Kirish Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari


Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash



Yüklə 41,21 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü41,21 Kb.
#167091
1   2   3
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
―Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning asosiy poydevoridir‖ kitobida hozirgi zamon ta‘lim jarayonimizda yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash vazifasini qo‘ygan.
Milliy qadriyatlar – bu xalqimizning azaldan amal qilib kelayotgan fazilatlari, odatlari va turmush-tarzimizning madaniy an‘analari majmuidir. Shu ma‘noda tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida quyidagi fazilatlarni shakllantirish taqozo etiladi:
- insonni qadrlash;
- Vatanni sevish;
- o‘zgalarni hurmat qilish;
- o‘z manfaatlaridan o‘zgalar manfaatlarini ustun qo‘yish;
- mehnatsevarlik.
Bu fazilatlar xalqimizning mintalitetiga, ya‘ni tabiatiga singib ketgan. Har bir oilada ularga amal qilishga harakat qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifasi o‘quvchilar ongiga ana shu fazilatlarni chuqurroq singdirishdan iborat.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini halqimizga xos bo‘lgan quyidagi
odatlarni singdirish taqozo etiladi:
- jamoa bo‘lib yashash;
- qo‘shnini hurmat qilish;
- yaxshilikni baham ko‘rish;
- molparastlik va boylikka o‘ch bo‘lmaslik;
- halol mehnat evaziga yashash;
- biror kasb yoki hunarning egasi bo‘lish.
Mazkur odatlar xalqimizning milliy tabiatiga mos ekanligini xorijlik mutafakkirlar ham e‘tirof etadi. Misol uchun, buyuk qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ―Qiyomat‖ asarida ―o‘zbeklarning odatlari turkiy xalqlar uchun Bobil vazifasini o‘tagan‖, - deb yozadi. Ma‘lumki, insoniyatning madaniylashuvi hozirgi Osiyoda mavjud bo‘lgan Bobil nomli davlatdan boshlangan. Ya‘ni insoniyat vahshiylik tuzumidan insoniylik tuzumiga o‘tgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari xalqimizga xos bo‘lgan quyidagi
madaniy turmush-tarz an‘analari bilan tanishtirilishi kerak:
- hamisha pok yurish, pok kiyinish va pokizalikka rioya qilish;
- muhtojlarga moddiy va ma‘naviy yordam berish;
- o‘ziga ravo ko‘rganni o‘zgalarga ham ravo ko‘rish;
- oziq-ovqatlarni birovlar bilan baham ko‘rish;
- odamlarga yaxshi va yomon kunlarida bir xil munosabatda bo‘lish;
- oilani muqaddas bilish.
Bu an‘analar o‘quvchilar ongini nafaqat ijtioiylashtiradi, balki ularda milliy ruhning tarkib topishida muhim o‘rin tutadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda ana shu tayanchlarga asoslaniladi. Ayni paytda, mamlakatimizda yashayotgan 130 millat va elatlarning milliy qadriyatlariga ham hurmatda bo‘lish ruhi o‘quvchilarga singdiriladi. Chunki bu xalqlarning milliy qadriyatlari ham xalqimizning qadriyatlariga mos tushadi.
Milliy qadriyat deb, muayyan xalqning rasm-rusumi, an`anasi, fazilatlari, axloq va odobi, yashash tarzi, bayramlari, shu xalqning aksariyat qismi tomonidan e`zozlanishga loyiq bo`lgan inshoatlar, milliy kiyimlar, uy-ro`zg`or buyumlari, ro`zg`or tutishlari aytiladi. Masalan, o`zbeklarning mehnatsevarligi, mehmondo`stligi xushxulqligi va muloyimligi, g`ayratli va itoatgo`yligi, turli toifadagi odamlar bilan o`zaro inoqlashib ketishligi, kechirimliligi, mulohaza va tafakkur bilan ish ko`rishi, tinchliksevarligi o`zbek milliy qadriyatlari bo`lib hisoblanadi.

Yüklə 41,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə