Jizzax politexnika instituti



Yüklə 477,2 Kb.
səhifə16/67
tarix02.05.2023
ölçüsü477,2 Kb.
#107960
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
Jizzax politexnika instituti

Nq = Nto’l – (Aum. – Am.t.) • t
bunda:
Nq – asosiy fondlarning qoldiq narxi, so’m;
Nto’l - asosiy fondlarning dastlabki to’liq narxi, so’m;
Aum — asosiy fondlar amortizatsiya ajratmasining umumiy yillik qiymati, so’m;
Amt — asosiy fondlarning mukammal ta’mirlash va yangilash uchun yillik amortizatsiya ajratmala­ri, so’m;
t — asosiy fondlarning yeyilgan qiymati aniqlanishi kerak bo’lgan davr, yil.
Asosiy fondlarning tiklanish qiymati (Ftik) quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
Ftik = (Nto’l - Xma’n) • Kinf
bunda:
Nto’l - asosiy fondlarning dastlabki to’liq narxi, so’m;
Kinf - inflyatsiya tempi;
Xma’n – asosiy fondning ma’naviy yemirilish hajmi.
Asosiy fondlarning amortizatsiya ajratmalari miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

bunda:
Nto’l - asosiy fondlarning dastlabki toliq narxi, so’m;
Kr- kapital tamir sarfi, so’m;
M – modernizatsiya uchun sarf, so’m;
L – asosiy fondning qoldiq qiymati yoki lom, so’m;
t – asosiy fondning normativ bo’yicha xizmat qilish muddati.

3.3. Аsоsiy fоndlаrning eskirishi. Аsоsiy fоndlаrning eskirish turlаri


Asosiy fondlarning yemirilishi ulardan foydalanish davrida qiymatini tayyorlangan mahsulotga o’tib borishi natijasida asta-sekin o’z qiymatlarini yo’qotib borishlari demakdir. Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy yemiriladi.


Masalan, asosiy fondlarni ishlatishdagi aniqligi yoki unumdorligida kamchiliklar kelib chiqsa, ular jismoniy yemirilgan hisoblanadi.
Jismoniy yemirilishning ikki shakli mavjud:
Asosiy fondlarni ishlatish natijasida va tabiiy sharoitlar ta’sirida sodir bo’ladigan yemirilish.
Masalan: jismoniy yemirilish asosiy fondlarni ishlash vaqtida ham, ular bekor turganda ham (materiallar tarkibining atmosfera sharoitlari ta’sirida yemirilishi) sodir bo’lishi mumkin.
Jismoniy yemirilish sodir bo’layotgan qismi ta’mirlash orqali yo’qotiladi. To’liq jismoniy yemirilish asosiy vositalarni yangilash orqali tugatiladi.
Asosiy fondlarning foizlarda aniqlangan yemirilish darajasi ularning haqiqiy xizmat muddatini me’yoriylik muddatga taqsimlab hisoblanadi.
Jismoniy yemirilishni aniqlash asosiy fondlar qoldiq qiymatini aniqlash va eskirib qolgan mashinalarning yangilariga almashtirishni rejalashtirish uchun zarur.
Mashina va uskunalar va boshqa asosiy fondlar jismoniy yemirilishdan tashqari ma’naviy yemiriladi, o’zining texnik o’lchamlari va iqtisodiy samaradorligi jihatidan orqada qoladi.

Yüklə 477,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə