M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Meros va hozirgi zamon

Um id A zizo v
Islom Karimov nomidagi Yodgorlik majmuasining
xalqaro bo'lim mudiri 
D ilnoza Sobirova 
Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jam oat
fondi xodimi


20
"OTASH KABI YONIB, O'ZGALAR YO'LINI YORIT!"
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich 
Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova bilan suhbat

Hurmatli Tatyana Akbarovna! Shu kunlarda O'zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti Isiom Abdug'aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi nishonianmoqda. U 
kishini Yurtboshimiz sifatida yaxshi taniymiz. Birinchi Prezidentimiz kundalik hayotda, 
oila davrasida qanday bo'lgan lari o'quvchilarimizni qiziqtirishi tabiiy.
Biz Islom Abdug'aniyevichni irodali, sobitqadam, qat'iyatli, jasur, yuksak obro' qo- 
zongan donishmand inson deb bilamiz. Bunday fazilatlar qanday shakllangan? U kishi­
ning bolalikyillari haqida Sizga nimalar ma'lum?


21
Oilaviy surat. 1928-yil. Abdug'ani ota (1894-yilda tug'ilgan), Sano- 
bar aya (1902-yilda tug'ilgan), farzandlari Mehriniso (1920-yilda 
tug'ilgan), Amonullo (1922-yilda tug'ilgan) va Ibodullo (1926-yilda 
tug'ilgan) bilan

Haqiqatan ham, Islom Abdug'aniyevichning bu­
tun hayoti fe'l-atvoridagi o'ziga xos xislatlar haqida 
shahodat beradi. Nimagaki erishgan bo'lsalar, bari 
o'sha xislatlari tufaylidir.
Islom Abdug'aniyevichning bolaligi urush va 
urush- dan keyingi og'ir damlarga to'g'ri keldi. 
Kichikligidayoq peshona teri bilan non topish nima 
ekanini bildi. Samarqandning eski shahar qismida 
yashagan oddiy oila. Islom Abdug'aniyevich mak- 
tabga chiqqan kezlari rus tilini bilmas edi, ammo 
bukilmas irodasi, qat'iyati va sobitqadamligi bois 
maktabni oltin medalga bitirdi. U yozgan insholar na- 
muna o'laroq butun sinfga o'qib berilar edi. Keyinroq 
sinfdoshlaridan biri tan olishicha, uning insholaridan 
oliy o'quv yurtiga kirish imtihonida "shpargalka" sifa­
tida foydalanishgan. Shu tariqa oddiy oilada voya- 
ga yetgan yigit maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, 
taqdiriga peshvoz chiqmoq uchun safarga otlandi. 
O'sha kezlar oltin medal va olam-olam orzular uning
bor-yo'q bisoti edi. U kindik qoni to'kilgan ona za- 
minga mustaqil O'zbekistonning Birinchi Prezidenti 
bo'lib manguga qaytdi.
Sinfdoshlaridan biri Islom Abdug'aniyevichning 
shaxsiy maslagini yorqin namoyon etuvchi, maktab 
yillariga doir bir voqeani xotirlagan edi. Yozgi meva 
yig'im-terimi payti yoshi ulug' bir kishi bolalardan 
kelajakda kim bo'lishlari haqida so'raydi. Ko'pchilik 
uchuvchi, tokar kabi kasblarni egallash istagini bildi- 
radi. Islom Abdug'aniyevichning javobi esa bolalar- 
ni ham, kattalarni ham hayron qoldiradi: "Men Amir 
Temur kabi ulug' inson bo'lamanl".
Maktab yillaridanoq Maksim Gorkiy hikoyasi per- 
sonaji - o'z jonidan kechgan, yuragini mash'al kabi 
yoqib xalqni qutqarib qolgan Danko eng sevim- 
li adabiy qahramoni edi. Uning "Otash kabi yonib, 
o'zgalar yo'lini yorit!" degan shiori yosh Islom 
Abdug'aniyevichning yuragida muhrlanib qoldi. Bu 
keyinroq Prezidentning hayotiy maslagiga aylandi.


Ш
22

Sizlar qanday tanishgansizlar? Bo'lajak tur- 
mush o'rtog'ingiz Islom Abdug'aniyevich qalbin- 
gizni qanday zabt etganlar?

Islom Abdug'aniyevich bilan 1970-yili Samarqand- 
da, muhandislik-texnologiya fakultetining oxirgi kursida 
o'qigan kezlarim tanishganmiz. Birinchi ushrashuvimiz 
uning akasi Ibod G'aniyevichning uyida bo'lgan. Ibod 
G'aniyevichning rafiqasi Xayriniso Sultonovna mening 
xolavachcham edi. Men talabalar yotoqxonasida is- 
tiqomat qilar, darsdan keyin ularning uyiga tez-tez meh- 
monga borib turar edim. Ibod G'aniyevich oqko'ngil, 
aqlli va odamshavanda inson, boz ustiga, yaxshi suhbat- 
dosh ham edi.
Yangi yil bayrami eshik qoqib turgan kunlarning biri- 
da ularning uyida o'tgan navbatdagi mehmondorchilik- 
dan so'ng endigina ketishga taraddud ko'rib turganimda 
yosh bir yigit kelib qoldi. Uni menga Ibod G'aniyevich­
ning ukasi deb tanishtirishdi. Bu Islom Abdug'aniyevich 
edi. Birinchi uchrashuvimizda deyarli gaplashmadik. 
O'shanda opam yo'ldan kelgan mehmon qo'lini yuvishi 
uchun ko'zadan suv quyib berishimni so'radi. Keyin oila 
davrasida yana bir-ikki bor uchrashdik.
Kechagidek yodimda, martning yettinchi kuni, ayni 
bayram arafasi edi. Ko'klamning xush iforga to'la iliq ha- 
vosi. Shig'alab yog'ib o'tgan yomg'irdan keyin atrof-bor- 
liq toza, musaffo va go'zal bo'lib ketgan. Ko'lmaklarda
osmon parchasi aks etar, ko'ngillar yorishib, farahbaxsh 
hislarga limmo-lim to'lgan edi. Men talabalar yotoqxo­
nasida edim. Ittifoqo meni birov so'rab kelganini xabar 
qilishdi. Kelgan kim ekani yetti uxlab tushimga ham 
kirmagani rost. Chiqib ko'rdimki, meni yo'qlab kelgan 
odam Islom Abdug'aniyevich ekan.
U meni xiyobonda sayr qilishga taklif qildi. Biz ilk 
bor yolg'iz o'zimiz ko'rishib, gaplashib turgan edik. Ta- 
biat, ob-havo, o'qish haqida suhbatlashdik. Odatiy suh­
bat. Lekin sayr asnosida Islom Abdug'aniyevich to'xtab, 
hech kutilmaganda "Menga turmushga chiqasizmi?" 
deb so'radi. Men uchun bu mutlaqo kutilmagan hoi edi. 
Qanday izohlashni ham bilmayman, men shunday holga 
tushgan edim: aql vaziyatni hali to'liq anglab, baholab 
bo'lmasdan, qalb va yurak "ha" deya javob berib bo'lgan 
edi. Ko'ngil shubhayu gumondan xoli kezlarda shunday 
bo'ladi. Men bu insonning kuchi, samimiyati, jozibasi, 
qat'iyati va nedir bir ohanrabosini sezgan bo'lsam ke- 
rak... Men "ha" deya javob berdim. Bari ana shunday 
kechgan edi. Bor-yo'g'i bir necha qisqa uchrashuv...
Islom Abdug'aniyevich aprelda ota-onamdan qo'lim- 
ni so'ragani Quvasoyga bordi. To'yimiz may oyida dast- 
lab Samarqandda, keyinroq Quvasoyda bo'lib o'tdi.


23


Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə