Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov Ilich Djumabaevich


Qorin  pardaning  pariyetal  varag‘i



Yüklə 487,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/23
tarix31.01.2022
ölçüsü487,5 Kb.
#83325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov I

Qorin  pardaning  pariyetal  varag‘i

  qorin  devorlarini  ichki  tomondan 

o‘rab, undan yog‘ qatlami (qorin parda oldi, qorin parda osti, qorin parda usti, 

qorin parda orti) bilan ajralib turadi. 

Qorin  parda  qorinning  oldingi  devoridan  diafragmaning  pastki  qavariq 

yuzasiga  o‘tadi  va  uni  qoplaydi.  Diafragmadan  qorin  parda  jigarning  yuqori 

yuzasiga  o‘tadi  va  ikkita  boylam  hosil  qiladi:  bittasi  sagittal  tekislikda  – 

lig. 

falciforme

,  ikkinchisi  frontal  tekislikda  – 



lig.  coronarium

 

hepatis

.  Qorin  usti 

sohasida  jigarning  darvozasi  qismidan  kindikka  qarab  sagittal  yo‘nalishda 

jigarning  yumaloq  boylami  boradi.  Bu  boylam  bo‘ylab  uning  pastki  qismida 

bitib ketgan kindik venasi yotadi. Jigarning yuqori yuzasidan qorin parda uning 

pastki  yuzasiga  o‘tadi  va  jigar  darvozasi  yonidan  me’daning  kichik  egriligi 

tomon yo‘nalib, kichik charvini hosil qiladi. Me’daning kichik egriligida qorin 

pardaning  varaqlari  bir-biridan  uzoqlashadi:  biri  –  me’daning  orqa  devorini, 

ikkinchisi – oldingi devorini qoplaydi. Me’daning katta egriligiga yetgach qorin 

pardaning  varaqlari  yana  qo‘shiladi,  bunda  me’daning  katta  egriligi  bilan 

qo‘ndalang-chambar  ichakka  o‘tish  joyida  boylam  (



lig.  gastrocolicum)

  hosil 


bo‘ladi.  Uning  davomi  katta  charvini  hosil  qiladi:  u  qorin  pardaning  to‘rtta 

varag‘idan  iborat.  Ulardan  ikkitasi 



lig.  gastrocolicum

  ning  davomi  bo‘lib, 

chanoqqacha  tushadi,  bu  yerda  qayrilib,  yana  yuqoriga  ko‘tariladi  va 

ko‘ndalang-chambar  ichakka  yetib  boradi.  Shunday  qilib,  katta  charvida  to‘rt 

varaq hosil bo‘ladi. 

Katta  charvining  orqadagi  varaqlari  oldingi  varaqlari  bilan  birikadi.  Ular 

ko‘ndalang  chambar  ichakni  o‘rab,  uning 

tutqichini

  hosil  qiladi  va  oshqozon 

osti  bezi  tomon  yo‘naladi.  Bu  yerda  qorin  parda  varaqlari  yana  bo‘linadi.  Biri 

yuqoriga ko‘tariladi va charvi xaltaning orqa devorini qoplaydi. Boshqa varag‘i 

pastga  yo‘naladi  va  qorin  bo‘shlig‘i  pastki  qavatining  orqa  devorini  qoplaydi. 

Bu  yerda  qorin  parda  o‘n  ikki  barmoq  ichakning  pastki  gorizontal  qismini 

qoplaydi, 


Yüklə 487,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə