Kurs ishi himoyasi Mavzu: Qishloq xo`jaligi moddiy texnik bazasini mustahkamlashda lizing munosabatlarini rivojlantirish


Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlari



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#145399
1   2   3   4
B

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlari

  • Jamg‘armaga har yili, 1-oktabrdan boshlab va uning kelgusi yilga tushumlar va xarajatlari balansi tasdiqlangungacha bo‘lgan davrda, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dileriga avans berish uchun lizing tashkilotlari buyurtmanomalari bo‘yicha mablag‘lar ajratishga ruxsat etilsin.
  • Bunda, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar va lizing tashkilotlari texnika qiymatining 80 foizi miqdorida avans to‘lovlarini olganidan so‘ng lizing oluvchilarga qishloq xo‘jaligi texnikasining avans to‘langan kundan boshlab 120 kun muddatda yetkazib berilishini ta’minlaydilar.
  • Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar bilan lizing shartnomalari tuzishda:
  • Lizing oluvchilarga texnikani faqat lizingning butun davri uchun olinayotgan texnika bo‘yicha mulkiy tavakkalchiliklar sug‘urta polisi mavjud bo‘lgandagina berishni;
  • Lizing kompaniya daromad foizining imtiyozli stavkasi Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori bo‘lmasligini;
  • Lizing muddatini fermer, dehqon xo‘jaliklari uchun 10 yil, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun 7 yil etib belgilanishini nazarda tutadi.

Qishloq xo`jaligi texnikasi bilan ta`minlanish qarorining ahamiyati;

  • Qishloq xo`jaligini yuqori samarali zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikasi bilan jihozlashni rag`batlantirish, qishloq xo`jaligi mashinasozligini, shu jumladan, yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, qishloqqa yetkazib berilayotgan traktorlar va o`rim-yig`im texnikasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
  • 1. Belgilansinki, yangi zamonaviy g`alla o`rish kombayni va paxta terish mashinasini va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi o`rinlarda qishloq xo`jalik texnikasi deb ataladi) qishloq xo`jaligi korxonalari va ularga xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarga (keyingi o`rinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) quyidagi lizing shartlarida yetkazib beriladi:
  • zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikasi qiymatining 20 foizi avans sifatida lizing oluvchilar tomonidan o`z mablag`lari hisobiga to`lanadi;
  • zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikasi qiymatining 80 foizi lizing tashkilotlari tomonidan ularga O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasi (keyingi o`rinlarda Jamg`arma deb ataladi) tomonidan qaytariladigan qarz asosida ajratiladigan mablag`lar hisobiga moliyalashtiriladi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə