Kirish kurs ishining dolzarbligi


-rasm Davlat rahbarlarining o’zaro do’stlik munosabatlari



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə7/10
tarix11.10.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
.Fransiya va O\'zbekiston vvvvvvvNNNNNNNNNNNNN

5-rasm Davlat rahbarlarining o’zaro do’stlik munosabatlari
Rasmiy Parij uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan masalalar, yaʼni dunyoning yetakchi davlatlari rahbarlari bilan aloqalarni izchil olib borish, global muammolarni va jahonning boshqa mintaqalaridagi nizolarni hal qilishda fransuz rahbariyati saʼy-harakatlarni kuchaytirmoqda. Fransiyaning hozirgi hukumati xalqaro terrorizm va radikalizmga qarshi kurashni mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri, deb hisoblaydi. Oʻzbekistonning mazkur jabhadagi muvaffaqiyatli tajribasi yurtimiz bilan hamkorlikni rivojlantirishda rasmiy Parijning qiziqishlari yuqoriligini koʻrsatadi.Markaziy Osiyo soʻnggi yillarda geografik joylashuvi tufayli Yevropani Osiyo bilan bogʻlovchi yoʻlakka aylandi. Boy tabiiy resurslar va yuqori darajadagi insoniy salohiyatga ega mintaqa Fransiya uchun ham jozibali boʻlib boryapti. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy oʻsishi (oʻrtacha 3,5 foizda), shuningdek, qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi ijobiy muhit fransuz biznesi hamda “nou-xau”lar uchun katta imkoniyat yaratadi.Rasmiy Parijga koʻra, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan konstruktiv va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan siyosati fransuz tashqi siyosatiga muvofiq tarzda, mintaqada yanada ijobiy muhitni yaratishga imkon beradi.Har ikki mamlakatda olib borilayotgan islohotlar jarayoni yangi bosqichda nafaqat oʻzbek — fransuz, balki Oʻzbekiston va Yevropa ittifoqi strategik hamkorligining koʻp qirrali munosabatlarini tatbiq qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.Shu oʻrinda poytaxtimizda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki faoliyatining qayta yoʻlga qoʻyilishi bejiz emasligini aytish kerak. Chunki qisqa vaqt ichida YETTB Oʻzbekiston uchun 2018 — 2023 yillarga moʻljallangan yangi strategiyani qabul qildi. Bu dastur ochiq, integratsiyalashgan va eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotni koʻzda tutadi.Nainki Yevropada, balki butun dunyoda eng yuqori texnologiyalarga ega Fransiya bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish Oʻzbekistonning xalqaro maqomini hamda obroʻsini oshirish, yuqori sifatli investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish, sayyohlar oqimini koʻpaytirish imkonini beradi. Shuningdek, oʻzbek mahsulotlarini ushbu mamlakatga eksport qilish imkoniyatini kengaytiradi. Rasmiy Parij shunday aniq tasavvurga egaki, barqaror, jadal rivojlanayotgan Oʻzbekiston Fransiya yoki Yevropa ittifoqi uchungina emas, butun xalqaro hamjamiyat uchun uzoq muddatli strategik sherik boʻla oladi. Oʻzbekistonning mazkur jabhadagi muvaffaqiyatli tajribasi yurtimiz bilan hamkorlikni rivojlantirishda rasmiy Parijning qiziqishlari yuqoriligini koʻrsatadi.Markaziy Osiyo soʻnggi yillarda geografik joylashuvi tufayli Yevropani Osiyo bilan bogʻlovchi yoʻlakka aylandi. Boy tabiiy resurslar va yuqori darajadagi insoniy salohiyatga ega mintaqa Fransiya uchun ham jozibali boʻlib boryapti. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy oʻsishi (oʻrtacha 3,5 foizda), shuningdek, qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi ijobiy muhit fransuz biznesi hamda “nou-xau”lar uchun katta imkoniyat yaratadi. Fransiyada ilk bor Oʻzbekiston savdo uyi ochildi.Fransuz kompaniyalari oʻzbek sheriklari bilan hamkorlik qilishga amaliy qiziqish bildirayotgani diqqatga sazovor. Xususan, oʻtgan yili “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” oʻzbek — fransuz qoʻshma korxonasini barpo etish boʻyicha loyiha ijrosiga kirishildi. Ushbu zavodni 2018 yil oxirida foydalanishga topshirish koʻzda tutilmoqda.



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə