M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Meros va hozirgi zamon

Badarch Dendev
YUNESKOnlng 
O'zbekistondagi 
vakolatxonasi 
rahbari vazifasini bajaruvchi


11
ISLOM KARIMOV VA UNING O'ZBEKISTONNI 
BARQAROR RIVOJLANTIRISHIDAGI ROLI
Taniqli siyosatshunos Leonid Levitin bir кип shunday degandi: “Islom Karimovning 
mamlakat boshqaruviga keiishini Uinston Cherchili 1940-yilda, ya'niAngliya halokatyoqa- 
sida turgan davrda, mamlakat rahbarligini o'z qo'liga olganiga o'xshatish mum kin. Cher- 
chill Angliya parlamentining quyi palatasidagi nutqida quyidagi so'zlarni aytgandi:
"Men 
faqat mehnat, ko'z yosh lari va peshona terini taklifqila olaman. Bizni eng qayg'uli va eng 
og'ir sinovlar, uzund&n-uzoq oylarga cho'ziladigan kurash va azob-uqubatlar kutmoqda. 
Siz mendan "Maqsadimiz nima?“, deb so'rashingiz mumkin. Men faqat "G'alaba!", deb 
javob berishim mumkin. G'alabaga bo'lgan yo'l qanchalik uzoq va mashaqqatli bo'lmasin, 
men faqat g'alaba deya olaman, sababi, g'alaba qozonmasak, halok bo'lishimiz muqar- 
rar. Bizyutqazishimizga odamlaryo'l qo'ymasliklariga ishonaman"[1].


12
SSSR parchalanib ketganidan keyin O'zbekistondagi 
vaziyat, butun sobiq ittifoq hududida bo'lgani kabi, ko'p 
yillar davomida shakllanib kelgan xo'jalik, ishlab chiqa- 
rish va moliyaviy munosabatlarning to'liq yemirilishi, 
qonunchilikdagi vakuum va aholining bir qismi uchun 
xos bo'lgan huquqiy nigilizm tufayli yuzaga kelgan iqti 
sodning keskin pasayib ketishi bilan tavsiflanadi. Bu ho- 
latni shu davrgacha ustuvor hisoblangan kommunistik 
mafkura va shu mafkura bilan bog'liq bo'lgan qadriyat- 
lar tizimidan keskin voz kechilishi bilan izohlash mumkin. 
Natijada mamlakatda inflyatsiyaning yuqori sur'atlarda 
oshishi, aholi real daromadlarining keskin pasayishi va 
ishsizlar sonining ortishi kabi salbiy tendensiyalar namo- 
yon bo'la boshladi.
Millatlararo va urug'lararo ziddiyatlar yuzaga kela
boshladi. Undan tashqari, aholida, birinchi navbatda 
yoshlar orasida radikal kayfiyatlarning o'sishi hamda 
Afg'onistonda davom etayotgan harbiy qarama-qarshi- 
lik va Tojikistonda boshlangan fuqarolar urushi vaziyatni 
yanada chigallashtirishga olib kelmoqda edi.
Mana shunday muammolar O'zbekiston Respub­
likasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga meros 
bo'lib qolgan edi. Aynan uning noyob yetakchilik sifatlari, 
metin irodasi, vatanparvarligi, chuqur va puxta o'ylangan 
siyosatni izchillik bilan olib borishi mamlakatning xaos 
holatiga tushib qolishining oldini olishga va xalq tinchligi 
va birdamligini saqlab qolishga imkon yaratdi.
U MDH rahbarlari orasida "Shok terapiyasi" yo'li biz 
uchun nomaqbuldir, odamlarni faqatgina maqsadga, 
hatto o'sha maqsad ezgu bo'lsada, erishish vositasi sifa­
tida ko'rib bo'lmaydi. Men odamlar ochlik va nochorlikka 
duchor bo'lishlariga, aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash 
tizimining yemirilishiga, bemorlar shifoxonalarsiz, bo-
lalar esa maktablarsiz qolishiga yo'l qo'ymayman" degan 
birinchi va katta ehtimol bilan yagona rahbar bo'ldi.
Tarixdan ma'lumki, aynan ijtimoiy-iqtisodiy formatsi- 
yalar almashishi ro'y berayotgan keskin tarixiy o'zgarish- 
lar davrida ijtimoiy ziddiyatlar va muammolar yanada 
dolzarb tusga ega bo'ladi va milliy xafvsizlik, fuqarolar 
tinchligi va mamlakatdagi barqarorlikka tahdid soluvchi 
asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
Islom Karimov O'zbekistonning siyosiy va iqtisodiy


13
rivojlanishi hamda davlat va fuqarolar jamiyati qurilishi 
strategiyasini xalqimizdagi tarixiy shakllangan milliy va 
madaniy qadriyatlardan kelib chiqib, asosiy ijtimoiy-si- 
yosiy va iqtisodiy trendlarni xolisona baholagan holda 
belgilagan edi. Bu eng oqilona va to'g'ri tanlov edi, ya'ni 
bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayoni ulkan va inqilobiy 
o'zgarishlarsiz, balki sobitqadamlik va izchillik bilan - 
bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Prezident I. Karimov strategiyasining o'tish davridagi 
birinchi, va shubhasiz, eng muhim postulati, bu imkon qa- 
dar kamroq ijtimoiy yo'qotishlarsiz harakat qilish, odam- 
larga ziyon yetkazmaslikdan iborat edi. Islom Karimov 
ushbu postulatni quyidagicha bayon etgan: "O'zbekis­
tonning o'z yangilanishi va taraqqiyot yo'liga asos qilib 
olingan yetakchi tamoyillardan biri kuchli ijtimoiy siyosat- 
ni amalga oshirishdan iboratdir... Ishonchli ijtimoiy kafo- 
latlarni va aholini ijtimoiy himoyalash choralarini ta'min- 
lash bozor o'zgarishlarining hamma bosqichlari orqali
*
o'tadi va jamiyatimizni yangilashdan iborat g'oyat keng 
jarayonning boshqa yo'nalishlarini ham qamrab oladi"[2],
Mazkur strategiyaning ikkinchi postulatining maz- 
muni quyidagicha ifodalangan: siyosiy barqarorlikning 
ta'minlanishi iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatli kechishi- 
ning zarur shartidir. Shu o'rinda I.A. Karimovning quyida­
gi tezisini eslash o'rinli - "yangi uy qurmasdan turib, eski 
uyni buzma", ya'ni - avvalgi davlat apparatini shoshib, 
puxta o'ylamasdan turib buzish, foydadan ko'ra ko'proq 
ziyon yetkazadi, bu ishda izchil yo'l tutish zarur.
Mamlakatni isloh qilish va milliy davlatchilik poy- 
Devorini shakllanitirish strategiyasini amalga oshirishda 
islom Karimov tomonidan qo'yilgan birinchi qadam, bu 
злхап juda qisqa muddatlarda Bosh Qonun - O'zbekis- 
ion Respublikasi Konstitutsiyasining ishlab chiqilishi va 
sscxil qilinishi bo'ldi. Islom Abdug'aniyevich yangi Kons- 
ttjtsiyani yaratish bo'yicha komissiyaga rahbarlik qil- 
з *з mamlakatda davlat va jamiyat qurilishining asosiy 
;rnsplarini ishlab chiqish va mustahkamlashda bevosita 
srtirok etdi. Uning muhim holatlari quyidagilarda qayd 
aiimgan:
-navlatxalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga 
■zmat qladi;
- J zbekiston xalqini millatidan qat'i nazar, mamlakat 
fcoarolari tashkil etadi;
- гггста fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega 
а с lb, jiinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, 
г "looci snaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun 
a id e s :e--gdirlar.
Konstitutsiyada iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va 
mehnat erkinligi davlat tomonidan kafolatlanganligi; 
teng huquqlilik, mulkchilikning barcha shakllari, shu 
jumladan xususiy mulkning huquqiy himoyasi va daxl- 
sizligi; shuningdek davlat hokimiyatining tizimi qonun 
chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga bo'linishi belgi- 
lab qo'yildi. Sud hokimiyati tizimining yaxlitligini shakl- 
lantirish bo'yicha masalalar muvaffaqiyatli tarzda hal 
qilindi.
Bundan tashqari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish or­
ganlari tizimi - mahalla institutini rivojlantirish va mus- 
tahkamlashga alohida e'tibor qaratildi.
Qisqa muddatda milliy Qurolli kuchlar va xavfsizlik 
organlari tizimi yaratilib, O'zbekiston Respublikasining 
davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, konstitutsi- 
yaviy tuzumini, jamoat tartibini ishonchli himoya qilinishi 
ta'minlandi va xalqaro terrorizm va ekstremizmga, 
narkoagressiyaga qarshi kurash yo'lga qo'yildi.
Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan mintaqa- 
dagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning va mamlakat xavfsizligi- 
ning chuqur tahlili asosida mamlakatda tinchlik, xotirjam- 
lik va barqarorlikni saqlashga ko'maklashuvchi xavfsizlikni 
ta'minlashning yaxlit tizimi to'liq ishlashi uchun mustah- 
kam huquqiy asosni yaratib bergan "O'zbekiston Res­
publikasining harbiy doktrinasi to'g'risida", "O'zbekiston 
Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi" va boshqa 
bir qator hujjatlar qabul qilindi.
Parlament Ombudsmani, Inson huquqlari bo'yicha 
milliy markaz kabi bir qator fuqarolik va jamoat


14
institutlarini shakllantirish bilan bog'liq masalalar ham 
Islom Karimovning diqqat markazida bo'ldi.
Birinchi Prezident rahbarligi ostida O'zbekiston Res­
publikasining tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasi ishlab 
chiqilgan bo'lib, uning negizida tinchliksevarlik va bosh- 
qa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, paydo 
bo'luvchi ziddiyatlar va nizolarni faqat tinchlik, siyosiy 
yo'l bilan hal qilish yotardi. Bu hujjat 2012-yili mamlakat 
parlamenti tomonidan tasdiqlandi.
Islom Karimov O'zbekiston vujudga kelgan bar­
cha ziddiyatlarni, hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga 
qo'shilmasdan, o'z hududida xorijiy harbiy bazalarning 
joylashtirilishini va mamlakat tashqarisida o'z harbiy xiz- 
matchilarining bo'lishiga yo'l qo'ymasdan faqat tinchlik 
va siyosiy yo'l bilan hal etish pozitsiyasida mustahkam 
turishini bir necha bor ta'kidlab o'tgan.
U doimo "bizning xalqimizga tinchlik va osoyishtalik 
kerak. Bu - O'zbekiston xalqining istagi, bu - bizning 
xalqimizning maqsadi, bu - uning qat'iy qarori" ekaniga 
alohida urg'u berar edi.
Mustaqillikka erishilgandan so'ng Birinchi Prezident 
rahbarligi ostida O'zbekistonning faol tashqi siyosati
amalga oshirib kelingan. Islom Karimov bir necha bor 
BMT Bosh assambleyasida va boshqa xalqaro tashki- 
lotlarning sessiyalarida so'zga chiqqan va ularda eng 
muhim va dolzarb xalqaro muammolarni hal qilish 
bo'yicha eng oqilona va jo'yali tashabbuslarni taklif et- 
gan.
Uning terrorizm va narkobiznesga qarshi kurashish 
hamda Markaziy Osiyoda "xavfsizlik kamari"ni shakllarv- 
tirish bo'yicha kuchlarni birlashtirish taklifi O'zbekiston- 
da ShHT Mintaqaviy terrorizmga qarshi tuzilmasininc 
shtab-kvartirasi ochilishi hamda Markaziy Osiyoda yadro 
qurolidan ozod zona yaratilishi uchun asos bo'lib xiznra: 
qildi.
O'zbekiston ShHTga asos solgan mamlakatdan b> 
bo'ldi va bu muhim mintaqaviy tashkilotda ikki marota- 
ba raislik qildi.
2016-yil iyun oyida Toshkentda Shanxay Hamkcy- 
lik Tashkilotida O'zbekiston Respublikasi raislik qilga- 
davrda ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashining 
yig'ilishi o'tkazilib. ShHT faoliyatini takomillashtirish 
vs 
kelajakda har xil yo'nalishlarda hamkorlikni kengaytiristi 
bo'yicha muhim hujjat va qarorlar qabul qilindi.


15
Islom Karimov Markaziy Osiyo haqida so'z yuritgani- 
da, dunyo sal kam yuz yillarga unutgan Markaziy Osiyo 
deb nomlanuvchi geosiyosiy kenglik hozirda o'zini yan- 
gi sifatda ko'rsatmoqda va siyosiy sharoitlarda o'ziga 
xos bo'lmagan o'zgarishlarni yuzaga keltirmoqda, deb 
ta'kidlab o'tardi. Shu bilan birvaqtda bu mintaqa, hozir­
gi kunda bu yerda ko'pchilik mamlakatlarning siyosiy va 
iqtisodiy manfaatlari markazlashayotgan davrda tashqi 
siyosiy kursni shakllantirish strategiyasida muhim va hal 
etuvchi element bo'lib qolmoqda.
Markaziy Osiyo instituti direktori, ushbu mintaqa ma- 
salalari bo'yicha Amerikaning yetakchi mutaxassislaridan 
biri hisoblangan Frederik Starning fikricha, "Markaziy 
Osiyodagi davlatlar ichida faqat O'zbekiston mintaqaviy 
barqarorlikni ta'minlovchi kuch sifatida ko'rilishi mura- 
kin"[3],
Milliy iqtisodiyotning shakllantirilishi va uning tub- 
dan isloh qilinishi, shu jumladan bozor iqtisodiyotining 
huquqiy asoslarining yaratilishi mamlakatning mustaqil 
rivojlanishi va O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishning eng muhim va ustuvor asoslari bo'lib qoldi. 
Islom Karimovning fikriga ko'ra, "faqat kuchli va mustah- 
kam huquqiy asos mavjud bo'lsagina zamonaviy bozor 
iqtisodiyotiga ega yangijamiyatyaratish mumkin" [4].
Birinchi Prezident tomonidan amalga oshirilgan 
kompleks islohotlar natijasida iqtisodiyotda tuzilmaviy 
o'zgarishlar, barcha moliyaviy institutlar va real sektor 
tarmoqlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta'minlash, 
bozor mexanizmlarini keng tatbiq qilish, ishlab chiqarish
diversifikatsiyasi, texnik va texnologik jihatdan uzluksiz 
yangilanishi va rivojlantirilishi izchillik bilan amalga oshi- 
rildi, buning uchun yirik investitsiyalar, jumladan xorijiy
sarmoyalarjalb qilindi. Bularning barchasi mamlakatning 
iqtisodiy salohiyati va jahon bozorida raqobatbardosh- 
ligini oshirishga, kelajakdagi rivojlanishi uchun mustah- 
kam poydevorni shakllantirish uchun mustahkam asos 
yaratilishiga yordam berdi.
Mamlakatda respublikamiz uchun mutlaqo yangi 
bo'lgan neft-kimyo va avtomobilsozlik kabi yuqori tex­
nologik sanoat tarmoqlari yaratildi. Farmatsevtika, kimyo 
sanoati, qishloq xo'jaligi va temir yo'l mashinasozligi, 
shuningdek elektrotexnika, to'qimachilik mahsulotlari 
hamda zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish 
sohalari yanada rivojlana boshladi.
O'z imkoniyatlari va salohiyatiga ko'ra noyob hi­
soblangan Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi, Qo'ng'irot 
soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi, Andi- 
jon, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlarida avto- 
mobil zavodlari kabi sanoat ob'ektlari barpo etildi.
Zamonaviy davlatni rivojlangan infratuzilmasiztasav- 
vur qilish mumkin emas. Axborot-kommunikatsiya tex- 
nologiyalari sohasida milliy potensialni oshirish va ularni 
xalq xo'jaligining barcha tarmoqlariga keng tatbiq qi­
lish bo'yicha ishiar tez sur'atlarda amalga oshirildi. Mu- 
handislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilma- 
sini rivojlantirish va modernizatsiya qilish Dasturi ishlab 
chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Ko'pgina o'zgarishlar bilan bir qatorda Qamchiq tog' 
dovonida o'tkazilgan noyob tonnel orqali Angren-Pop, 
shuningdek Toshguzar-Boysun-Qumqo'rg'on temir yo'l 
liniyalari qurildi. Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib Tosh- 
kent-Samarqand-Buxoro-Qarshi yo'nalishi bo'yicha tez- 
kor temir yo'l qatnovi ochildi.
Xalqaro aeroportlar modenizatsiya qilindi, "Navoi" 
aeroporti va O'zbek milliy avtomagistrali bazasida 
xalqaro logistika markazlari tashkil qilindi.


16
Mustaqillik yillarida mamlakatning, shahar va qish- 
loqlarining tashqi qiyofasi tubdan o'zgardi. Hozirgi
kunda O'zbekiston katta qurilish maydoniga aylangan. 
Har yili yangi sanoat korxonalari ishga tushirilmoqda, 
o'quv maskanlari, sog'liqni saqlash muassasalari va 
boshqa turdagi ijtimoiy soha ob'ektlari qurilmoqda. 
Alohida diqqat keng miqyosda amalga oshirilayotgan 
turar joy qurilishiga qaratilmoqda.
Islom Abdug'aniyevich tashabbusi bo'yicha qish- 
loq aholisi uchun shahar sharoitlariga yaqinlashtiril- 
gan yashash sharoitlarini yaratish maqsadida imtiyozli 
shartlarda uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratilishi bi­
lan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka 
tartibdagi uy-joy qurilishi davlat dasturi qabul qilindi.
Islom Karimovning puxta o'ylangan va izchil amalga 
oshirilayotgan siyosati tufayli mamlakatning agrarsoha- 
si tubdan isloh qilinib, bugungi kunda qishloq xo'jalik 
asosini fermerlik xo'jaliklari tashkil etadi. Bu yerda juda 
muhim bir jihatga e'tibor qaratish lozim, don mustaqil-
ligiga erishish orqali aholini uzluksiz un va non bilan 
ta'minlash barobarida o'zimizdagi ishlab chiqarish hi- 
sobiga aholining go'sht, sut va go'sht-sut mahsulotla- 
riga bo'lgan ehtiyojini to'liq qondirish masalasi hal etildi. 
Sanab o'tilgan yutuqlarda Islom Karimovning fidokorona 
mehnati eng muhim rol o'ynagan edi.
Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab Islom Karimov 
tomonidan zamonaviy O'zbekiston uchun yangi bo'lgan 
bozor iqtisodiyotining asoslari yaratildi. Bozor infra- 
tuzilmasi institutlarini yaratish va raqobat muhitini shakl- 
lantirish orqali bozor iqtisodiyoti munosabatlarining
mexa- nizmi ishga tushirildi.
Milliy iqtisodiyotda kichik va xususiy biznes muhim 
o'rinni egalladi. Xususiy sektor vakillari uchun imtiyozlar 
va preferentsiyalar belgilandi, xom-ashyo resurslaridan 
foydalanish uchun imkoniyatlar yaratildi.
O'zbekiston 25 yil ichida barcha sohalardagi muvaf- 
faqiyatlarini va dinamik rivojlanishini namoyish etgan 
holda, o'z fuqarolari xavfsizligini ta'minlash, ularning 
moddiy farovonligi va ijtimoiy himoyasini oshirish, shu- 
ningdek turli xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega 
bo'lishi masalalariga alohida e'tibor qaratadigan barqa- 
ror mamlakatga aylandi.
Islom Karimov tomonidan yaratilgan "o'zbek mode- 
li" asosida amalga oshirilayotgan islohotlar bir necha 
bor ekspertlar tomonidan yuqori e'tirofga sazovor 
bo'lganlar.
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish 
bo'yicha Yevroparlament delegatsiyasining raisi Iveta 
Grigule so'zlariga ko'ra, "25 yil avval qanday holatda 
va qanday merosga ega bo'la turib O'zbekiston rivojla-


nishni boshlaganini hisobga oladigan bo'lsak, mamlakat 
mustaqillik yillarida aql bovar qilmas yutuqlarga erish- 
gan"[5],
Keng ko'lamli o'zgarishlar natijasini aholi soni bir 
yarim barobarga ortgan sharoitda jon boshiga to'g'ri 
keladigan daromadning bir necha barobarga ortganida 
ham ko'rish mumkin. Shahar va qishloqlarning qiyofasi 
tubdan o'zgartirildi, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohaning 
zamonaviy infratuzilmasi yaratildi, bularning barchasi 
rivojlanishning "o'zbek modeli" hamda mamlakat rav- 
naqi, har bir fuqaro manfaati uchun davom ettirilayot- 
gan islohotlar siyosatining yorqin ifodasidir.
Pirovard natijada, Islom Karimov aytganidek: "Biz 
nafaqat mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, balki 
mamlakatni yangilash bo'yicha o'tkazilayotgan islohot­
lar aholi tomonidan keng qo'llab-quvvatlanishiga ham 
erishdik"[6].
Istiqbolni aniq ko'ra bilish va xalqning aql bovar qil­
mas kuchiga ishonch unga quyidagi ilhomlantiruvchi 
va mobilizatsiyalovchi maqsadli tezisni shakllantirish 
imkoniyatini berdi: "O'zbekiston - kelajagi buyuk dav­
lat". Yetakchining bunday pozitsiyasi, albatta, mamla- 
katdagi psixologik muhitga ta'sir etgan, insonlarning 
yangi dunyoqarashini shakllantirishga hal qiluvchi ta'sir 
ko'rsatgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida keng 
qamrovli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga 
yordam berdi.
Mamlakatda insonning hayoti va faoliyatini, ruhiyati 
va ma'naviyatini qamrab oluvchi ijtimoiy-siyosiy muhit 
qaror topib, bu O'zbekistonda shakllanayotgan inson- 
parvar jamiyatning ma'naviy qiyofasini, siyosiy legitim- 
liligini, ijtimoiy va huquqiy barqarorligini aniqlab bergan 
edi.
Eski aqida va andozalardan butunlay voz kechib, 
Islom Karimov tashabbusi bilan kadrlarni tayyorlash
bo'yicha Milliy dasturi ishlab chiqildi va amalga oshiril­
di, zamonaviy xalqaro standartlari asosida ta'lim tizimini 
tubdan islohot qilindi. Bu O'zbekistonda davlat siyosati­
ning ustivor yo'nalishi bo'lib qoldi. Mamlakatda Yevropa 
va Osiyoning Vestminster universiteti, Singapur menej- 
mentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universi­
teti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat 
universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti, Janubiy Ko- 
reyaning Inxa universiteti kabi yetakchi oliy o'quv yurtla- 
rining filiallari faoliyat yuritib kelmoqda.
Islom Karimov o'sib borayotgan yosh avlodni tarbi- 
yalashning prinsipial yangi tizimini yaratish va hayotga 
tatbiq qilish ishlariga bevosita rahbarlik qildi, pirovord 
natijada bizning yoshlarimiz tafakkuri va dunyoqarashi 
tubdan o'zgardi.
Mamlakatning millionlab farzandlari, yigit va qizlari 
yangi ta'lim standartlari va o'quv dasturlari, umuminsoniy 
va milliy qadriyatlar asosida ta'lim va tarbiyaning shun- 
day yuqori darajasini olayaptilarki, bu ularga kelgusida 
hayotda munosib o'rinlarini egallab, O'zbekistonning sa- 
marali ta'lim modelini, uning xalqaro sahnada raqobat- 
bardoshligini yaqqol namoyish etib kelishmoqda.
Islom Karimovning faoliyatinng muhim yo'nalishla- 
ridan biri, bu onalik va bolalikni muhofaza qilish, o'sib
17
1
н я д а н к
^
р а к у ч л и

БИЛИМЛИ, ДОНО BA 
АЛБАПАЕАЛШШ
borayotgan avlod salomatligini, ma'naviyati, ahloqi va 
jismoniy tarbiyasini mustahkamlash masalalari bo'lgan. 
Bu yo'nalishning davomi sifatida Birinchi Prezidentimiz 
tashabbusi bilan "Sog'lom avlod uchun" ordenining ta'sis 
etilishi va mustaqil O'zbekiston tarixida birinchi nodav- 
lat xayriya tashkiloti hisoblangan shu nomdagi jamg'ar- 
maning tashkil etilishi. Shu bilan birga, "Sog'lom ona - 
sog'lom bola" davlat dasturi qabul qilinib, uning asosiy


18
maqsadi mamlakatimizda onalik va bolalik himoya qilini- 
shini yaxshilashdan iborat bo'lib, ushbu dastur xalqaro 
hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi.
Sog'liqni saqlash sohasida tizimli davlat siyosatining 
yuqori samaradorligi bugungi kunda O'zbekistonning 
barcha fuqarolari yuqori malakali tibbiy xizmatlardan
foydalanish imkoniyatiga ega ekani bilan tasdiqlanmoq- 
da. Davlat tomonidan kafolatlangan bepul shoshilinch 
tibbiy yordamning va maxsus ilmiy-amaliy tibbiy mar- 
kazlar tarmog'ining prinsipial yangi tizimlari shakllanti- 
rilgan. Hamma viloyatlarda ko'p tarmoqli, tibbiy, perina­
tal va skrining markazlari faoliyat yuritmoqda. Sog'liqni 
saqlash muassasalarining ishi BSST standartlariga javob 
beruvchi profllaktika, tashxis va davolashning yetakchi 
texnologiyalariga asoslangan.
Mustaqillik yillarida mamlakatda onalar va bolalar 
o'limi uch marotabaga qisqargan. Aholi, va eng asosiysi, 
bolalar va yoshlar salomatligining umumiy ko'rsatkichlari
o'sib bormoqda. Insonlarning turmush va " п н и , 
lik sifatlari yaxshilandi. Erkaklarda o'rtacha umr «- i w j
davomiyligi 66 dan 73,5 yoshgacha, ayollarda esa - 
yoshgacha ortdi.
Shunday qilib, Prezident Islom Karimov to n ra n tfil 
belgilab berilgan mamlakatdagi barcha o'zgar s ' 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə