Kon lahimlarini o‘tkazish reja


lahimlari mustahkamlagichi quyidagi asosiy texnik va iqtisodiy talablarni



Yüklə 29,92 Kb.
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü29,92 Kb.
#147232
1   2   3   4   5
KON LAHIMLARINI

lahimlari mustahkamlagichi quyidagi asosiy texnik va iqtisodiy talablarni
qondirishi lozim:
• mustahkam, barqaror, uzoq muddatli bo‘lishi, butun xizmat muddati
davomida lahimning ishchi holatini va mehnatning xavfsiz sharoitlarini ta’minlashi
lozim;
• tayyorlashga, etkazishga, tiklashga va foydalanishga kam xarajatli bo‘lishi
zarur;
• lahimlarni o‘tkazishda va ulardan foydalanishda ishlab chiqarish
jarayonlarini bajarishga to‘sqinlik qilmasligi lozim;
• lahimda ko‘ndalang kesimning kam maydonini egallashi zarur;
• aerodinamik qarshilikning eng kichik koeffitsientiga ega bo‘lishi lozim.
Kon mustahkamlagichi quyidagi tarzda tasniflanadi:
• xizmat muddati bo‘yicha – vaqtinchalik va doimiy;
• ish xususiyati bo‘yicha - qattiq, qayishqoq va sharnirli;
• material turi bo‘yicha - metalli, toshli, betonli, temir betonli, yog‘ochli,
aralash, ankerli (shtangali), polimerli;
• tuzilish belgilari bo‘yicha – yaxlit va ramali.
Vaqtinchalik mustahkamlagich lahim o‘tkazish jarayonida lahimni qazish
joyidan ancha masofada saqlab turadi va qisqa vaqtda doimiy mustahkamlagich bilan almashtiriladi. U oddiy, doimiy mustahkamlagichdan engil va uni tiklashga oz vaqt ketadi. Doimiy mustahkamlagich lahimni uning amalda bo‘lishining butun vaqtida saqlab turadi.
Kon lahimlarini mustahkamlash massiv barqarorligi ko‘rsatkichlaridan va lahim o‘zining o‘lchamlaridan kelib chiqib tanlanadi. Dastlab kon lahimlarini
mustahkamlash uchun yog‘ochli mustahkamlagich qo‘llangan (8.4-rasm). So‘ngra qazib olish chuqurligi ortishi bilan, shuningdek, kon-geologik sharoitlar yomonlashuvi oqibatida yog‘ochli mustahkamlagich mustahkamlagichlarning boshqa turlari tomonidan siqib chiqarildi. Etkazish lahimlari, asosan, ankerlar bilan yoki tros va to‘r birikmalari bilan
mahkamlanadi
Agar massiv nurashga duchor bo‘lgan bo‘lsa, unda lahim qo‘shimcha tarzda sachratma beton yoki germetika qavati bilan qoplanadi.
Ko‘p yillar saqlanadigan lahimlarni mahkamlash uchun monolitdan bo‘lgan
mustahkamlagich, kam hollarda yig‘ma betoan va temir betonli mustahkamlagich
qo‘llaniladi, bunda kon bosimi qancha yuqori bo‘lsa, jinslar shuncha kuchsiz,
mustahkamlagich shuncha yirik bo‘ladi. Kuchsiz suvlangan jinslardagi dumaloq
stvollar cho‘yanli tyubinglar bilan mahkamlanadi.
Agar qazish lahimlari shipi yoriqlar bilan buzilgan bo‘lsa yoki qatlamli
xususiyatga ega bo‘lsa ankerli mustahkamlagichdan foydalaniladi, u kon
massivlarini mahkamlash tizimining eng taraqqiy etgan tizimi hisoblanadi.
Ankerli mustahkamlagich - bu shpurlarga sementlangan yoki ponalangan
metalli sterjenlar, ular jinslarning konturdagi qatlamini asosiy shipning eng qattiq
jinslariga birlashtiradi.

Yüklə 29,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə