Tinchlik-osoyishtalik



Yüklə 301,9 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü301,9 Kb.
#137902
TINCHLIK


TINCHLIK-OSOYISHTALIK –
ENG OLIY NE'MAT
Tinchlik, xalqaro tinchlik — xalqlar va davlatlar oʻrtasida zoʻrlik ishlatmasdan tashki siyosat olib borishga, oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga va odatda, xalqaro shartnomalarsa mustahkamlab qoʻyilgan majburiyatlarga rioya etishga asoslanadigan munosabatlar: davlatlar urtasida uyushtirilgan qurolli kurash (yaʼni urush)nint yoʻqligi. Dunyo, jamiyat rivojlanib borgan sari xalqaro munosabatlarning subʼyektlari Urtasida vujudga keladi gan mojarolar, nizolar, kelishmovchiliklarni hal qilishning zamonaviy yullari, usullari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Bunda quyidagi holatlar hisobga olinmoqda: 21-asr boshlarida mojarolarning sabablari va manbalari; mojarolarning ishtirokchilari; mojarolarning xarakteri va mazmuni; bu mojarolarni hal etuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati oʻzgarayotganligi. T.ni saklash uchun mojarolarning oldini olish, ularni tugatishda diplomatik metodlarning roli maʼlum darajada kamayib, iqtisodiy va moliyaviy vositalarning kuchayib borishi kuzatilmoqda. Shuningdek, nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilishda gumanitar operatsiyalar sezilarli rol oʻynamoqda. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan buyen jahonda va Markaziy Osiyo mintaqasida T. va barkarorlik zarurligidan kelib chiqib oʻz tashqi siyosatini amalga oshirmoqsa. Mamlakatimiz dunyoda T.ni saklashning barcha xalqaro huquqiy meʼyorlariga amal qiladi va ularga sodiq qoladi.

Tinchlik ramzlaridan biri (Gerald Holtom, 1958)
Tinchlik deb zoʻravonlik, ziddiyat yoki shu ziddiyatdan qoʻrquv yoʻq osoyishta holatga aytiladi. Tinchlik individual shaxslar yoki butunboshli mamlakat va xalqlar orasida boʻlishi mumkin. Xalqaro munosabatlarda tinchlik atamasi ostida urushyoʻqligi tushuniladi.
Tinchlik davlatlar orasidagi noharbiy tashqi siyosatga asoslanadi, tinchlik zamirida xalqaro bitim, kelishuv va boshqa hujjatlar yotadi. Tinchlik ijtimoiy xavfsizlikni taʼminlaydi.
Dunyo tinchligini saqlash uchun Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilgan. Nobel mukofotitinchlik keltirish yoʻlidagi saʼy-harakatlar uchun ham beriladi. Tinchliksevarlik oqimlari mavjud, ulardan eng keng tarqalgani patsifizm deb ataladi.
Tinch hududlar
Quyidagi hududlarda uzoq vaqt tinchlik hukmron:

Hudud

Qachondan beri tinch

Izoh



1814 — bugun

1814-yili Norvegiya bilan urushidan keyin hech qanday harbiy ziddiyatlarda qatnashmay keladi.



1848 — bugun

Bu davlat qatʼiy betaraflik siyosati yuritadi.



1949 — bugun

44 kunlik fuqarolar urushidan keyin armiyani tarqatib, biror urushda qatnashmagan.



Ma’lumki, insoniyat hayoti davomida turli mafkura va maslaklar o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni boshidan kechirgan. Buning oqibatida o‘zaro kelishmovchiliklar, notinchliklar yuzaga kelib turgan. Tarixga nazar tashlansa, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi, taraqqiy topishi jamiyatning farovon va osoyishta hayot kechirishiga bog‘liq. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (sav) hadislarining birida tinchlik-xotirjamlik eng ulug‘ ne’mat ekanligini ta’kidlab shunday deganlar“Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U – xotirjamlik va sihat-salomatlik”(Imom Buxoriy va Imom Termiziy).
Demak, tinchlik va xotirjamlik Alloh taoloning buyuk ilohiy ne’matlaridan biridir. Qolaversa, barcha ezgu ishlar ro‘yobga chiqishining boisi ham osoyishtalikdir. Shunday ekan, insonlar nafaqat mavjud tinchlikni qadriga yetib, shukrini ado etishlari balki, unga noshukrlik qilib putur yetkazishdan ham saqlanishlari lozim. Ulug‘ ne’mat - mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikdan xotirjamlikka berilish, ogohlik va sezgirlikni yo‘qotishga mutlaqo haqqimiz yo‘q. Uni asrab-avaylash, himoya qilish faqat muayyan sohalar xodimlarining vazifasi, deganlar qattiq yanglishadi. Bu yo‘lda barchamiz yanada jips bo‘lib, hamjihatlikda harakat qilishimiz kerak. O‘z uyingni o‘zing asra, degan gapda hikmat ko‘p, uning ma’nosi keng. Zero, tinchlik uchun doimo kurashish kerak, uni hech kim yaratib bermaydi. Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, farzandlar emin-erkin kamolga erishadi, oqibatda, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro‘y beradi
Xalqimizning yang yaxshi ko‘rgan va eng ko‘p takrorlaydigan duosi “Iloho, xonadonlarimizni tinch va osoyishta, yurtimizni obod qil” degan duodir. Dono xalqimizning “Qo‘shning tinch – sen tinch”, “Bir kun urush bo‘lgan joydan qirq kun baraka ketadi”, “Tinchliging – xurliging”, “Urush tomoshabinga oson” kabi maqollarda ham tinchlik qanchalik bebaho ne’mat ekani aytiladi. Oqsoqollar nasihatida, onalar aytgan allalarida bejiz tinchlik, xotirjamlik ko‘p tilga olinmaydi.
Barchamiz hozirgi paytda yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashab, yon-atrofimizda bo‘layotgan hodisalardan ogoh bo‘lib, aholi o‘rtasida tinchlik va barqarorlikning qadriga yetish, dunyoning turli mamlakatlarida davom etayotgan notinchliklar xususida, ularning asl sabablarini yanada yaxshiroq tushunmoqdamiz. Albatta, mamlakatimizda ro‘y berayotgan rivojlanish va taraqqiyot yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlikning evaziga bo‘layotganini, tinchlik esa o‘z-o‘zidan, osonlikcha bo‘lmasligini unutmaslik kerak. Kezi kelganda ta’kidlash joizki, bu yutuqlar qanday qo‘lga kiritilgani, xalqimizga xos bo‘lgan sabr-bardosh, mamlakat kelajagiga qat’iy ishonch, hamjihat va hamfikr bo‘lib yashash, tinchlik-totuvlikni asrash, bag‘rikeng bo‘lish, o‘zaro mehr-oqibat ko‘rsatish kabi ulug‘ fazilatlar haqida aholimizga, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga so‘zlab berishimiz lozim. Toki, bugungi murakkab sharoitda tinchlikni asrash uchun ogohlik, sezgirlik, hushyorlik har qachongidan ko‘ra muhimligini to‘liq tushunib yetsinlar.
Afsuski, Alloh taoloning ulug‘ ne’mati bo‘lmish tinchlikdan hamma ham barobar bahramand emas. Chunki, dunyoning turli burchaklarida terrorchilar tomonidan nohaq qon to‘kilishlar sodir etilmoqda. Shunday mudhish voqealarnining qabih niyatli buzg‘unchi guruhlar tomonidan amalga oshirilishi butun dunyo tinchliksevar xalqlari qatori O‘zbekiston xalqining ham qalbini larzaga soladi. Shuning uchun ham biz doimo tinchlik va mehr-oqibatni o‘zida mujassam etgan muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etishni dolzarb vazifa sifatida bilamiz. Shuningdek, islom dinini niqob qilib, o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishishga urinayotgan harakat va kuchlarga qarshi doimo sergak va hushyor turish zarurligini yana bir bor ta’kidlaymiz.
Ogoh va hushyor bo‘lib yashash tinchlikni ta’minlash, turli xil ko‘ngilsizliklar va xavfu xatarlarning oldini olishning zaruriy sharti hisoblanadi. Zero, g‘ofillik va beparvolik turli noxushliklarga zamin yaratadi. Shuning uchun ham, Alloh taolo tafakkur qilmaydigan, o‘zining kim ekanini anglab yetmaydigan, bugunning huzur-halovati bilan yashab, ertasi haqida qayg‘urmaydigan, beparvo va beg‘am kimsalarni “A’rof” surasining 179-oyatida: ya’ni: “Jahannam uchun jinlar va insonlarning ko‘pchiligini yaratganmiz. Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan «anglamaydilar». Ularda ko‘zlar bor, (lekin) ular bilan «ko‘rmaydilar». Ularda quloqlar bor, (lekin) ular bilan «eshitmaydilar»*. Ana o‘shalar hayvonlar kabidirlar. Balki, ular (yanada) adashganroqdirlar. Aynan o‘shalar g‘ofillardir”, deb ta’riflaydi..Islom olamining e’tiborli ulamolari tomonidan mo‘’tabar manbalar asosida berilayotgan raddiyalarni tan olmayotgan turli yo‘nalish va firqalarning a’zolarini ham yuqoridagi oyatda keltirgan kimsalarga qiyoslash mumkin.
Tinchlik ulug‘ ne’mat deb e’lon qilgan dinimizda bu yo‘lda nafaqat amal bilan, balki so‘z bilan ham zarar keltirishdan qaytarilgan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qilganlar: “Haqiqiy musulmon bu musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘lishliklaridir”.
Darhaqiqat, musulmon kishi jamiyat uchun faqat yaxshilikni ravo ko‘rmog‘i, yomonliklardan tiyilmog‘i va boshqalarga aziyat berishdan yiroq bo‘lmog‘i zarur. Bu bejiz emas, albatta. Zero, so‘z, ya’ni tildan yetadigan ozor qo‘ldan yetadigan zarardan avval zikr etilishi, qo‘l bilan boshqalarning faqat bu dunyosi-salomatligi, oilasi, mulkiga zarar yetkazish mumkinligiga, til bilan insonlarni turli buzg‘unchi g‘oyalarga targ‘ib qilish, ularni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itish orqali ikki dunyosini barbod etish mumkin.
Urushlar tufayli insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, odamgarchilikunutiladi, boshlangan xayrli ishlar, ulug‘ maqsadlar o‘lda-jo‘lda qolib ketadi. Barchaning hayotidan huzur-halovat, turmushidan orom-farog‘at ko‘tarilib ketadi. Shuning uchun ham Alloh taolo bandalarini bo‘lar-bo‘lmas sabablar bilan urushlar chiqarishdan, tor manfaatlar yo‘lida bir-birlariga qurol ko‘tarishdan qaytargan. Buyuk Parvardigorning amrlaridan chekingan insonlar bir-birlariga qurol ko‘tarib jang qilishadi, qanchalab odamlarni halok qilishadi yoki asir olib xo‘rlashadi.
Dunyoda urush olovi yoqilib turgan mamlakatlarni oling, qanchadan-qancha begunoh kishilarning halok bo‘layotganini guvohi bo‘lasiz. Birgina Afg‘onistonda mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, oxirgi yetti yil ichida 15 mingdan ziyod begunoh kishilar nobud bo‘lgan. Oxirgi to‘qqiz yil ichida Iroqda 162 ming kishi qirilib ketgan, Suriyadagi fuqorolar urushi ikki yildan ko‘proq vaqtdan beri davom etmoqda. Shu orada 120 ming kishi janjallar qurboni bo‘ldi. 6,5 million kishi uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Ikki milliondan ziyod fuqarolar o‘zga mamlakatlarga qochib ketgan, bunday misollarni Afrika mamlakatlari misolida ham keltirish mumkin.

REFERAT
MAVZU: TINCHLIK-OSOYISHTALIK –


ENG OLIY NE'MAT

Bajardi: Jo’rayev Abdulloh


Tekshirdi:______________
Yüklə 301,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə