Kirish Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 41,21 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü41,21 Kb.
#167091
  1   2   3

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASH
Reja:

  1. Kirish

  2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida

tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari

  1. Boshlang'ich sinflarda milliy qadryatlarni o'quvchilar ongiga singdirish.

  2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar asosida 

tarbiyalash. 

  1. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Hozirgi rivojlanib borayotgan davr maktablarning oldiga yangidan yangi talab va vazifalar qo‘ymoqda ayniqsa maktabning boshlang‘ich davri ta’limning asosini tashkil qiladi shuning uchun hozirgi kun boshlang‘ich sinf o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchilarni har tomonlama yetuk, erkin fikrlay oladigan, kattalar va milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimiga, xususan boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga o‘qish, yozish va xisoblashni o‘rgatish, tevarak atrof va tabiat bilan tanishtirish, ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini, nutq va xulq-atvor madaniyatini shakllantirish bilan birga ta’lim jarayonida ularda keksa insonlar va milliy qadiriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi ta’limning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biridir. Bu borada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning hissasi katta bo‘lib, dars jarayoni davomida buyuk ajdodlarimizning tarixiy yo‘li, qilgan ezgu ishlari, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan milliy qadiriyatlar hususida o‘quvchilarga qancha ko‘p ma’lumot berisa ularda shuncha ko‘p qadiriyatlarimizga qiziqish uyg‘onadi. Misol uchun boshlang‘ich sinflarda dars jarayonida Navro‘z bayrami 21-martda O‘zbekistonda nishollanadigan bayram deb qisqa to‘xtalib o‘tish ham mumkin bunda o‘quvchida Navro‘z bayrami 21-martda nishollanishi hususida ma’lumotga ega bo‘ladi va bu bayram haqida so‘z borganda hech narsani xis qimaydi. Dars jarayonida Navzo‘r bayrami o‘zbek xalqining eng “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali №16 57 qadimgi bayrami ekanigi unda o‘zbekning eng lazatli taomlaridan Sumalak tayyorlanishi va bu sumalak malaklar taomi ekanligi, birinchi marta Bibi Fotima onamiz tayyorlashganligi haqidagi rivoyatlar bilan o‘quvchilarga tushuntirilsa, bu bayram yaqinlashganda o‘quvchini ajib xislar qurshab oladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Ammo shuni ham aytib o‘tish joizki, asriy an’analarimizni qanchalik asrab avaylashga harakat qilmaylik ulardan birin-ketin ajralib borayotganimiz kishiga alam qiladi. O‘zbek xalqiga xos qadriyatlarni saqlab qolishni avvalo ilk maktab yoshidan o‘quvchilarga uqtirib borish, yigitlar nega doppi kiyishi, qizlar nega atlas ko‘ylak kiyishi haqidagi tasavvurlarni o‘quvchilarda shakllantirishimiz o‘zbekning o‘zligini saqlab qolishga yordam beradi deb hisoblayman.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga munosabat tubdan o‘zgardi. Milliy qadriyatlarni tiklash, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish kun tartibidagi asosiy masaladir. “Qadriyatlar” tushunchasi o‘zining asl ma’nosiga ega bo‘lib, qadriyatlarga e’tibor va ulardan ta’lim-tarbiyada foydalanish zaruratga aylandi.


Qadriyatlar inson faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. U ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, inson hayoti va faoliyatida uning ehtiyojlari uchun xizmat qiladi.
Ta’lim-tarbiyaning muhim vositasi sanalgan qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari orasida doimiylari ham mavjud. Bularga inson hayoti, umri, sixat-salomatligi, mehnati, bilimi, muomalasi kabilar jamiyatda o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Qadriyatlar yoshlarga hayotni yanada teran anglab yetish, jamiyatning huquqiy me’yorlariga rioya etish, o‘zlarining hayot tarzini huquqiy-axloqiy me’yorlariga moslashtirishga yordam beradi. Shunga ko‘ra yoshlarga qadriyat, qadrlash, qadrsizlanishning mohiyatini chuqur anglash, qadriyatlarning ahamiyatini to‘g‘ri tushunib olish muhimdir. O‘zbekiston ana shunday qadimiy, nodir va umriboqiy qadriyatlar o‘lkasi. Uning tarixi, milliy va madaniy boyliklari Vatanimiz insoniy tarixining ilk o‘chog‘laridan bo‘lganligini doimo eslatib, qalbimizga g‘urur bag‘ishlab kelgan.
Ko‘xna qadriyatlarimiz, ota-bobolarimizning o‘lmas me’rosini asrab-avaylash, keng targ‘ib etish, ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat xissini yanada kuchaytirishdek ulkan maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarishda amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Zero, har qanday xalqning milliy an’analari, urf-odatlari, marosimlari bo‘lmasa shu bugungi kuni, hayoti, ma’naviyati ham bo‘lmas edi. O‘zbek xalqining ham o‘ziga yarasha ajoyib moddiy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlari bor. Bularning barchasini o‘rganish, uni boyitish, zamon talabi asosida takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Shu munosabat bilan bugungi kunda o‘zbek xalqining yaxshi, ibratomuz an’analari udumlari mehnatsevarlik, halollik, mehmondo‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, farzandlar va ota-onalar o‘rtasidagi samimiy munosabat, hurmat singari olijanob qadriyatlari qaytadan ma’naviy poklikni shakllantirishga yordam beradi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini oila va maktab hamkorligida milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, asosiy tarbiya vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega.
Milliy qadriyatlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kundalik faoliyatida odat, an’ana tusiga kirib qolgandagina, u ma’naviy shakllanishga bevosita ta’sir etadi. Qadriyatlarning bolalarga bo‘lgan ta’siri kattalarga bo‘lgan ta’siridan ancha ustun turadi, chunki kattalarning dunyoqarashi va e’tiqodlari, odatlari qaror topgan bo‘lsa, bolalarda endilikda ularning poydevori qo‘yilayotgan bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z tabiatiga ko‘ra ta’sirchan bo‘lganliklari uchun ularga borliq va undagi voqealarning ta’siri kuchlidir. Borliqdagi voqea va hodisalar turli-tuman bo‘lganidek, qadriyatlarning shakl va mazmuni ham rang-barangdir. Ayniqsa, o‘zbek oilalarida qadim-qadimdan meros sifatida o‘tib kelayotgan o‘git va nasixat qilish usuli bolalarda insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Chunonchi;
- insonlarni inson tomonidan qadrlash;
- insoniylik burchini anglash;
- halol va rostgo‘y bo‘lish;
- yaxshilik haqida teran fikr yuritish kabilar meros sifatida alohida ahamiyatga ega.
Xalq pedagogikasida quyidagi vositalar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashni yo‘lga qo‘yish mumkin:
- o‘zbek xalq milliy o‘yinlari;
- milliy qo‘shiq va laparlar;
- milliy raqslar;
- an’anaviy marosimlar;
- sayllar – dala sayli, gul sayli, qovun sayli;
usullaridagi musoboqalar, tadbirlar milliy qadriyatlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini “Odobnoma”, “O‘qish”, “Atrofimizdagi olam”, “Mehnat”, “Jismoniy tarbiya”, “Musiqa”, “Tasviriy san’at” kabi darslarda milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarimiz asosida tarbiyalash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Demak, mana shunday tarbiya manbalariga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, imkoniyatni kuchaytirish va kerakli shart-sharoitlarni yaratish o‘quv muassasalarida pedagoglar, oilada esa har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Mustaqil yurtimiz milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari qadam qo'ydi. Har bir davlatning rivojlanishi uchun oldiga qo'ygan maqsadiga, albatta, yosh avlodiga bergan mukammal bilimi, milliy tarbiyasi bilan erishadi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o'z ma'ruzalarida: "Yurtimizdagi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari, avvalambor uning farzandlari timsolida namoyon bo'ladi, ro'yobga chiqadi", deya yosh avlod tarbiyasiga bo'lgan betakror fikrlarini bildirganlar. Boshlang'ich sinfda asosiy masalalardan biri o'quvchilarning og'zaki savodxonligini o'stirish va nutqini ravon qilish hisoblanadi. Bu ko'nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko'nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim va ko'nikmaga aylanmagan bo'lishi mumkin. Yozish ko'nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya'ni yozish jarayonida partada to'g'ri o'tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo'yish kabilar ham o'rgatiladi. Boshlang'ich ta'lim o'zuvchining shakllanishi, rivojlanishi uchbun muhim davr hisoblanadi. Bu davrda bolaga berilgan bilim va ko'nikmalarni tizimli ravishda olib borish bevosita yangi talablar asosida yaratilayotgan darsliklarga ham borib taqaladi. Umumta'lim maktablari boshlang'ich sinflarning darsliklarida berilgan mavzular o'quvchilarda milliy tarbiyaning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. O'quvchilarining milliy tarbiyasida uning muomala odobi, tarbiya qoidalariga rioya qilishi hamda boshqalarga nisbatan munosabatlarining barcha ko'rinishlarida namoyon bo'ladi. Maktabda milliy tarbiyani shakllantirish jarayonida boshlang'ich o'quvchilarining axloqiy sifatlari tarkib topadi va ilk axloqiy sifatlar shakllantiriladi. Jumladan, odamiylik, jonkuyarlik, mehribonlik, g'oyaviy sodiqlik, kechirimlilik, to'g'rilik, mehnatsevarlik, andishalilik, yaxshi, mehr-oqibatlilik, muomala. Shu sifatlarni boshlang'ich sinf o'quvchilarida shakllantirishda turli xil usul va vositalarni ishlab chiqib, ta'lim tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, unga mos ishlanmalar yaratish, milliy tarbiyalashda bolalarning yoshini hisobga olgan holda didaktik materiallar tanlash, boshlang'ich sinf o'quvchilariga mos holda pedagogik va psixologik ta'siï ko'rsatish usullarini tanlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Barkamol shaxsni tarbiyalashda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, milliy urf-odat va an'analarimiz, boy ma'naviy merosimizga yo'g'гilgan o'zbekona milliy tarbiyamizni kelajak avlod ongiga singdirib borish ustuvor ahamiyat kasb etdi. Shu narsa ahamiyatliki, milliy tarbiya xususiyati tarbiyada rag'batiantirishning ustuvor bo'lishini taqozo etadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini milliy tarbiyalash metodikasida uch masala -tushuntirish, rag'batlantirish muhim o'rin tutadi. Bularga amal qilmasdan kutilgan samaraga erishib bo'lmaydi. Intellektual yoshlarning bilim olish sifatini oshirishga keng imkon beradi. Ta'lim sifati - bu "ta'lim oluvchi-ta'lim bemvchi" darajasida muntazam ravishda, ta'lim oluvchilarning real imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib yo'lga qo'yish, ya'ni yaqin rivojlanish zonasini nazarda tutishni anglatadi. Shunga ko'ra, bugungi kunda ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchilarning qiziqishlari yo'nalishlarini aniqlash, tashxis ishlarini tizimli tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarning o'zlashtirish xususiyatlariga asoslanish alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda pedagog va psixologlarning diqqat markazini o'quv predmetlarining nazariy asoslari va ularning tuzilishi bilan bir qatorda o'quvchilar faoliyati, unga dahldor psixologik va pedagogik qonuniyatlar hamda o'quv faoliyatini samarali boshqarish omillari ham band etib turibdi. O'quvchilarning bilish faolligini oshirish, ularni o'qishga qiziqtirish va ularning fanlarga qiziqishini oshirish dolzarb muammodir. Yosh avlodga ta'lim-tarbiyani vijdonan yondashgan holda berish muhim masaladir. Hadislarda: "Beshikdan to qabrgacha ilm izla", deyilishida juda katta hikmat bor. Ilm bobidagi izlanish esa insonni ma'naviy-axloqiy kamolot sari yetaklaydi. Shuning uchun ham xalq ta'limi oldidagi eng katta muammo o'quvchilarning o'quv-biluv faoliyatiga kelib taqalishi bejiz emas. Xulosa qilib aytish mumkinki, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni milliy tarbiyalash jarayoniga yangicha yondashuv metodologik samaradorlikni taqozo etadi. Biz esa milliy ruhda tarbiya berishning bugungi davr talabiga xos bo'lgan shakllarini kichik maktab yoshidagi o'quvchilarimiz ongiga singdirib borishimiz zarur. Eng muhimi yurtimiz kelajagini mustahkamlash uchun kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash orqali ularda milliy tafakkur, milliy ong, milliy mafkura, o'zligimizga bo'lgan hurmat, milliyligimizning bugungi ko'rinishlarini saqlash va davom ettirish kabi ko'plab jarayonlarni amalga oshiramiz. Maktabda milliy tarbiyaning tub mohiyatini yetkazib berish hamda bunyodkor g'oyatoga undovchi milliy mafkuramizni rivojlantirish biz pedagog kadrlarning asosiy vazifamiz deb hisoblaymiz. Zero, o'zlashtirishning pastligi o'qituvchilarni hamisha qiynaydigan dolzarb masalalardan biridir.



Yüklə 41,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə