday tuzilganki, o’quvchilar jismoniy madaniyat darslarida, uyda, jismoniy madaniyat to’garaklarida va sport to’garaklarida muntazam shug’ullanib, yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashish, muvozanat saqlash kabi hayotiy zarur harakat ko’nikmalarini sistemali tarzda egallay boradilar. Sanab o’tilgan barcha tadbirlar xar tomonlama jismoniy rivojlanishiga, ularni mexnatga tayyorlashga yordam beradi. O’quvchi va talabalarda harakat malaka va ko’nikmalarini shakllantirishda ularni jinsi, yoshi va jismoniy tayyorgarligi hamda shaxsiy qobiliyatiga qarab yondashish zarur. Jismoniy fazilatlarni takomillashtirish. Tezkorlik, kuch, epchillik va chidamlilik hamda egiluvchanlik xar bir kishi uchun zarur bo’lgan sifatlardir. Ular o’quvchi va talabalarda harakat ko’nikmalarining shakllanishi bilan uzviy bog’liqdir. Jismoniy mashqlarni qisqa yoki uzoq vaqt davomida turli sur’atda, turli murakkabliklar bilan o’tkazish yuqoridagi sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Jismoniy fazilatlarni bir—biriga muvofiq holda rivojlantirish. Mashg’ulotlarni shug’ullanuvchilar shaxsiy qobiliyatlariga muvofiq tashkil etish hamda o’quvchilarni sport turlariga jalb etish. Aqliy va estetik sifatlarni tarbiyalash. Botirlik, qat’iylik, intizomlilik, jamoatchilik, do’stlik va o’rtoqlik xissini, madaniy xulq ko’nikmalarini, mehnatiga va ijtimoiy mulkka munosabatni tarbiyalash. Jismoniy tarbiyaning butun jarayoni bunday qimmatli axloqiy va irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ko’pchilik jismoniy mashqlar, o’yin harakatlari dovyuraklik va do’stlik xislarini tarbiyalashga yordam beradi. Shuningdek, Vatanga muxabbat, vatanparvarlik, xis—tuyg’ularni shakllantirish va tarbiyalash. To’g’ri qomatni shakllantirish. To’rganda va yurganda qomatni to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirish. Qomatni to’g’ri shakllantirish murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir. Shunday ekan, bu sohada ijobiy natijalarga erishish uchun , tik to’rganda, yurganda qomatini to’g’ri tutishi masadga muvofiqdir; jismoniy mashqlarni keng qo’llash kerak; jismoniy madaniyat darslari mazmuniga albatta qomatni yaxshilashga oid mashqlarni, mashg’ulotlargacha bo’lgan gimnastikani, jismoniy madaniyat vaqtlarini, badan tarbiyani kiritish, o’quvchi va talabalarga o’zlari ustida tinmasdan jismoniy va aqliy mashg’ulotlar bilan ishlash hamda uyga tegishli vazifalar berish kerak. Berilgan vazifalarni o’z vaqtida tekshirish hamda amaliyotda sinab ko’rish shu asosida natijalarga erishish ko’zda tutiladi. O’quvchi va talabalarni aqliy va axloqiy tamondan keng doirada tarbiyalash muxim vazifalardan biridir chunki o’quvchi va talabalar ongi rivojlanish paytida bo’ladi. Tarbiyani yaxshi tomonga yo’naltira olgandagina kerakli natijalarga erishish mumkin. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarga jalb etish. O’quvchi va talabalarni ta’lim muassasalaridagina emas, balki uyda ham jismoniy mashqlarni sistemali ravishda bajarishga odatlantirib borishdan iborat. Bu muhim vazifani amalga oshirish uchun o’quvchi va talabalar bilan olib boriladigan barcha mashg’ulotlarni jonli, o’rganiladigan materialning mazmuni va shaklini qiziqarli, hayajonli qilish, mashg’ulot rahbarining samimiy muomalasi ostida o’tkazish, shug’ullanuvchilar o’zaro do’stona xamkorlik qilishlari uchun sharoit yaratish zarur. O’quvchi va talabalarni shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatlariga ko’ra ularni sport turlari bilan shug’ullanishga jalb etish. Shuningdek, yashash joylarida, sport to’garaklarga umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport mashg’ulotlarni amalga oshirish kerakdir. O’quvchi va talabalarda tashkilotchilikni tarbiyalash, jismoniy madaniyat faoliyatini tayyorlash. Ta’lim muassasasi ommaviy jismoniy madaniyat va sport ishlarini muvaffaqiyatli olib borish, jismoniy madaniyat darslari hamda mashg’ulotlarni to’laqonli o’tkazishda o’quvchi va talabalar jismoniy madaniyat faoliyatining o’qituvchiga doimiy yordami zarur. O’quvchi va talabalar orasida jismoniy madaniyat tashkilotchilari, sport to’garaklarida jamoa sardorlari, gurux boshliqlari saylanadi. Ular faol ishtirokchi ichidan tanlanadi. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarishda jismoniy madaniyat jamoasiga yaqindan yordam beradilar. Shuningdek, o’quvchi va talabalarni sportga jalb etish va jismoniy tarbiyaga qiziqishlarini orttirishda axamiyati kattadir.Jismoniy rivojlanish-tarbiyaning ta’sirida organizmda biologik shakllar va funkstiyalarning vujudga kelishi, o’zgarishi va takomillashuvidir. Bu jarayon organizm va uning yashash muxiti tuzilishi, o’zgarishi, miqdor va sifat qonuniyatlariga bo’ysunadi. Inson organizmini jismoniy jixatdan baquvvat qilish albatta organizmga berilayotgan jismoniy yuklamalarni meyorida hamda mashg’ulotlarni to’g’ri olib borish natijasida yuzaga keladi. Jismoniy harakatlarga o’rgatish jarayoni. Buning vazifasi-xaraktani bajarish va uni takomillashtirishdan to ko’nikmani vujudga kelishini ta’minlashdan iboratdir. Bu etapning to’laligicha ko’p marotabalab takrorlash jarayoni yotadi. Xar bir takrorlash tashqi tomondan bir xilday ko’rinsada xar safargisining mazmuni o’z ichiga yangi. Oldingisidan o’zgacharoq nimanidir olgan bo’ladi. Obrazli qilib aytganda, “takrorlashtakrorlashsiz”, “mashq qilish-mashq qilishsiz” takrorlangandek bo’ladi. Aynan shundagina yangi harakat faoliyatining shakillanishi mezoni, poydevori yashiringandir. Shug’ullanuvchilarning ma’naviy xislatlarini tarkib toptirish va uni hayot, jamiyat, ehtiyoji bilan mexnat faoliyati bilan bog’lab olib borish zarur, jismoniy tarbiya jarayoni shug’ullanuvchilarni yangi jamiyat qurish uchun kurashda faol ishtirok etishga ruxlantirish lozim. Shug’ullanuvchilarni milliy istiqlol g’oyasi ruxida tarbiyalash uchun qanday yashayotgani,, nima xaqida o’ylashi, kimlar bilan do’stligi ishlab chiqarishda qanday ishlashi, o’quv yurtida qanday o’qishi, oilada, jamoat joylarda o’zini tutishi bo’sh vaqtini qanday o’tkazishi va boshqalarni jismoniy tarbiya mutaxassislari to’liq bilishi kerak. Jismoniy tarbiya mutaxassislari shug’ullanuvchilarni jismoniy qobiliyatlar rivojlanganlik darajasini bilishi, shaxsiy xarakter xususiyatlarini, aql, idrok, xissiyot irodalarini axloqiy sifatlari va statik extiyojlardagi individual farqlarni o’rganish zarur. Mustaqil mashg’ulotlar jarayonlarida o’quvchi va talabalarda jismoniy tarbiya va sportga munosabati shakllanadi, jismoniy mashqlar, harakatlar va sport turlari bilan mustaqil shug’ullanish ko’nikmalari ortadi. Mustaqil mashg’ulotlarda hayotiy zarur harakatlar o’rgatilish bilan birga, jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik sifatlari takomllishtirib boriladi. Xar bir jismoniy sifatlarni rivojlantirish natijasida organizda o’zgarishlar sodir bo’ladi. Inson tanasi azolari chiniqadi va qon aylanish doirasi yaxshilanish natijasida rivojlanadi.
Olib borilgan pedagogik tadqiqotlar, o’rganilgan nazariy bilim hamda tajribalarning ko’rsatishicha, o’z o’quv-tarbiya jarayonini to’g’ri rejalashtirgan pedagoglar yuqori natijalarga erishadilar. Ishlab chiqilgan rejalar o’qituvchiga uzoqqa qarash imkonini beradi, maqsad va aniq vazifalarni belgilab olishi uchun zamin yaratadi, qo’yilgan vazifalarni hal etish yo’llarini va ko’proq samaradorlik manbalrini ko’zda tutadi.
Rejalashtirishning aniq hujjatlarini tuzib chiqishda o’qituvchi-pedagog qator talablarga rioya qilishi shart.
1. Rejalar xalq va hunar- texnika ta’limi, rahbar tashkilotining qarorlari va me’yoriy hujjatlariga muvofiq bo’lishi kerak. Ular davlat rejasi asosida jismoniy tarbiya tizimining bo’g’inlari uchun tuziladi. Hamma o’quv rejalar jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadlariga muvofiq hamda xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodika tavsiyanomalariga muvofiq bo’lishi lozim.
2. Rejalashtirish jarayonida jismoniy tarbiyaning umumiy va metodik uslubiy asoslaridan kelib chiqish kerak. Rejalashtirish jarayonida asosiy tamoyillar- printsiplarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo’ladi: shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi, muntazamlik, qulaylik, mustahkamlik va yuksalish. Shulardan qaysi biri sog’lomlashtirish samarasini bersa va shug’ullanuvchilarga har tomonlama ijobiy ta’sir etsa, shunisiga keng yo’l ochib beriladi. O’rta Osiyo tabiiy iqlim sharoitida yillik dars soatlarining ko’proq qismini ochiq havodan o’tkazishni rejalashtirgan ma’qul.
3. Rejalashtirishga qo’yilgan asosiy talab uning maqadga muvofiqligi va kelajagi birligidir. Ma’lum sikl rejasi dars seriyalari, yil, chorak oldingi sikllarga asoslanishi va bajariladigan ishga tayyorlashi kerak.
4. Reja amalga oshiriladigan bo’lishi kerak. Rejalashtirishda o’quvchilar sonini, ularni jismoniy tayyorgarligini, maktabning shart-sharoitini, moddiy texnik ta’minlanganligini, faslni va boshqa talablarni hisobga olish zarur. Shu shart va talablardan qaysi biri mavjud bo’lsa, o’quv dasturidan biroz chetlangan bo’lsa ham, shularni rejalashtirish zarur. Bu yerda ma’lumki, imkoni bo’lmagan materiallar soati imkoni borlarga beriladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har bir o’qituvchi ish jarayonida asta-sekinlik bilan shug’ullanuvchilarga sharoit va imkoniyat yaratib berishi kerak. Bunday holatlar ko’pincha dastur bo’limiga yangi talablar kiritilganda bo’ladi.
5. Rejalashtirishning aniqligi o’rgatish bosqichlarini, ularning vazifalariga mosligi bilan ifodalanadi.
Ko’p mashqlar ichidan eng zaruriysini, har tomonlama mukammal yoki pedagogik samaradorlikni ta’minlaydiganlari tanlab olinishi zarur.
Rejalarni tuzishdan oldin o’qituvchi zarur axborotlarni to’plab, tayyorgarlik ishlarini bajarishi kerak. Bu axborotlar o’quv materiallarini, manbalarni va ish shakllari, o’tish tartibini belgilab beradi. Har bir jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturlarini yaxshilab o’rganishi kerak. Bu shuning uchun har bir sinf uchun, bu mashqlarni o’zlashtirib olishda vazifalarni aniq belgilash zarur. Bundan tashqari, dasturni o’rganishda o’quv materiallarining sinfdan-sinfga o’tadigan izchilligini ta’minlash imkonini beradi. O’quvchilar tarkibini, sog’ligi darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarligini o’rganish, bunday ma’lumotlarni hujjatlarni o’rganish orqali olish mumkin. Ayniqsa, o’quvchilar bilan suhbatlar boy ma’lumot beradi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha o’tgan yillar davomida qilingan ishlar va maktabning moddiy bazasini hisobga olish, uni rivojlantirish va takomillashtirish yo’llarini aniqlash zarur. Maktab rahbariyati va pedagoglar jamoasining tarbiyaga bo’lgan munosabatini aniqlash uchun maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishish zarur.
Jismoniy tarbiya darslari bo’yicha o’quv rejasini tuzishda viloyat va tumanning ob-havo sharoitini o’rganish zarur. Ko’pincha bular bir-biridan farq qiladi.
Tuman va viloyatning ommaviy sport tadbirlarini kalendari bilan tanishish zarur. Bunday axborotlar o’qituvchiga dastur bo’limlarini nabatma-navbat o’tishini aniqlash uchun zarur. Yetakchi jismoniy mashqlar turlarini va ish shakllarini aniqlash uchun o’qituvchi maktab, aholi yashayotgan texnik sport va jismoniy tarbiyaga oid an’analarni o’rganadi, o’quv tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish yo’llarini belgilaydi.
O’z o’rnida shuni ta’kidlab o’tish kerakki, jismoniy tarbiya darslarida ishlarni rejalashtirish ikki guruhga bo’linadi:
1. Davlat hujjatlari.
2. Davlat hujjatlari asosida o’qituvchi tuzgan hujjatlar.
Birinchi galda rejalashtirish ishlarida davlat hujjatlarini ko’rib chiqamiz: O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi standartlari (DTS) va o’quv dasturi.
O’quv dasturi “Jismoniy tarbiya” faniga yillik soatlarning hajmi belgilab berilgan.
Jismoniy tarbiya majmuasi maktabda “Alpomish” va “Barchinoy” jismoniy tarbiya bo’yi cha o’quv dasturlariga asoslanadi.
DTSlari o’quv dasturi “Jismoniy mashqlar, jismoniy hujjatlarini rivojlantirish uchun mashqlar, jismoniy jihatlarni rivojlantirish uchun mashqlar, fanlararo aloqa uzviylik talablari belgilab berilgan”.
“Dastur tayyorlashda birinchi navbatda jamiyatning sotsial (ijtimoiy) buyurtmasi, ya’ni jamiyat talab ehtiyojlari hisobga olinadi. Maktab bitiruvchilarining jismoniy tayyorgarligi talablari “Alpomish” va “Barchinoy” majmuida o’z aksini topgan, shuni yodda tutish kerakki, dastur alohida sport turlaridan iborat emas, shuning uchun dastur bo’limlaridagi vazifalarni bir marotabada, sharoit, imkoniyat hamda mavsumlarni hisobga olgan holda hal etib borish zarur”.33
Jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturlari doimo takomillashib, vaqti bilan o’zgarib boradi. Maktab dasturining o’zgarish sabablariga quyidagilar kiradi:
-o’quv dasturida o’zgarishlar bo’lsa;
-o’quv sport bazasining birmuncha yaxshilanishi, fan yutuqlari va ilg’or tajribalarni o’quv jarayoniga qo’llash;
-o’quvchilar ma’lumotining oshishi, metodikaning takomillashganligi, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi;
- jismoniy tarbiyada yangi vazifalarning qo’yilishi izlanishga chaqiradi va yangi maqsadlarni hamda ish usullarini qo’llashni talab etadi.
DTS va o’quv dasturining uqtirish xatini sinchiklab o’qish zarur, chunki unda o’qituvchi uchun eng zarur va muhim ma’lumotlar mavjud. Biroq dastur qanday takomillashgan bo’lmasin, bu hujjat “jismoniy tarbiya” fanini maqsadini, o’quv materialini va mazmunini belgilovchi hujjatdir. Eng muhimi, uni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishish zarur. Jismoniy tarbiyaning hamma shakl va turlari shunga qaratilgan. Shuning uchun o’qituvchi o’quvchilarning jismoniy tarbiya darslarini bilimdonlik bilan rejalashtirishi kerak.
O’qituvchilarning ko’p yillik tajribalari shuni ko’rsatadiki, jismoniy tarbiya darslaridan qo’yilgan vazifalarning samaradorligi tizimini tashkil etish zarur. Bu tizim qator rejalarni mantiqiy bir-biriga bog’lab, tugallangan hisoblanadi. Bularning har biri o’z funktsiyasiga ega. Bir butun olganda jismoniy tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq qilib tashkil etish imkonini beradi. Bu tizim quyidagi hujjatlarni o’z ichiga oladi:
a) yillik o’quv-tarbiya ishlarining reja-grafigi;
b) dastur materiallarini darslarga taqsimlash rejasi, ish reja va dars konspekti.
O’quv-tarbiya ishlarining reja grafigi. Bu barcha parallel sinflar uchun bir yilga tuziladi. Uning asosiy vazifasi bir tekis, o’quv materialini maqsadga muvofiq qilib taqsimlash va yillik ishni tartibga solishdir. Grafikni tuzib chiqish o’quv meteriallarining tahlilidan boshlanadi. Bu asosiy mashqlarni aniqlash, vaqtni hisobga olish, ularni o’zlashtirish uchun zarurdir. Hozirgi dastur tahlili shuni ko’rsatdiki, mashqlar har bir sinfda aniq qo’yilgan. Vaqtni taqsimlab chiqishda mashqlarni murakkabligini va o’quvchilar tomonidan shu mashqlarni o’zlashtirishning qiyinligi bilan bog’liq bo’lgan tomonlarni hisobga olish zarur.
Dastur o’z ichiga yoshlarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifasini, dars hajmini, yillik vazifalarni hal etish uchun o’rgatishning aniq vazifalarini, tarbiya va sog’lomlashtirish ishlarini oladi. Bu dastur o’rgatishning eng qulay varianti, nazorat- sinov vaqtini ko’rsatishi, mustaqil mashg’ulotlar vazifalari va manbalari hisobiga kengayib boradi.
O’quv o’rgatish dasturi o’quv faoliyatini samaradorlik bilan boshqarish imkonini beradi. O’quv materialini o’rgatish jarayonida o’quvchilar mustaqilligini va faolligini oshiradi, o’rgatish vaqtidan ongli foydalanish imkonini beradi. Ana endi, o’quv dasturini tuzish bosqichlarini ko’rib chiqamiz.
Birinchi bosqich jismoniy sifatlarni rivojlantirish ishi uchun mashqlarni tanlashni o’z ichiga oladi.
Ikkinchi bosqich o’rgatishning ko’p yillik vazifalarini aniqlashdan iborat. Ko’p yillik vazifalarni aniqlab borish, o’quv materiallarining izchilligini va o’zaro aloqasini aniqlamog’i zarur. Mashqlarni o’rganish jarayoni spiral bo’yicha tashkil etiladi: har bir yangi aylanishda, navbatdagi o’quv yilida yangi materialni o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan harakat tajribalarini muntazam ravishda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Uchinchi bosqich, yillik o’rgatish vazifalarini shakllantirishdan iborat. O’qituvchi ma’lum sinfda o’rganiladigan mashqlarning darajasini aniqlash lozim, agar u bir necha sinflar uchun dasturda ko’rsatilgan bo’lsa, bunday mashqlarga yugurish, sakrash, akrobatik va boshqa mashqlar qiladi.
To’rtinchi bosqichda yillik vazifalarni hal etish uchun zarur bo’lgan darslar hajmi hisoblab chiqiladi.
Beshinchi bosqich ko’p mehnat talab qiladi, dars vazifalariga aniqlik kiritishdan, ularni hal etish uchun manba tanlash, o’rganiladigan harakat-faoliyat qismlariga yordamchi mashqlarning qaytalanish sonini belgilash va ularni bir butun qilib o’rganishdan iborat.
Maktab dasturi bo’limini rejalashtirishning uch usuli ma’lum: parallel, ketma-ket va aralash. Dastur materiallarini parallel o’tishda dasrlarda har xil bo’limlardan materiallar kiritiladi. Bo’limni ketma-ket o’tish yuqori sinflarda amalga oshiriladi va yengil atletika, sport o’yinlari, gimnastika va boshqa mashqlar navbatma-navbat hal etiladi. O’quv materialini aralash rejalashtirish deganda birinchi va ikkinchi usulni birga qo’shib olib borish tushuniladi, ya’ni ba’zi bir bo’limlar parallel; ba’zilari alohida o’rganiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan usullarning har biri o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. O’rta sinflarda parallel usulini qo’llash yaxshi natija beradi. O’quv materialini parallel usulda o’tish birmuncha yuksaklikka olib keladi. U harakat faoliyatlarini shakllantirish imkonini beruvchi manbalarni uzoq qo’llash orqali o’rgatishning samaradorlik xususiyatini oshiradi. Bulardan tashqari, bunaqa rejalashtirish darslarni xilma-xil tashkil etish imkonini berib, qiziqarli qiladi. Ammo bu holat sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko’rishni talab etadi.
O’quv-tarbiya ishlarining grafigi kelajak reja ishlariga kiradi. U o’qituvchiga bir vaqtning o’zida yil davomida o’rgatish jarayonini ko’rish uslubiy tamoyillarini amalga oshirish imkonini beradi.
O’qituvchi “O’quv materialining mazmuni” grafigiga dastur mashqlarini jismoniy sifatlarini kiritadi. Bu grafaga hamma mashqlarni yozish kerak.
“Nazariy ma’lumotlar” grafasiga faqat umumiy savollar emas, balki o’quv ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun, o’quvchi nazariy bilimlarini boyitadigan, aqlni charxlaydigan savollar kiritiladi.
Mustaqil mashg’ulotlar metodikasi va texnika haqidagi axborotlarni o’qituvchilar hamma asosiy, tayyorlov va yordamchi mashqlarni o’rganishda muntazam ravishda o’rganib oladilar.
Tarbiya vazifalari ayrim mashqlar guruhi ham, ulardan har birini rejalashtirishga ham aloqador bo’ladi. Misol uchun, yengil atletikadan olingan mashqlar mashg’ulotlarga ijobiy munosabatni uyg’otadi. Keyingi grafalar esa yillik soatlar, chorak soatlari hamda darslarning tartib sonlarini ko’rsatadi. Ma’lumki, o’quv rejasiga asosan har bir sinfda 68 soatdan dars o’tishi kerak. Rejalashtirishda dars asosiga yangiliklar, mazmunli mashqlar, innovatsion usullar va harakatlarni barcha choralariga singdirishi zarur.
Bu maqsadlarni bajarib bo’lgandan so’ng o’quv materiallarini darslarga taqsimlash boshlanadi.
Programmaning umumiy materiallarini chorak soatlari asosida chorakma-chorak vertikaliga taqsimlab chiqiladi. Shunda bir soatli darsga nechta vazifa olinganligi va har bir vazifani qanday hal etish zarurligi aniq ko’zga tashlanadi. Vertikaliga olingan vazifalarning gorizantaliga qaralsa, har bir vazifaning necha marta takrorlanayotganligini ko’rish mumkin.
Yüklə 25,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə