Jizzax politexnika instituti


- jadval Asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi



Yüklə 477,2 Kb.
səhifə14/67
tarix02.05.2023
ölçüsü477,2 Kb.
#107960
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67
Jizzax politexnika instituti

2- jadval
Asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi

Farqlovchi belgilar

Asosiy fondlar

Aylanma fondlar

  1. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashish turi

Mehnat vositasi
Sifatida

Mehnat buyumlari
sifatida

  1. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashish xususiyati

Ishlab chiqarish jarayonida ko’p marta qatnashadi

Ishlab chiqarish-ning har bir yangi siklida to’la iste’-mol qilinadi (bir
marta qatnashadi)

  1. Tayyor mahsulotga qiy-matini o’tkazish usuli




Tayyor mah-sulotga butun xizmat muddati davomida yemirilgan qiymatini
ayrim qismlarga
bo’lib o’tkazadi

Tayyor mahsulotga o’z qiymatini to’la va bir yo’la o’tkazadi

  1. Natural shaklining o’zgarishi

Xizmat mud-datining oxiri-gacha o’z natu-ral shaklini saq-lab qoladi

Natural shaklini
saqlab qolmaydi.
O’zining jismoniy shaklini, ko’pincha moddiy tarkibini ham bir yo’la o’zgartiradi

Sanoatning asosiy fondlari mehnat vositalari bo’lib, ular ishlab chiqarish jarayonida ko’p marta qatnashadi va sekin-asta yemirilgan sayin o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o’tkazib boradi hamda o’z natural shaklini saqlab qoladi. Xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan mehnat vositalari asosiy fondlarga kiritilmaydi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari bir ishlab chiqarish jarayonida o’z qiymatini tayyor mahsulotga to’la-to’kis o’tkazadi hamda o’zining moddiy shaklini batamom o’zgartiradi.


Sanoat korxonalarida turli mehnat vositalaridan foydalaniladi. Ular yordamida mehnat buyumiga ta’sir qilinadi va mehnat buyumlari inson talablarini qondiradigan holga keltiriladi.
Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan yoki uning amalga oshishi uchun yaxshi sharoit yaratib beruvchi mehnat vositalariga ishlab chiqarish asosiy fondlari deyiladi. Ishlab chiqarishda qatnashmaydigan mehnat vositalariga noishlab chiqarish asosiy fondlari deyiladi. Ularga turar joy binolari, klublar, bolalar bog’chalari, maktabgacha muassasalar, maktablar, sog’liqni saqlash obyektlari va boshqalar kiradi.
Korxonalarga qarashli ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari shu korxonalarning asosiy fondlarini hosil qiladi. Hozirgi vaqtda respublikamizning xalq xo’jaligida ishlab turgan asosiy fondlarni 100% deb qarasak, shundan ishlab chiqarish fondlarining ulushi 68% ni va noishlab chiqarish fondlarining ulushi esa 32% ni tashkil qiladi.
Sanoatda noishlab chiqarish asosiy fondlarinng korxonalar asosiy fondlari summasidagi salmog’i ham ancha katta. Noishlab chiqarish fondlarining muttasil o’sib borishi - jamiyatning moddiy va madaniy turmush darajasi oshishining еng muhim ko’rsatkichlaridan biridir.
Ishlab chiqarish asosiy fondlarining yangilanish va takomillashuviga sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirishda yangi asosiy fondlarni yanada yuqoriroq texnik darajada yaratish yo’li bilan, shuningdek ishlab turgan korxonalarning sanoat uskunalarini modernizatsiyalash, yemirilgan hamda ma’naviy eskirgan ishlab chiqarish fondlarini yangilash asosida erishiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida, turli mehnat vositalari, turlicha rol o’ynaydi. Kengaytirilgan ishlab chiqarishni rejalashtirish, amortizatsiya jamgarmalarini hisobga olish va ularni aniqlash uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari tur va guruhlarga bo’linadi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Egalik bo’yicha: davlatniki, xususiy, qo’shma, xorijiy
2. Foydalanish bo’yicha: faoliyatdagi, harakatsiz, konservatsiya qilingan, ijaraga berilgan va rezervdagi fondlar.
3. Ishlab chiqarishda qatnashishi bo’yicha: ishlab chiqarishda bevosita qatnashuvchi (sanoat ishlab chiqarish) asosiy fondlar va ishlab chiqarishda qatnashmaydigan (nosanoat) asosiy fondlar.
4. Sanoatda qabul qilingan yagona tasnif bo’yicha asosiy fondlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Binolar, qurilish obyektlari texnologik jarayonlarning maromli o’tishini ta’minlaydi. Bu guruhga: sexlarning ishlab chiqarish binolari, ma’muriy-maishiy kombinatlarning binolari, ishlab chiqarish laboratoriyalari, omborlar kiradi.
2. Inshootlar - mehnat buyumini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lmagan texnik vazifalarni bajarishga mo’ljallangan muhandislik obyektlari. Bular tarkibiga tonnellar, ko’priklar kiradi.
3. Uzatish qurilmalari - bu qurilmalar yordamida elektr, issiqlik va mexanik energiya, shuningdek, turli moddalar bir obyektdan boshqasiga uzatiladi.
4. Mashina va uskunalar: a) ish mashinalari va uskunalar; bular mehnat buyumlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi (metall qirquvchi va ishlov beruvchi stanoklar, quyuvchi mashinalar, termik pechlar, galvanik, ko’taruvchi transportlar).
b) kuch mashinalari va uskunalar - energiya ishlab chiqaruvchi va hosil qiluvchi elektrodvigatellar, generatorlar, dizel uskunalar.
d) o’lchov va boshqarish asboblari va qurilmalari hamda laboratoriya uskunalari; hisoblash texnikasi va boshqa mashina hamda uskunalar.
5. Transport vositalaridan ishlab chiqarishning ayrim bog’inlari o’rtasidagi aloqalarni amalga oshirishda foydalaniladi. Ulardan korxonalar ichida hamda ulardan tashqarida odam va yuklarni tashishda foydalaniladi. Bu guruhga elektrovozlar, vagonlar, avtomobillar, traktorlar, tyagachlar, avtokaralar, elektrokaralar va hokazolar kiradi.
6. Instrument va moslamalar.
Barcha turdagi asboblar-mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilmagan asboblar: mehnat buyumlariga ishlov berishga mo’ljallangan mehnat qurollari va moslamalar kiradi.
7. Ishlab chiqarish va xo’jalik inventari.
Ishlab chiqarish inventari - texnik maqsadlarga mo’ljallangan, suyuklikni saqlashga mo’ljallangan buyumlar, tara, mebellar, xo’jalik inventari, idora buyumlari, veshalkalar, garderoblar, stollar, shkaflar, yozuv mashinalari, hujjatlarni ko’paytiruv apparatlari, o’t o’chirish buyumlari.
8. Xo’jalik ichidagi yo’llar.
9. Boshqa asosiy fondlar.
Ijaraga olingan binolar uchun kapital mablag’lar, uskunalar va boshqa obyektlar.
Asosiy fondlarning tasnifi doimiy emas va u vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin. Asosiy ishlab chiqarish fondlari korxonasining ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan roliga qarab faol va nofaol asosiy fondlarga bo’linadi.
Faol asosiy ishlab chiqarish fondlari: mehnat buyumining tayyor mahsulotga aylanishida bevosita qatnashadi. sanoatida bu fondlarga mashinalar va uskunalar, instrument va moslamalar, transport vositalari kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining nofaol qismi- ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi, lekin ishlab chiqarish jarayonining me’yorda olib borish uchun shart-sharoit yaratib beradi (inshootlar, binolar, xo’jalik inventari va hokazolar).
Korxonaning asosiy fondlarini tahlil qilishda ularni strukturasi alohida o’rin tutadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining strukturasi deb uni tashkil etuvchi har bir guruhning umumiy qiymatidagi foizlarda ulushiga aytiladi. Asosiy fondlarning strukturasi faol qismning ulushi nofaol qismiga nisbatan oshib borsa, bu asosiy fondlar strukturasining yaxshilanib borishini ko’rsatadi.
O’zbekiston sanoatida asosiy fondlarning faol va nofaol qismlarining salmog’i tarmoqlar bo’yicha turlichadir.
Asosiy fondlar strukturasi ko’p omillarga bog’liq bo’lib, ulardan muhimlari sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarishga oid xususiyatlaridir.

Yüklə 477,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə