Maʻruza №20. Lahimlarni barpo qilishda xavfsizlik choralari



Yüklə 23,97 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü23,97 Kb.
#140375
20-MA\'RUZA

MAʻRUZA №20. LAHIMLARNI BARPO QILISHDA XAVFSIZLIK CHORALARI


Lahimlarni barpo qilishda xavfsizlik choralariga, portlatish ishlarini olib borishda jinslarni uloqtirilishi, havoni zarbali toʼlqini, seysmik tebranish xavfini kamaytirish imkonini beradigan usullarni qoʼllash kabi choralar kiradi. Modomiki lahimlarni koʼpchilik ulushi qurilish zonasi doirasida olib borilganligi sababli portlatish ishlari olib borishda ehtiyot choralarni qoʼllanish oʼta muhimdir.


Lahimlarni binolar ostidan oʼtkazishda yoki boshqa “sezgir” inshootlar ostidan oʼtkazilganda seysmik tebranish taʼsiri asosiy muammolardandir.
Lahim oʼtishni boshlangʼich davrida, atrofdagi binolarga koʼpincha havoni zarbali toʼlqini va jinslarni uchib sochilish havfi yuqori darajada boʼladi. Shunday davrda qoplama jinslar yetarlicha turgʼun boʼlmaganligi sababli koʼpincha lahimlarni mustahkalashga ehtiyoj seziladi.
Shuning uchun lahim oʼtishni boshlangʼich davrida qurilish maydoni doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi zarur:
- shpurlar uzunligi boʼyicha portlatiladigan zaryad ogʼirligini kamaytirib, bir marta portlatiladigan portlovchi modda miqdorini cheklab ehtiyotkorlik bilan portlatish;
- qisqa muddatga sekinlatib portlatish usulini qoʼllanish;
- osma saqlagichli “mat”lardan foydalanish;
- seysmik tebranishni jadallashishini va xavoni zarbali toʼlqinini oʼlchash;
- ehtiyotkorlik bilan lahim oʼtkazish davrini avvalida oʼyuvchi shpurlar koʼpincha yelpigʼichsimon shaklda joylashtiriladigan sxemasi qoʼllaniladi. Lekin shu narsa isbot qilinganki, toʼgʼri joylashtirilgan oʼyuvchi shpurlarni markaziy qismidan kompensatsion skvajinalar oʼtib portlatilganda yaxshi koʼrsatgichlarga erishilgan. Аsosiy komplekt shpurlarni burgʼilashda texnologik sharoitga va jinslarni texnikaviy xususiyatlariga bogʼliq holda ularning chuqurligini 1,0 – 1,6 m oʼlchamda burgʼilaganda eng yaxshi koʼrsatkichga erishilgan.
Аvval birinchi navbatda oʼyuvchi shpurlardagi zaryadlar, soʼng ikkita boshqa oʼyuvchi shpurdagi zaryadlar portlatiladi. Keyin bir martada portlatiladigan zaryadlar soni va qoʼporuvchi shpurlar, himoyalovchi “mat”ni mahkamligi va ogʼirligiga bogʼliq xolda portlatgan paytda “mat” oʼrnatilgan joyida saqlanib qoladigan boʼlishi kerak.
Аmmo bir vaqtni oʼzida juda ham koʼp shpurlar zaryadini portlatish kerak emas, chunki mahkam boʼlmagan joyga oʼrnatilgan himoyalovchi “mat” portlatish natijasida uzilib ketishi mumkin. Shuning uchun himoyalovchi “mat”larni holatini portlatishdan avval nazoratdan oʼtkazish kerak, chunki “mat” portlatilgan jinslar boʼlagini atrofga sochilib ketishidan va havoning zarbali toʼlkini tarqalishidan himoyalaydi.
Xavfsizlik qisqa muddatga sekinlatib portlatilgandagina taʼminlanadi. Millisekundli sekinlatgich qoʼllanilgan holatda himoyalovchi “mat”ni birinchi pogʼona zaryadni portlatganda koʼtarib tashlash xavfi yuzaga keladi, shundan soʼng portlatilgan jinslarni itqitilishi ham taʼsir etishi mumkin. Bu holatda himoyalovchi “mat” yetarlicha ogʼirlikka ega boʼlishi kerak. Samarali himoya yogʼoch gʼoʼlalardan yasalgan osiladigan toʼsiq va ogʼir rezinadan yasalgan “mat”lar qoʼllanish bilan taʼminlanishi mumkin.
Jinslar boʼlaklarini sochilib ketishdan saqlash uchun va havoning zarbali toʼlqinidan himoyalanish uchun eski brezent yoki texnikaviy kigiz qoʼllash ham maqsadga muvofiq keladi.
Himoyalovchi “mat” lahimni uzunligi havfsiz masofaga yetganicha qadar qoʼllanilishi kerak, shunday boʼlganda havoni zarbali toʼlqinini havffi zararsiz boʼlishi mumkin.
Har bir zaryad guruhi portlatilganda himoyalovchi “mat” qoʼllanilishi kerak.
Lahim toʼgʼri yoʼnalishda oʼtilgan boʼlsa, xavfsiz masofa juda katta oʼlchamda boʼlishi mumkin.
Seysmik tebranishni va havoni zarbali toʼlqinini jadallashishini oʼlchagan boʼlsa oʼlchov natijalariga muvofiq portlatish ishlarining oʼlchamlarini qiymatiga tuzatish kiritilishi mumkin.
Havoni zarbvli toʼlqin taʼsirini oʼlchaganda asosiy eʼtiborni zarbali toʼlqinni gorizontal yoʼnalishiga qaratilgan boʼlishi kerak.
Havoni zarbali toʼlqinini jadallashish kuchini, portlatiladigan zaryad ogʼirligidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilish yoʼli bilan aniqlanishi mumkin.
Har bir sekinlatish pogʼonasida va himoyalanayotgan obʼektga qadar boʼlgan masofa hisobga olingan holda aniqlanadi. Bunday hisoblashda shpurli yoki skvajinali zaryadlarga taʼsir etuvchi omillarni baholash juda qiyin. Lekin havoning zarbali toʼlqinini taʼsirini oʼlchash natijalari toʼplanib borishi bilan shunga oʼxshash hisoblarni aniqligi ham ortib boradi.
Seysmik tebranish darajasini cheklash zarurati boʼlganda zaryadlar ogʼirligini kamaytirish uchun shpurlar oraligʼini va kengligini yaqinlashtirib joylashtiradi, bunda kavjoyni siklda ilgarilab siljish oʼlchami ham kamayadi. Lahimlar oʼtkazishda seysmik tebranishlar darajasini cheklash zarurati boʼlgan sharoitda zaryad miqdorini cheklash pogʼonani portlatib qulatish va transheya oʼtishdagi kabi usulda hisoblanadi.
Bu vaqtda detonatsiyalanuvchi zaryadni yoʼl qoʼyilishi mumkin boʼlgan ogʼirlik oʼlchami quyidagi omillarni hisobga olgan holda qabul qilinadi: shpurlarni joylashtirishda ularni oraliq masofasi, qatorlar oraligʼini oʼlchami, chuqurligi, zaryadlarni ogʼirligi va ularda portlatishni qoʼzgʼash tartibi shunday boʼlishi kerak–ki, seysmik tebranish darajasi yoʼl qoʼyilgan qiymatidan oshib ketmasligi kerak.
Lahimlar oʼtishda qoidada belgilanganidek shpurlarni kavjoyda shunday joylashtirish kerak-ki, bir vaqtda detonatsiyalanadigan portlovchi modda ogʼirligini yoʼl qoʼyilgan oʼlchami, shpurli zaryadni odatda portlatiladigan ogʼirligidan koʼp boʼlmasligi kerak. Zaryadlarni xar xil intervalda sekinlatib portlatganda atrof massiviga taʼsir etuvchi seysmik tebranishi belgilangan qiymatidan yuqori boʼlmasligi shart.
Oʼyuvchi shpurlarni baʼzi turlari masalan ponasimon shaklda oʼyiq xosil qilish usulini qabul qilib boʼlmaydi agar seysmik tebranish darajasi cheklangan boʼlsa, chunki bunday usulda oʼyiq xosil qilinganda bir vaqtning oʼzida katta miqdordagi oʼyuvchi zaryadlarni detonatsiyalanish xavfi vujudga keladi. Bunday sharoitda boʼchkasimon shakldagi oʼyuvchi shpurlarni qoʼllash ham mumkin emas. Bu sharoitda asosan yuzasi katta oʼlchamdagi lahimlar oʼtishda yelpigʼichsimon shaklda joylashtirilgan oʼyuvchi shpurlarni qoʼllash mumkin. Kesim yuzasi katta boʼlmagan lahimlarda shpurlarni kavjoyda maʼlum burchak ostida burgʼilash qiyin boʼlgan holda, katta diametrli skvajinani kavjoyni markaziga joylashtirib toʼgʼri oʼyiq xosil qilish usulini qoʼllash, eng qulay usuldir.
Ehtiyotkorlik bilan portlatilganida ikkita markaziy skvajina oʼtkazib portlatishni afzalligi shunda-ki bunda siqilishni kamaytirishga imkon berib, portlatishdan qoniqarsiz natija olish ehtimolini kamaytiradi. Bulardan tashqari markaziy skvajinalar oraligʼidagi masofani qisqarish hisobiga zaryad kontsentratsiyasini kamaytirish mumkin. Lekin bunday qilishga ehtiyoj ham yoʼq chunki shpurlar chuqurligini kamaytirishning oʼzi yetarli.
Zaryadlarni hisoblashda agarda yelpigʼichsimon oʼyiq qoʼllaniladigan boʼlsa yordamchi shpurlardagi zaryadlar masssini odatdagidek portlatish sxemasi qoʼllanilganda zaryad miqdorini kamaytirish mumkin. Yordamchi shpurlardagi zaryadlar massasini ehtiyotkorlik bilan portlatganda koʼpincha cheklangan miqdorini qiymati qabul qilinadi.
Katta oʼlchamdagi lahimlarni oʼtishda bir vaqtda detonatsiyalanadigan portlovchi modda massasini portlatish sxemasidagi miqdorini kamaytirish uchun kavjoy alohida uchastkalarga boʼlinadi. Ehtiyotkorlik bilan portlatishda yelpigʼichsimon lshakldagi oʼyuvchi shpurlar uchun zaryad miqdorini hisoblash transheyani ehtiyotkorlik bilan oʼtishda hisoblangan oʼlchamlari asosida amalga oshiriladi va quyidagi maʼlumotlarga amal qilgan holda portlovchi moddani yoʼl qoʼyilishi mumkin boʼlgan solishtirma sarfini qiymatini keltiramiz.
Bir siklda loyihada belgilangan kavjoyni ilgarilab
Siljishi, m 1; 1,2; 2,4; 3,2;
Portlovchi moddani solishtirma sarfi, kg/m³ 0,8; 0,9; 1; 1,2
Odatda ehtiyotkorlik bilan portlatilganda diametri katta oʼlchamda boʼlmagan shpurlar qoʼllaniladi.
Ehtiyotkorlik bilan portlatishda qoʼporuvchi shpurlar chuqurligi va eng qisqa qarshilik chizigʼi odatdagi usulda kon lahimlarini oʼtkazishdagiga nisbatan anchagina kam oʼlchamda qabul qilinadi.
Turgʼun boʼlmagan inshootlar yaqindan lahimlar oʼtkazilayotganda seysmik tebranish darajasini doimo oʼlchab turish maqsadga muvofiqdir, chunki amaliyotda tebranish darajasi koʼpincha hisoblab topilgan oʼlchamdan yuqoriroqdir.
Portlatish ishlari oʼlchamlariga tuzatishlar kiritish seysmik tebranishlarni oʼlchash natijalari seysmik tebranishda yoʼl qoʼyilgan darajada optimal tezlikda oʼtkazishiga imkoniyat yaryatadi.
Yüklə 23,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə