Kirish Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 41,21 Kb.
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü41,21 Kb.
#167091
1   2   3
Ma`naviy qadriyatlar – kishilar ma`naviy faoliyati mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasida yuzaga kelgan bilim, qarash va malakalar samarasidir. Bu qadriyatlarni tariflash, oqibat natijada, insonning ruhiy ehtiyojlari, manfaatlari va faoliyat turlariga bog`liq. Ma`naviylik bunday hollarda moddiylik- ka qarama–qarshi qo`yilmaydi. Aksincha, ular o`zaro bog`liqdirlar. Bularga misol qilib, turli-tuman bayramlar, milliy urf-odat va an`analar, chiroyli axloq va odoblar, musiqa, mo`yqalam ustasi ijodining mahsuli bo`lgan rasmlar, badiiy adabiyot va hokazolarni keltirsa bo`ladi.
Moddiy qadriyatlar deb, kishilar moddiy ehtiyojlarini qondirib, o`ziga xos xususiyati va shakllariga ko`ra odamlarda alohida his-tuyg`u uyg`otuvchi moddiy narsalarga aytiladi. Ularga buyuk inshoatlar, bog` va hiyobonlar, antiqa uy ro`zg`or buyumlari, tarixiy buyumlar va shunga o`xshash narsalar kiradi.
Ma`naviyat – kishilarning egallagan bilimlari va bu bilimlarning hayot tarziga aylanganlik darajasi; qadriyat - ma`lum bir shaxs yoki kishilar guruhida alohida ahamiyatga ega bo`lgan ma`naviyat turi; madaniyat - inson olgan bilimlarini hayotda qo`llayotganida boshqalarni zavqlantira olish holati; san`at-avvallari bo`lib o`tgan madaniyat turlaridan birini, shu kunda, sun’iy ravishda tiklab, odamlarda zavq uyg`otuvchi faoliyat turi bo`lsa, madaniy va ma`naviy meros ajdodlar avlodlarga qoldirgan ma`naviyat hamda madaniyat ichidan millatning shu kuniga asqotib turgan qismiga aytiladi.
Ota-bobolarimizning ummonday ma`naviy va madaniy xazinasidan bizga faqat bir qismigina yetib kelgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. H.B.Haydarova, Yosh avlod tarbiyasida oila ma`naviyatining o`rni
2. G‘. Shoumarov ”Oila pisixologiyasi” Toshkent 2010-yil
3. N. To‘ymurodova “O‘quvchilarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash - davr talabi” Science and Education 2022-yil
4. Arxiv uz.com
Yüklə 41,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə