«Келишилди»



Yüklə 236,5 Kb.
səhifə1/9
tarix29.11.2023
ölçüsü236,5 Kb.
#139239
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
5A111401-Horijiy til va adabiyoti (ingliz tili)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Kelishildi” “Tasdiqlayman”
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Andijon davlat universiteti
vazirligi _______________ rektori prof. A.S. Yuldashev “______”__________2021 y. _________________________
______”__________2021 y.


5A111401-XORIJIY TIL VA ADABIYOTI (INGLIZ TILI ) MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGIGA KIRUVChILAR UChUN MUTAXASSISLIK (IXTISOSLIK) FANLARIDAN KIRISh IMTIHONLARI


D A S T U R I
ANDIJON – 2021

Dastur 5A111401-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan.


Tuzuvchilar:
Vositov V.A. Andijon davlat universiteti,
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent

Abduvaliyev M.A. Andijon davlat universiteti,


Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n.

Andijon-2021
Kirish

Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir.


Mamlakatimizda 2019 yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.
Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizida 5A111401-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) magistraturaga mutaxassisligiga kiruvchi talabgorlar uchun “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 5 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Ingliz tili nazariy fonetikasi”, “Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi”, “Ingliz tili nazariy grammatikasi”, “Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti”, “Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” fanlaridan yozma ish savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 iyun kungi PQ-5157-son qaroriga ko‘ra magistratura mutaxassisligiga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda universitetda mutaxassislik fanlaridan imtihon topshiriladi. Ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
Mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari yozma ish ko‘rinishida o‘tkaziladi.




  1. Yüklə 236,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə