Kurs ishi himoyasi Mavzu: Qishloq xo`jaligi moddiy texnik bazasini mustahkamlashda lizing munosabatlarini rivojlantirish



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#145399
  1   2   3   4
B

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

Kurs ishi himoyasi

Mavzu: Qishloq xo`jaligi moddiy texnik bazasini mustahkamlashda lizing munosabatlarini rivojlantirish


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Iqtisodiyot va Agrotexnologiya fakulteti”
Botirov Begzod

Kirish

  • Mahsulotlarni lizingga xarid qilish bu juda qiyin va bir tarafdan qaltis qadam hisoblanadi. Har bir mamlakatda ushbu masalaning o’ziga xos xususiyatlari hamda tartibga solish qonun-qoidalari mavjud. Bugungi kunga kelib lizing xizmatlari noyob kashfiyot bo’lmay qolgan, bunday moliyalash usulining borligi haqida tadbirkorlik olami vakillarining barchasi bilishadi. Bizning mamlakatimizda yuzdan ortiq lizing beruvchilar mavjud bo’lib, ularning deyarli barchasi tijorat banklari hamda lizing korxonalari hisoblanadi. Bunday lizing korxonalar nafaqat poytaxtimizda, balki mamlakatimizning viloyatlarida ham joylashgan.
  •  

  • Amalda bajarilgan ishlar bilan birgalikda lizingga berilayotgan obyektlarning umumiy narxi ham oshmoqda. Shunday qilib, mamlakatimizda o’rtacha yillik lizing to’plamining o’sish darajasi 25-30 %dan kam bo’lmasdan, joriy yilning to’qqiz oyi tahliliga ko’ra, lizing jarayonlarining umumiy qiymati ikki trillion so’mdan ortiq miqdorga teng, bu esa o’tgan yilgi korsatkichdan 24,4 %ga ko’proq.
  •  
  • Lizingga sotiladigan obyektlar (mahsulotlar) ro’yxati ham kengaymoqda: agar o’n yil oldin lizing to’plamining eng katta qismi qishloq xo’jaligi texnikasi bilan to’lgan bo’lsa, bugungi kunda ushbu texnika bilan bir qatorda, lizingga texnologik asbob-uskunalar, transport vositalari hamda ko’chmas mulk beriladi. Keltirilgan diagrammalarda (chizmalarda) O’zbekistonda amalga oshirilgan lizingning o’sish (rivojlanish) jarayonlari ko’rinib turibdi.

Traktor, bulldozer yoki boshqa shu kabi maxsus texnikani xarid qilish jarayonida lizing usul eng qulay hisoblanadi

  • - Kredit hamda lizingning turlari har xil bo’ladi. Traktorlarning ba’zi bir turlarini, so’zsiz lizingga olish qulayroq. Misol uchun, "O’zqishloqmashlizing" korxonasida lizing muddati 12 yilga teng bo’lib, to’lanadigan badali yillik 7%dan boshlanadi. Ammo ushbu dastur qishloq xo’jaligi texnikasining faqatgina aniq bir modellariga nisbatan belgilangan bo’lib, fermerlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Ko’p hollarda mijozlar davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanmaydigan boshqa import traktorlari hamda qishloq xo’jaligi texnikasini talab qiladi, bunday hollarda esa boshqa banklar hamda lizing korxonalari taqdim qilayotgan takliflardan birini tanlashga to’g’ri keladi. Moliyalashtirish stavkasi esa pul birligi (valyuta), mablag’ bilan ta’minlash muddati hamda qarzdor mijozning kredit xavfiga bog’liqdir.
  • Shuningdek, maxsus yo’nalishga qaratilgan fermerlar uchun mo’ljallangan qishloq xo’jaligi texnikasi hamda qurilish korxonalari uchun kerakli maxsus texnikani mablag’ bilan ta’minlash kabi kredit dasturlari mavjud. Bunday fondlar esa davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan imtiyozli kreditlash fondlari hisoblanadi. Davlat lizing korxonalarida ham imtiyozli lizing takliflari mavjud.
  • Mablag’ bilan ta’minlash manbaini tanlashdan oldin esa, bozordagi barcha takliflarni o’rganib chiqib, narxi, jarayonning tezligi hamda mablag’ bilan ta’minlovchi maskanning turg’unligi kabi omillarni tekshirib, eng optimal darajadagi manbani tanlab olishni maslahat beraman

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə