Korxonalarda korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirish



Yüklə 202,7 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü202,7 Kb.
#142958
1   2   3   4   5   6
2. Korxonalarda korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirish

Tadqiqot metodologiyasi


Korxonalarda korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga oshirish hamda uning xususiyatlarini tahlil qilishda qiyoslar, induksiya, deduksiya, ilmiy abstraksiyalash kabi usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar


Korporativ tuzilmalar tomonidan korporativ ijtimoiy mas‟uliyatga e‟tibor qaratilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyaning jamiyatda obro„ topishiga hamda mahsulot va xizmatlarining ommalashishiga xizmat qiladi. Korporativ ijtimoiy mas‟uliyat ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy tomondan ko„p tomonlama foydali jarayon hisoblanadi va bu jihatdan davlat-xususiy sherikchilik munosabatlariga o„xshash tomonlari ham mavjudligini ta‟kidlash lozim. Quyida korporativ ijtimoiy mas‟uliyatning davlat-xususiy sherikchiligi bilan o„xshash va farqli jihatlarini tahlil qilib o„tamiz (1-jadval).
1-jadval

Davlat-xususiy sherikchiligi va korporativ ijtimoiy mas’uliyatning umumiy va alohida xususiyatlari1


Davlat-xususiy sherikchiligining alohida xususiyatlari

Umumiy xususiyatlar

Korporativ ijtimoiy mas’uliyatning alohida xususiyatlari

Davlat tashabbusi asosida xususiy sektorni ijtimoiy
sohaga jalb qilish maqsad
qilinadi

Ijtimoiy sohada ma‟lum bir muammo hal qilinadi

Asosan korporativ sektor tashabbusi asosida amalga
oshiriladi va foyda olish maqsad qilinmaydi

Davlat tomonidan belgilangan aniq sohalar bo„yicha amal qiladi

Ijtimoiy soha va infratuzilma bo„yicha loyihalar amalga oshiriladi

Korporativ boshqaruv yuqori organlari qarori asosida amalga oshiriladi

Davlat ma‟lum bir sharoitlar yaratib berishi va
xususiy sektor mablag„lari hisobiga amal qiladi

Har ikkala holatda korporativ tuzilma (xususiy sektor) mablag„lari yo„naltiriladi

Korporativ tuzilma mablag„lari hisobiga amalga qiladi

Davlat nazorati va xususiy boshqaruv amal qiladi

Davlat umumiy va maxsus nazorati har ikkala holatda ko„zga tashlanadi

Korporativ boshqaruv doirasida hal qilinadi

Davlatning ijtimoiy soha va infratuzilma borasidagi
ayrim funksiyalari ijrosi ta‟minlanadi, xususiy
sektor qo„shimcha foydaga
ega bo„ladi

Ham ijtimoiy, ham iqtisodiy naflilik kuzatiladi

Korporativ (xususiy) sektor ijtimoiy faolligi tufayli
jamiyatdagi nufuzi oshib borishiga va ijtimoiy
muammolar hal qilinishiga
erishiladi

Investitsiyaviy hamkorlik yuzaga keladi

Investitsiya ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi ta‟minlanadi

Korporativ (xususiy) sektor nufuzi va investitsiya jozibadorligi oshadi

1-jadval ma‟lumotlaridan ko„rinadiki, korporativ ijtimoiy mas‟uliyat va davlat-xususiy sherikchiligining umumiy xususiyatlari sifatida davlat nazoratining mavjudligi, loyihaning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligiga e‟tibor qaratilishi, loyihalar korporativ tuzilma (xususiy sektor) mablag„lari evaziga moliylashtirilishi kabi jihatlarni ta‟kidlash mumkin. Farq qiluvchi xususiyatlar sifatida tashabbusning kim tomonidan olib chiqilishi, loyihalarning qaysi sohalarda amalga oshirilishini belgilash kabi jihatlarni qayd etish lozim.


Yüklə 202,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə