Kon lahimlarini o‘tkazish reja


Kon lahimlarini kovlab o‘tkazishda ularning amal qilish muddatlarini hisobga



Yüklə 29,92 Kb.
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü29,92 Kb.
#147232
1   2   3   4   5
KON LAHIMLARINI

Kon lahimlarini kovlab o‘tkazishda ularning amal qilish muddatlarini hisobga
olish lozim. Kon lahimlarini saqlashning quyidagi usullari mavjud:
1. Kon lahimlariga barqarorlik shartlariga javob beruvchi o‘lchalar berish.
2. Kon lahimlari atrofida eng kam kuchlanishlar bo‘ladigan shakl berish.
3. Kon lahimlarini mustahkamlash.

Lahim ko‘ndalang kesimi shakli undan foydalanish maqbulligi, uzoq vaqt saqlash sharoitlari, mustahkamlagich materiali va tuzilishi hamda boshqa omillar bilan belgilanadi. Tekis konturli lahimning ko‘ndalang kesimi dumaloq shakllisi juda mustahkam, lekin uni o‘tkazish eng sermehnatdir. SHuning uchun, odatda, amal qilish muddati uzoq lahimlar dumaloq qilinadi, birinchi navbatda, vertikal stvollar, kuchsiz jinslarda esa, ba’zan asosiy tashib chiqaruvchi gorizontal lahimlar (masalan, Nikopol-Marganets havzasi konlari)o‘tkaziladi. Gorizontal va qiya lahimlar, odatda, barqaror jinslarda to‘g‘ri burchakli yoki gumbaz ko‘rinishida kesimlarga ega bo‘ladi (4.1.b-rasm,4.2-rasm), etarlicha barqaror bo‘lmaganlarda – trapetsiyasimon bo‘ladi, chunki kishilar va yuklarni ko‘chirish uchun
lahimning tekis osti qismi zarur (4. 1a-rasm.). Lahimlar ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari transport qurilmalari turi va o‘lchamlariga, jihozlar va mustahkamlagich yoki lahim devorlari o‘rtasidagi oraliqlar
kattaliklariga, qator hollarda esa – lahim bo‘ylab berish talab qilinadigan havoning
zaruriy miqdoriga bog‘liq holda aniqlanadi. Lahim bo‘ylab havo oqimi harakati
tezligi Xavfsizlikning yagona qoidalari (YAXQ) bilan belgilangan va asosiy
transport lahimlarida chang hosil bo‘lishi sharoitlari bo‘yicha 8m/s.dan oshmasligi
zarur.
Bundan tashqari, lahim ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari, ayniqsa, uning
kengligi, belgilangan kattalikdan – atrofdagi jinslarning ochilishga barqarorligiga
bog‘liq bo‘lgan joiz oraliqdan ortiq bo‘lmasligini hisobga olish lozim.
Lahim o‘lchamlari namunaviy o‘lchamlarga muvofiq qabul qilinadi, chunki
lahim kesimlari standartlashtirilgan. Stvollar ko‘ndalng kesimi maydoni 12 m2 dan 60 2m gacha o‘zgaradi, bu dumaloq kesim uchun 4 m dan 9 m.gacha stvol diametriga mos keladi.
Xavfsizlik qoidalarida shu narsa kozda tutilganki, asosiy tashib chiqaruvchi va
ventilyasion lahimlar metalli va yogochli mustahkamlagichda kami bilan 4 m2
kesimga, betonli mustahkamlagichda kamida 3,5 m2 ega bolishi lozim YOruglikda lahim balandligi relslar kallagidan kamida 2 m bolishi zurar. Elektrovozli tashib chiqarishda lahimning bir tomonidan kishilar uchun erkin otish yolagi metalli va yogochli mustahkamlagichda kamida 0,7 m, boshqa tolmondan kamida 0,25 m, betonli mustahkamlagichda kamida 0,2 m bolishi lozim. Konveyerli transportdakishilar uchun o‘tish yo‘li 0,7 m.ga teng, lahimning boshqa tomonidan - 0,4 m. ga teng. Konveyerli lentadan lahim shipigacha masofa – kamida 0,5 m.
Lahimning uzoq muddatli xizmatida massivda mavjud kuchlanishlar lahimni
ishdan chiqarishi va avariya va qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun lahimlarni saqlash, er osti ishlarini olib borishda xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, zarur bo‘lgan xizmat muddati bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Mustahkamlagich o‘tkazishni va lahim holati yuzasidan marksheyderlik
asbobsozlik nazoratini o‘z ichiga olgan berilgan vaqt oralig‘ida lahimning ishchi
holatini ta’minlovchi chora-tadbirlar kompleksi kon lahimlarini saqlash deyiladi.
Ko‘ndalang kesimning zaruriy o‘lchamlarini saqlash va o‘pirilishning oldini olish
uchun er osti kon lahimlarida tiklanadigan maxsus tuzilmalar kon
mustahkamlagichi deyiladi.


Yüklə 29,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə