Kolloid eritmalarning olinish usullari va tozalanishi



Yüklə 34,78 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü34,78 Kb.
#162870
  1   2   3   4
ERITMALARNING KOLLEGATIV XUSUSIYATLARI


ERITMALARNING KOLLEGATIV XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Kolloid dispers sistemaning hosil bo’lish sharoitlari.
2. Kolloid eritma olishning dispersion va mexanik usullari.
3. Kolloid eritma olishning ultratovush va peptizatsiya usuli.
4. Kolloid eritma olishning kondensatsion usullari:
1. Kolloid dispers sistemaning hosil bo’lish sharoitlari
Kolloid eritmalar o’zining geterogenligi bilan chin eritmadan farq qiladi. Chunki kolloid zarrachalar erituvchi molekulasiga nisbatan juda katta bo’lib, ular orasida ajralish sirti hosil bo’ladi.
Kolloid dispers sistema dispers muhit va dispers fazadan tarkib
topgan mikrogeterogen sistemadan iborat. Kolloid dispers sistema
quyidagi sharoitlarda hosil bo’ladi: .
kolloid zarrachalarning o’lchamiga tarqaladigan moddalar zarra-chalarining o’lchami yaqin bo’lishi kerak;
2) ajralish sathida, kolloid zarrachalarni hosil qilgan ionli qavat va gidrat parda stabilizatorlar yordamida saqlanishi kerak; stabilizatorlar kolloid zarrachalar sathida yutilib, u yerda elektr zaryadi hosil qiladi. Elektr zaryadi zarrachalarning o’zaro yaqinlashib, bir-biriga qo’shilishiga yo’l qo’ymaydi, barkarorlik yaratadi;
Z) dispers faza dispers muhitda yomon eruvchanlikka ega bo’lishi kerak. Demak, kolloid zarrachalar elektr zaryadli, gidrat pardali va turg’un bo’lishi kerak.
Ana shunday zarrachalardan tashkil topgan kolloid eritmalar o’zaro qarama-qarshi ikki usul bilan olinadi. Birinchi usul - dispersion usul, bunda kolloid eritmalar yirik zarrachalarni maydalash yo’li bi­lan hosil qilinadi; ikkinchi usul -kondensatsion usul, bunda ion yoki molekulalar o’zaro birlashib, kolloid zarrachalar hosil qiladi.


2. KOLLOID ERITMA OLISHNING DISPERSION VA MEXANIK USULLARI
DISPERSION USUL.
Zarrachalarni maydalash uchun ma‘lum ish sarflanadi. Bu ish (a) ho­sil bo’layotgan zarrachalar sathi (S) ga to’g’ri proportsionaldir:
А = К • S
Bu yerda, K - moddaning tabiatiga, muhitga va maydalash usuliga tegishli koeffitsient. Formuladan ko’rinib turibdiki, zarrachalarni qancha ko’p maydalash kerak bo’lsa, shuncha ko’p ish sarflanadi.

Yüklə 34,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə