Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov Ilich Djumabaevich


katta  va  kichik charvilar



Yüklə 487,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix31.01.2022
ölçüsü487,5 Kb.
#83325
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov I

katta

 va 


kichik charvilar 

farqlanadi. 



Tutqich

  (


mezo

)  deganda  ichakni  tutib  turuvchi  qorin parda  duplikaturasi 

tushuniladi.  U  seroz  pardaning  2  ta  varag‘idan  iborat  bo‘lib,  o‘zida  ko‘pdan-

ko‘p  qon  va  limfatik  tomirlarni,  limfatik  tugun  va  nervlarni  tutadi. 

Tutqichlarning  quyidagi  turlari  farq  qilinadi:  ingichka  ichak  tutqichi; 

chuvalchangsimon  usimta,  ko‘ndalang-chambar  ichak,  S-simon  ichak,  to‘g‘ri 

ichakning ampula usti qismi tutqichlari. 

Qorin  parda  bo‘shlig‘ining  pastki  qavati  ko‘ndalang  chambar  ichakning 

tutqichi  bilan  tos  chanog‘i  bo‘shlig‘i  orasidagi  bo‘shliqni  egallaydi. 

Ko‘tariluvchi va tushuvchi chambar ichaklar hamda ingichka ichakning tutqichi 

ushbu bo‘shliqni to‘rtta bo‘lak: o‘ng va chap yon kanallar hamda o‘ng va chap 

tutqich qo‘ltiqlari (sinuslari)ga bo‘ladi. 



O‘ng yon kanal

 (

canalis

 

lateralis

 

dexter)

 qorinning o‘ng yon devori bilan 

ko‘tariluvchi  chambar  ichak  orasida  joylashgan  bo‘lib,  bu  kanal  pastda  o‘ng 

yonbosh chuqurchasi (

fossa

 

iliaca

 

dextra

) ga, so‘ngra tos bo‘shlig‘iga, yuqorida 

esa o‘ng diafragma osti bo‘shlig‘iga davom etadi. 

Chap yon kanal

 (

canalis

 

lateralis

 

sinister)

 tushuvchi chambar ichak bilan 

qorinning  chap  yon  devori  orasida  joylashadi.  Kanal  pastda  chap  yonbosh 

chuqurchasi orqali tos bo‘shlig‘i bilan tutashadi, yuqorida esa chap diafragma-

chambar boylami (



lig. phrenicocolicum

 

sinistra)

 vositasida taloq ko‘r xaltasidan 

chegaralangan. 

Gavdaning  gorizontal  holatida  yon  kanallarning  eng  chuqur  qismlari 

ularning  yuqorisida  bo‘lib,  tananing  tik  holatida  yallig‘lanish  suyuqliklari 

(yiring)  yon  kanallar  bo‘ylab  yonbosh  chuqurchalariga,  ulardan  tos  chanog‘i 

bo‘shlig‘iga tushadi. 




Yüklə 487,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə