Kon lahimlarini o‘tkazish reja


Rasm.4.10.Inyeksiyali anker konstruksiyasi. Rasm.4.11



Yüklə 29,92 Kb.
səhifə5/5
tarix11.12.2023
ölçüsü29,92 Kb.
#147232
1   2   3   4   5
KON LAHIMLARINI

Rasm.4.10.Inyeksiyali anker konstruksiyasi.
Rasm.4.11.Perforator shtangasi orqali zarb beruvchi split-to`plam.
Rasm.4.12.Ankerli mustahkamlagichni o`rnatuchi tizim sxemasi “svelleks”,ishlab chiqarish
firmasi “Atlas Kopko”, Shvedsiya.
Quyidagi xususiyatlari tufayli «svelleks» tizimi katta shuhrat qozondi:
• ko‘tarish qobiliyati yuqori darajadaligi;
• ishga tez kirishishi;
• o‘rnatilishi oddiyligi, chunki shpurning aniq diametriga rioya qilish zaruriyati
yo‘qligi (4.13-rasm).
Rasm.4.13.Ankerli sistemaning standart o`lcham qatori “svelleks”.
4.13-rasmdan
ko‘rinib turibdiki, «svelleks» ankerli tizim ishlay boshlashi va
o‘zining ko‘tarish qobiliyatini saqlashni davom ettiradigan ma’lum diapazon mavjud.
«Atlas Kopko» kompaniyasi tomonidan «svelleks» ankerli tizimi uchun
biriktiruv boltlari loyihasi tuzilgan, bu jinslarni mustahkamlash chuqurligi oshishi
imkonini beradi ( 4.14-rasm).
Rasm.4.14.Ankerli sistemaning qurilish sxemasi “svelleks”,i
“Atlas Kopko”, Shvedsiya.

Rasm.4.15.Ankerli mustahkamlakichni o`rnatish sxemasining yangicha turi (“svelleks+o`zi
burg`ulovchi anker).

4.16-rasm. «Atlas Kopko» (SHvetsiya) firmasi ishlab chiqaradigan «Boltek» o‘ziyurar qurilmali
ankerlarning mexanizatsiyalangan qurilmasi.
YAngi yuz yillikning boshida «Atlas Kopko» firmasi ankerli mustkamlagichning
yangi turini ishlab chiqib, «svelleks» ankerli boltlari va o‘zi burg‘ilanadigan ankerlar
afzalligini birlashtirdi ( 4.15-rasm).
SHpurni burg‘ilash tugashida «svelleks» qisqa bolti maxsus mufta vositasida
bitta va bir nechta o‘zi burg‘ilanadigan ankerlar bilan birlashtiriladi. So‘ngra
tuzilma tayanchgacha shpurga o‘rnatiladi.
O‘zi burg‘ilanadigan ankerga o‘rnatiladigan maxsus adapter yordamida nasos
birlashtiriladi va suvni haydab kiritish amalga oshiriladi. Suv mufta, anker va
biriktiruv muftasi orqali o‘tib, «svelleks»ni ochib yuboradi. Operatsiya
yakunlashida nasos avtomatik tarzda to‘xtaydi.
Kengayotgan adapterga buraydigan payt va “sementlash holati”ni qabul qilib,
biriktiruv muftasi deformatsiyalanadi.
YUqorida bayon etilgan jarayonlar tugashida o‘zi burg‘ilanadigan ankerga
sementli eritma beruvchi nasos birlashtiriladi. Nasos eritma shpur tashqarisidan oqib
chiqqunicha uni berishni amalga oshiradi, bu sementlash jarayoni tugaganidan darak
beradi, undan so‘ng jarayon avtomatik tarzda to‘xtaydi.
4.17-rasm. Polimer tarkibli jinslarni mustahkamlash bo‘yicha qurilma Unigrout E800-100WB («Atlas
Kopko», SHvetsiya).
Ankerli mustahkamlagichni tiklashda asosiy masalalardan biri ularni o‘rnatish
bo‘yicha operatsiyalarni mexanizatsiyalash hisoblanadi ( 4.16-rasm). Ankerli
mustahkamlagichni tiklash uchun qurilmalarni «Atlas Kopko» (SHvetsiya),
«Sekoma» (Fransiya), «Sandvik Tamrok» (Finlyandiya), «Linden Alimak»
(SHvetsiya), «Zamet» (Polsha) firmalari amalga oshiradi.
Ankerli mustahkamlagich saqlanuvchi kuchlanishga yuqori qarshiligi
mavjudligiga qaramasdan, u massivning faqat yirik blokliligida va oz miqdorda
darzliligida lahim shipining ishonchli saqlanishini ta’minlaydi.
YUqori darajada kira olish xususiyatli qotuvchi tarkibli darzli massivni
mustahkamlash eng takomillashgan hisoblanadi. Er osti konlarida tog‘ jinslari
darzli massiv xossalariga va holatiga ta’sir etishning in’eksiyali usullari keng
qo‘llanilishga ega bo‘lmoqda.
Tog‘ jinslari massiviga in’eksiyali ta’sir etish qoidasi quyidagicha. Avval
belgilangan to‘r bo‘yicha shpurlar bilan massivni burg‘ilash amalga oshiriladi.
Burg‘ilash chastotasi yoriqlar o‘lchamlariga (ochish kengligi, uzunligi, ularning
soniga) bog‘liq. So‘ngra shpurga ozroq chuqurlikka shpur devorlariga zich
yopishtirilgan germetizatorli in’ektor kiritiladi va 10 MPa va undan yuqori bosim
ostida in’eksiyali tarkibni haydash amalga oshiriladi (4.17-rasm). Haydash davomiyligi
ham yoriqlar o‘lchamlariga bog‘liq, qurilma massivning tarkib bilan yuqori darajada
to‘yinganida ishlashdan to‘xtaydi.
Ankerli mustahkamlagich yoki in’eksiyali ta’sir massiv mustahkamligini
ta’minlash talablariga javob bermagan holatlarda, mustahkamlashning bu
usullarini boshqa mustahkamlash usullari bilan birgalikda qo‘llashga alohida
ahamiyat berish lozim bo‘ladi.
In’eksiyali mustahkamlash bilan ankerli mustahkamlagichni birgalikda
qo‘llash kuchsiz barqaror darzli jinslarda, keyinchalik ularni engillashtirilgan
mustahkamlagichda mahkamlash bilan katta maydonli lahimlarni xavfsiz qurish
imkonini beradi.
Sachratma betonli va ankerli mustahkamlashni birlashtirishga katta e’tibor
berilmoqda. Ankerlar darzli massivni biriktirish uchun etarlicha vosita bo‘la
olmaydi, sachratma beton esa himoyalovchi qoplama hamda bir vaqtning o‘zida
ko‘tarib turuvchi tuzilma rolini bajarishi mumkin. Bunday kombinatsiya polimerli
material sarfini kamaytirish, kovlab borishda lahim kesimini kamaytirish (juda
murakkab sharoitlarda sachratma beton qatlamini oshirmasdan, ankerlash
o‘lchamlarini o‘zgartirish lozim bo‘ladi), ishlarni olib borish tezligini oshirish
imkonini beradi. Ankerli mustahkamlash bilan birgalikda sachratma betonli
mustahkamlagichni tiklashni 85% ga mexanizatsiyalash mumkin.
Sachratmali usulda qoplangan beton qatlami jinslar bilan yaxshi ilashishga va
yuqori darajada mustahkamlikka ega, buning natijasida massivning ko‘tarib turish
xususiyati to‘liq amalga oshiriladi. Sachratma beton portlatish ishlari ta’siriga
yaxshi qarshilik ko‘rsata oladi, yong‘in chiqishi munosabatida xavfsiz va yuqori
darajada gidroizolyasiyalash xossasiga ega. Mustahkamlikni tez ta’minlay olish
imkoniyati 3-4 soatdan so‘ng portlatish ishlarini o‘tkazish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, sachratma beton mustahkamlagichlarning cho‘zilishda
yomon ishlaydigan qattiq turiga kiradi. Bu uning, ayniqsa, qazish ishlari ta’siri
zonalarida darz ketishiga olib keladi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun
mamlakatimiz va xorij amaliyotida sachratma betonlashda armaturalovchi metalli,
shisha gazlamali yoki polimer qo‘shilmalar – fibralardan foydalaniladi.
Fibro-beton –bu metalli yoki boshqa tolalardan armaturalangan beton.
Qo‘shilmalar 0,2- 1 mm diametrli va 2-5 sm uzunlikdagi yupqa tolalar kesiklari
ko‘rinishida, odatda, sement massasining 5-10% tashkil etadi. Kam diametrli va katta
uzunlikdagi kesiklar yaroqsiz, chunki ularni aralashmaga qo‘shganda sifatli ilashish
ta’minlanmaydi.
Ushbu aralashmalarni lahim yuzasiga qoplash texnologiyasida beton va fibrobeton o‘rtasida farq yo‘q. Fibro-betondan foydalanishda birinchi qavatni
qo‘shilmasiz qoplash tavsiya etiladi. Ikkinchi qavat hali qotmagan birinchi qavatga
metalli fibra bilan qoplanadi. Tolalar oxiri beton qavati bilan qoplanadi. Bunda
metalli qo‘shilmalar o‘zaro sachratma beton qavati bilan bog‘lanadi. Betonda
fibrani qo‘llash betonning mustahkamligini 30% oshiradi, cho‘zilishga
mustahkamlik 40%, siljuvchanlik 20% oshadi.
Ankerli mustahkamlagichning fibro-beton bilan birikmasi xorijda katta
chuqurliklarda ish olib borishda keng qo‘llaniladi. Bunday aralashtirish portlatish
ishlarining jadal ta’sirida va boshqa dinamik yuklanishlar zonalarida lahimlarni
mustahkamlash imkonini beradi.
Ankerli fibro-betondan foydalanish yirik er osti inshootlarini
mustahkamlashning eng maqbul turi hisoblanadi. Massiv bilan fibro-betonning
sifatli aloqasi ularning birgalikdagi ishini ta’minlaydi.
Bunday mustahkamlagich kon zarbalari zonasida, lahimni ishonchli
himoyalashni ta’minlab, eng qo‘llanilarli bo‘ladi.
Kuchsiz jinslardan o‘tgan kon lahimlarini mustahkamlashga va maydalangan
ruda chiqishi punktlarini mustahkamlashga katta e’tibor beriladi. Bu erda, ko‘pincha,
rudani ikkilamchi maydalash bo‘yicha ishlar olib boriladi, chiqariladigan ruda oqimi
siyqalanishi sodir bo‘ladi. Bunday joylardagi mustahkamlashda uch va undan ortiq
mustahkamlagich turlari qo‘llaniladi
Yüklə 29,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə