Jumayeva Irodaning Maktabgacha ta'limda inklyuziv taʼlim fanidan tayyorlagan taqdimoti. Mavzu: Idrok haqida tushuncha. Idrok tushunchasi lotin tilida «regserIo»



Yüklə 7,71 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü7,71 Kb.
#154393
1   2   3
Idrok haqida tushuncha

Idrok sezgi kabi reflektor jarayondir. Pavlov idrokning asosi tashqi olamdagi narsalari yoki xodisalarning retseptorlarga ta’sir etishi tufayli bosh miya katta yarim sharlarining pustida yuzaga keladigan shartli reflekslar, ya’ni vaqtli nerv bog’lanishlari ekanligini kursatib bergan. Bunda tashqi olamdagi narsalar yoki xodisalar kompleks qo’zg’atuvchilar tarzida ta’sir qiladi. Bu kompleks qo’zg’atuvchilar analizatorlarning miya pustidagi kismlarida murakkab analiz va sintez kilinadi. Idrok sezgilarga nisbatan miya analitik- sintetik faoliyatining yuksak formasi xisoblanadi. Idrokning nerv-fiziologik asosi xam sezgilarning nerv-fiziologik asosiga qaraganda murakkabdir. Idrok jarayonining nerv-fiziologik asosida bir necha sezgi a’zolariga barobar ta’sir etuvchi kompleks qo’zg’atuvchilarning ta’siri natijasida bosh miya pustida xosil bo’ladigan sintez jarayoni, ya’ni vaqtli bog’lanishlar (shartli reflekslar)ning xosil bulishi yotadi. Bundan tashkari, idrok jarayonining nerv-fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signallar sistemalarining faoliyatlari bilan xam bog’liqdir. Idrok obrazining yuzaga kelishidan iborat murakkab jarayonning asosi ichki analizator va analizatorlararo bog’lanishlar sistemasidir. Bunday bog’lanishlar qo’zg’atuvchilarni farklashning eng kulay sharoitlarini va narsalar xususiyatlarining murakkab butunlik sifatida o’zaro munosabatlarini xisobga olishni ta’minlaydi.

Idrok quyidagi turlarga bo’linadi; Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o’ynashiga qarab; ko’rish, eshitish, hid bilish, teri, ta’m bilish, harakat idroklariga; Materiyaning yashash shakllariga qarab; fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilishga; Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga bo’linadi. Idrok sezgi bilan o’zaro bog’liq bo’lib analizatorlarning joylashuviga ko’ra ko’rish idroki ,eshitish idroki xid bilish idroki ,tam bilish idroki tuyish, va xlokazolarga bulinadi.Faolligiga kura ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi. Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy degan xillarga xam ajraladi. Ixtiyorsiz idrokda narsalar odamning ongida avvaldan maqsad kuyilmagan xolda aks ettiriladi. Odatda narsa va xodisalarning tashqi xususiyatlari, kishining xis-tuygulariga ta’sir etishi ixtiyorsiz idrokni vujudga keltiradi. Ixtiyoriy idrokda odam uz oldiga muayyan maqsad, vazifa kuygan bo’ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki eshitmaydi, balki tinglaydi, shunchaki kuzdan kechirmaydi, balki sinchiklab kuradi.


Yüklə 7,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə