Kirish kurs ishining dolzarbligi


-rasm O’zbekiston va Fransiya bayrog’i



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə3/10
tarix11.10.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
.Fransiya va O\'zbekiston vvvvvvvNNNNNNNNNNNNN

1-rasm O’zbekiston va Fransiya bayrog’i
Taʼkidlash joizki, bu davlatimiz rahbarining Fransiyaga ikkinchi tashrifidir. Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan ilk bor to‘rt yil avval, 2018 yilning 8-9 oktyabr kunlari ushbu mamlakatga tashrif buyurgan edi. Fransiya O‘zbekiston Prezidentining 2016 yilda lavozimga kirishganidan so‘ng tashrif buyurgan birinchi Yevropa davlati bo‘ldi. Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida Fransiya Senati va Milliy assambleyasi bilan “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik guruhlari tuzildi. O‘zbekiston Fransiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi savdo hamkorlaridan biridir. 2021 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 280 million dollardan oshdi, joriy yilning 9 oyida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 232 million dollarga yetdi. Bu boradagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi moliyaviy-texnikaviy hamkorlik Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) orqali mustahkamlanmoqda. Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi Toshkent shahrida joylashgan FTA bilan birgalikda O‘zbekistonda umumiy qiymati 350 million yevro bo‘lgan 3 ta loyiha amalga oshirilgan va jami 434,3 million yevrolik 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

2.O‘zbekiston va Fransiyani tarixiy do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari


O‘zbekiston va Fransiyani tarixiy do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari bog‘lab turadi. Ayni paytda Fransiya arxivlaridan birida Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI ga 1402 yilda yo‘llagan maktublari, Karl VIning Sohibqiron nomiga yozgan maktubi saqlanadi. Hukmdorlarning maktublari mazmunida o‘zaro savdo aloqalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.Keyingi yillarda ko‘p asrlik O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari yangi mazmun bilan boyigani holda jadal rivojlanmoqda.Joriy yil 1 mart kuni Toshkent va Parij shaharlarida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlandi.Oliy darajadagi siyosiy muloqot muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlanmoqda.Fransiya O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlik hamda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishdagi rolini yuqori baholaydi.O‘zbekiston va Fransiya parlamentlararo aloqalarni ham faol rivojlantirmoqda. Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida Fransiya Senati va Milliy assambleyasi bilan “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik guruhlari tuzildi.Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 11-12 noyabr kunlari V Parij tinchlik forumidagi ishtiroki doirasida Fransiya Senatida hamda Milliy assambleyasida muzokaralar o‘tkazdi.
Fransiya O‘zbekiston bilan iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy va texnik sohalardagi hamkorlikka muhim ahamiyat beradi.O‘zbekistonda 46 ta korxona, shu jumladan, 17 tasi 100 foiz Fransiya kapitali asosida faoliyat yuritmoqda. Kompaniyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qurilish va turizm, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi singari sohalarni qamrab olgan.Ayni paytda O‘zbekistonda Fransiya sarmoyasi ishtirokida qator yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Samarqand viloyati Nurobod tumanida «Total Eren» kompaniyasi bilan quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish, «Orano Mining» kompaniya bilan hamkorlikda uran qazib olinadigan istiqbolli hududlarda geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda, Sirdaryo viloyatida xalqaro konsorsium, jumladan, “EDF” kompaniyasi bilan quvvati 1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi, “SUEZ” bilan hamkorlikda «Toshkent suv xo‘jaligini o‘zgartirish rejasi» va «Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash» loyihalari va boshqalar amalga oshirilmoqda.Tomonlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik mexanizmi - 2021 yil 10 may kuni Toshkent shahrida 8-majlisi bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya (HHK) faoliyati diqqatga sazovordir.O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi doirasida Fransiyaning «MEDEF International» tadbirkorlar harakati bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Harakat tarkibiga Fransiyaning “Airbus”, «Total Eren», “Eiffage” “Voltalia”, “EDF”, “Alstom”, “Orano”, “Suez” va boshqa yetakchi kompaniyalari kiradi. Davlatimiz rahbarining tashrifi arafasida Parijda “MEDEF International” ko‘magida biznes-forum bo‘lib o‘tmoqda.Davlatlar o‘rtasida o‘zaro savdoda eng qulay rejim o‘rnatilgan, Daromadlarga ikki tomonlama soliq solishning oldini olish va Daromad va kapitalga soliq solishdan bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiya amal qiladi.O‘zbekiston Fransiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi savdo hamkorlaridan biridir. 2021 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 280 million dollardan oshdi, joriy yilning 9 oyida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 232 million dollarga yetdi. Bu boradagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi moliyaviy-texnikaviy hamkorlik Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) orqali mustahkamlanmoqda. Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi Toshkent shahrida joylashgan FTA bilan birgalikda O‘zbekistonda umumiy qiymati 350 million yevro bo‘lgan 3 ta loyiha amalga oshirilgan va jami 434,3 million yevrolik 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar madaniy-gumanitar hamkorlikning yuksak darajasi bilan ajralib turadi.
Fransiya fuqarolarining O‘zbekiston hududiga kirishi uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim o‘rnatildi. Taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi.Keyingi yillar davomida ikki tomonlama hamkorlikda taʼlim sohasidagi o‘zaro hamkorlikka alohida eʼtibor qaratilmoqda.O‘zbekistonda704 ta maktab, kollej va litseylarda 170 mingdan ortiq o‘quvchi hamda 13 ta oliy o‘quv yurtida fransuz tilini o‘rganmoqda. Fransuz tilini o‘rgatuvchi fransuz operatori – Alyans Fransez Toshkentda faoliyat yuritadi.Sorbonna universiteti huzuridagi Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy institutida o‘zbek tili kurslari ochildi.2018-2022 yillarda turizm, arxeologiya, dizayn va moda, fransuz filologiyasi, aviatsiya, inklyuziv taʼlim, biznesni boshqarish, energetika, siyosatshunoslik, aviatsiya va boshqa sohalarda 30dan ortiq kelishuv va Memorandumlar imzolangan.Xususan, Toshkent Davlat transport universiteti tarkibida Fransiya fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Fuqaro aviatsiyasi uchun uchuvchilarni tayyorlash maktabi ochildi.Davlat boshqaruvi akademiyasi va Fransiya Davlat xizmati instituti O‘zbekiston davlat tuzilmalari xodimlarining malakasini oshirish sohasida hamkorlik qiladi.
Samarqand va Lion, Buxoro va Ruey-Malmeson shaharlari, Jizzax viloyatining Zomin tumani va Normandiya mintaqasining Fler shahri o‘rtasida birodarlashgan shaharlar to‘g‘risidagi bitim imzolangan.2019 yilda Buxoro shahri bilan birodarlik aloqalari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan Ruey-Malmeson markaziy “Do‘stlik” istirohat bog‘ida buyuk tabib Abu Ali ibn Sino haykali o‘rnatilgan «O‘zbek bog‘i» ochildi.Arxeologiya va madaniy merosni saqlash sohasidagi aloqalar ham faol rivojlanmoqda. Fransiyaning to‘rtta arxeologik missiyasi O‘zbekiston arxeologlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.Qayd etish joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parijga rasmiy tashrifi doirasida jahonga mashhur Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida mamlakatimizning eng boy madaniy-tarixiy merosiga oid noyob ko‘rgazmalar ochiladi. Bu fransuzlarga O‘zbekiston tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga bo‘lajak rasmiy tashrifi ko‘p asrlik O‘zbekiston – Fransiya munosabatlarida muhim voqea bo‘lib, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish, uni yangi bosqichga ko‘tarishda yangi sahifa ochishi shubhasiz.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə