Kirish Vitaminlar va ularning kimyoviy tuzilishi


Vitaminlarning inson organizmiga ta’siri



Yüklə 325,17 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü325,17 Kb.
#141145
1   2   3   4   5
VITAMINLARNING INSON ORGANIZIMIGA TA\'SIRI111

Vitaminlarning inson organizmiga ta’siri

Vitaminlar iste’mol omillari bo’lib, juda kam miqdorda saqlanadilar va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik jarayonlarning normal kechishida, butun modda almashinuvining boshqarilishida qatnashadilar. Modda almashinuvining buzilishi ko’pincha organizmga vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bo’lmasligi yoki ularning organizmda hazm bo’lishi buzilishi bilan bog’liqdir. Natijada avitaminoz holati rivojlanadi – ovqatda vitaminning umuman bo’lmasligi yoki organizmda o’zlashtirilishining buzilishi sababli kasallik vujudga keladi.


Ayrim vitaminlar ovqat bilan birga o’tmishdoshlar shaklida – provitaminlar ko’rinishida bo’ladi va ular to’qimalarda vitaminlarning biologik faol shakllariga aylanadi.

Ichaklarda so’rilganda o’tgan yog’da eruvchi vitaminlar to’qimalarda to’planadi; suvda eriydigan vitaminlar kofermentlarga aylanadi va apoferment bilan bog’langan holda murakkab ferment tarkibiga kiradi. Fermentlarning yashash muddati chegaralangan bo’lganligi sababli kofermentlar parchalanadilar va organizmdan turli metabolitlar ko’rinishida chiqarib yuboriladi. Yog’da eriydigan vitaminlar ham katabolizmga uchraydi, lekin ular suvda eriydigan vitaminlarga nisbatan sekinroq parchalanadi. Shu sababli ham ovqat bilan birga vitaminlar doimo kirib turishi kerak.
Vitaminlar disbalansi yetishmagan (manfiy balans) va ortiqcha (musbat balans) ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Vitaminning qisman yetishmasligi gipovitaminoz, judayam tanqis bo’lishi – avitaminoz deb ataladi. Bitta vitaminning yetishmasligi monogipovitaminoz, bir nechtasining yetishmasligi esa – poligipovitaminoz deb ataladi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika davlatlarining ayrim hududlarida aholi bir xil o’simlik tabiatiga ega bo’lgan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda avitaminoz holatlari uchraydi. To’qimalarda vitaminlarning ortiqcha to’planishi gipervitaminoz deb ataladi. U yog’da eriydigan vitaminlar uchun xos.


Vitaminlar va ularning modda almashinuvidagi roli.
Vitaminlar yoki odamlar va hayvonlar oziqlanishi uchun zarur bo’lgan organik birikmalar guruhidir. Hozirda 50-dan ortiq vitaminlar mavjudligi aniqlangan.
Ma’lumki, moddalar almashinuvining boshqarilishi uchun, juda kam miqdordagi vitaminlar talab etiladi, lekin ular hech qanday energetic ahamiyatga ega emas.
Ularning ham organizmdagi roli xuddi fermentlar va garmonlardagidek, bunday deyilishga asosiy sabab juda ko’plab vitaminlar fermentlar tarkibiga kiradi.
Vitaminlarsiz hayotning bo’lishi mumkin emas, shu sababli ularning tinimsiz ravishda organizmga tushib turishi zarur va ular u yerda juda tez parchalanadi.
Vitaminlarning asosiy manbai – eng avvalo o’simliklar dunyosi ozuqalari hisoblanadi, lekin ular baliqlar va go’shtli mahsulotlarda, sut, tuxumlarda ham mavjuddir. 

Iste’mol qilinayotgan ovqatlar tarkibida vitaminlar bo’lmaganida organizmda funksiyalarning buzilishi va kasalliklar yuzaga keladi va ular avitaminozlar deb ataladi. Singa, raxit, juda ko’plab asablarning yallig’lanishi, qon quyilishi, o’sishning to’xtashi va hakazolar avitaminozlar tufayli yuzaga keladi. 
Oziqlar tarkibidagi vitaminlar yetarlicha bo’lmaganida yoki ularning miqdori mutadil holda bo’lganida ham organizmning vitaminga bo’lgan talabi ortganida gipovitaminoz yuzaga keladi, bunday hollarda organizmning ish qobiliyati pasayib ketadi va kasalliklarga chalinishga moyil bo’lib qoladi. 
Ayrim vitaminlar noqulay omillar ta’sirida juda tez parchalanib ketadi, shu sababli, organizm ularga taqchillik sezishi mumkin va bunday holatlarni vitaminlarga boy ovqatlar saqlanish va tayyorlanish paytlarda vitaminlari parchalanib ketgan hollarda ham kuzatish mumkin. 



Yüklə 325,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə