Jizzax jizzax filiali



Yüklə 276,73 Kb.
səhifə21/100
tarix10.02.2022
ölçüsü276,73 Kb.
#83656
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
ИКТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ AМALIY111 lotin

Ingliz monopoliyalari. XIX asrning 80-90 yy.da birinchi ingliz monopoliyalari tashkil topdi. Yirik monopolistik birlashmalar sanoatning quyidagi tarmoqlarida vujudga keldi - elektrotexnika, quvur ishlab chiqarish, kimyo, harbiy va boshqalar.

Ularga misol: ingliz-german portlovchi moddalar tresti (Dina- mit-Nobel, 1886 y.), kimyo tresti (Yunayted Alkali, 1890 y.). Mor­gan moliyaviy guruhi qudratli ingliz-amerika kemasozlik trestini yaratdi.

An'anaviy sanoat tarmoqlarida kam sonli kartellar "savdo as- sotsiatsiyalari" ko'rinishida vujudga keldi.

Paxtani qayta ishlash sanoati uchun matoga ishlov berish va bo'yash bo'yicha alohida monopoliyalar yaratish xarakterli edi.

Mustamlakalar. XIX asr o'rtalariga kelib Angliya qudratli ish- lab-chiqarish texnik bazadan tashqari katta mustamlaka yerlari- ga egalikni qo'lga kiritdi. Mamlakatning qudrati deyarli qaram hududlarni ekspluatatsiyasi evaziga ta'minlanar edi. Mahalliy aholini talon-taroj qilish, noekvivalent ayirboshlov, ko'psonli soliq to'lovlari keng tarqalgan edi. Mustamlakalardagi yerosti va yer usti boyliklari talon-taroj qilindi.

Mustamlakalardan o'ta past narxlarda zarur xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari olib kelinardi. O'z navbatida, bepoyon Britaniya mustamlaka imperiyasi ingliz tovarlarini monopol narx­larda daromadli sotishning katta bozori hisoblanar edi.

Bu davrda Britaniya imperiyasining durdonasi hisoblangan Hindiston to'liq bosib olindi. Hindistonda Britaniya imperiyasi aholisining 70% istiqomat qilardi. 1860 yilga kelib ushbu hudud- da 6,5 mln.kv.km. maydonda 145 mln.kishi yashardi.

  • Savdo siyosati.

  • industirlashtirish jarayoni sanoatni qudratini oshirib Angli- yani "dunyoning fabrikasi"ga aylantirdi va tashqi savdo siyosatin- ing yo'nalishlarini o'zgartirdi

  • Angliya sanoat rivoji bo'yicha boshqa mamlakatlarni o'zib o'tib raqobatdan cho'chimas edi.

  • proteksionizmdan fritrederlikka3 (erkin savdoga) o'tish mam­lakat iqtisodiyotini yanada rivojlanishiga, kapitalni jamg'arilishiga, industirlashtirish sur'atlarini o'sishiga sababchi bo'ldi.

  • xom ashyoning arzon narxlari jahon bozorida ingliz tovar- larining raqobatbardoshligini oshirdi, ingliz tovarlariga bojlarni pasayishiga olib keldi

  • Angliyada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi mam- lakatning ichki ehtiyojlaridan ancha ko'p bo'lib, sanoat mahsulot­lari eksportini kengaytirdi.

  • XIX asrda Angliya tashqi savdo operatsiyalari hajmi bo'yicha yetakchilik qildi. 1800-1870 yy.da tashqi savdo oboroti 7 maro- taba (85 mln.dan 611 mln.f.st.gacha) o'sdi.

  • eksport tovarlari ichida tekstil, mashinalar, ko'mir, qora met- allurgiya mahsulotlari katta ulushga ega edi.

  • xom ashyo (paxta, jun) va oziq-ovqat (don, go'sht va boshq.) import qilinardi.

Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari

Napoleonning iqtisodiy siyosati. Fransiyada XVIII asr oxiridagi inqilob mag'lubiyatga uchragandan so'ng 1799 yil 9-10 noyabrda davlat to'ntarishini amalga oshirib hukumatga general Napoleon Bonapart keldi. U yirik burjuaziyani holatini mustahkamladi va 1804 yilda o'zini imperator deb e'lon qildi.

Napoleon davrida

  • xususiy mulk muqaddas deb e'lon qildindi;

  • sanoat rivojlandi;

  • 1800 yilda uning qo'llab-quvvatlashi natijasida Fransuz banki tashkil etildi;

  • ushbu bank 30 millionli kapitalga ega bo'lib burjuaziyaning bosh moliyaviy asosiga aylandi. U poytaxt va boshqa hududlarda boshqa banklarni tashkil etishga asos soldi;

  • Napoleon tomonidan bosib olingan yerlarda hamda Yevropaga fransuz eksportini kengayib borishi evaziga katta mablag'lar oqib kela boshladi;

  • Napoleonning mamlakatlarni bosib olish siyosati harbiy so- haga xarajatlarni keskin ravishda oshishiga olib keldi.

Sanoat to'ntarilishi. Fransiyada sanoat to'ntarilishi Angliyadan kechroq amalga oshdi. U past sur'atlar bilan amalga oshdi. Buni mamlakatning tarixiy rivojlanish xususiyatlari, mayda hunarmand- chilikning ustuvorlikka egaligi, proletarlashtirish jarayonining sus- tligi, sanoat kapitalini emas bank-savdo kapitalini rivojlanganligi taqazo qilar edi.

Shunday bo'lsa ham:

  • manufaktura va fabrikalarni rivojlantirishga sharoit vujudga keldi;

  • sex tizimi yo'q qilindi;

  • fabrika sanoati uchun muhim hisoblangan ish kuchi bozori tashkil topdi;

  • Fransiyada sanoat inqilobi XIX asrning birinchi yarmida yuz berdi;

  • tekstil sanoati, ayniqsa paxtani qayta ishlash sanoatida katta ahamiyatga ega ixtirolar qilindi;

  • metallurgiyani sust rivojlanishiga xom ashyo (temir rudasi va ko'mir)ni yetishmasligi sababchi edi.

XIX asrning 50-70-yy.da paxta iste'moli 2 barobar oshdi. Lion shoyi ishlab chiqarishning yirik markaziga aylandi. Lionda 2 mln. kg. ipak-xom ashyosi qayta ishlanardi va mamlakatda ishlab chiqariladigan shoyi matosining 2/3 qismi ishlab chiqilardi.

Sanoat inqilobi XIX asrning 60-yillarda yakunlandi. Sanoat mahsulotining umumiy hajmi 6 marotaba o'sdi (asr boshidagi 2 mlrd.fr.dan 60-yy. oxiridagi 12 mlrd.fr.gacha).

Fransiya sanoat ishlab chiqarishi va umumiy iqtisodiy salohiyat bo'yicha jahonda ikkinchi o'rinni egalladi.

Qishloq xo'jaligi. O'sha davrda Fransiya baribir agrar mam- lakat edi. Mamlakatning 8.7 mlrd.fr.li milliy daromadidan 5 mlrd. fr. agrar sektorga to'g'ri kelardi.

  • qishloq xo'jaligida 40% aholi band edi, aholining 56% qish­loq joylarda yashar edi.

  • feodal-qaram dehqonlar erkin yer egalariga aylandi. Qish­loq xo'jaligi ishlab chiqarishi o'sdi. Ekin maydonlari kengaydi. Agrotexnika va mehnatni mexanizatsiyalashtirish yaxshilandi. Yirik qoramolning boshi 1.5 barobar ko'paydi.

  • yirik yer egalari va dehqonlarning boy qatlamlarining holat- lari yaxshilanib bordi.

  • bug'doy, qandlavlagi, ipak qurti, uzum yetishtirish o'sdi.

  • chorvachilik qishloq xo'jaligining yetakchi sohasiga aylandi.

Savdo va moliya. XIX asr o'rtalariga kelib Fransiyada savdo-

moliya sohasida muhim voqealar sodir bo'ldi.

  • bojxona siyosatidagi o'zgarishlar - ingliz uskunalari, metall va ko'miriga bojlar bekor qilindi.

  • kapital ishlab chiqarish sohasidan kredit sohasiga oqib o'tdi.

  • natijada ommaviy ravishda banklar tashkil bo'ldi: yer banki, savdo va sanoat banklari

Kreditlashda yangi hodisa bo'lib "Kredi mobnle" bankini tuz- ilishini aytish mumkin. U XIX asrning 50-yy.da tashkil topib, o'z kapitalini mamlakatni iqtisodiy taraqqiyotiga, ta'sischilik faoliyat- iga, aksioner jamiyatlarni shakllantirishga sarflar edi.

XIX asrning 60-yy.lar boshida yirik "Lion krediti" va "Bosh jami- yat" banklari tashkil topdi.

Parij Kommunasi. XIX asrning 2-yarmida franko-pruss urushi- da (1870-1871 yy.) Fransiya boshiga og'ir kulfatlar tushdi. Nemis qo'shinlari fransuz armiyasini mag'lubiyatga uchratib Parijni bosib oldi. Yo'l-yo'lakay aholi, manufakturalar talon-taroj qilindi.

Fransuz burjuaziyasining sotqinlik siyosati va nemis bosqinchi- larining vaxshiy xatti-harakatlaridan ta'sirlangan parij proletariati 1871 yil 18 martda qo'zg'olon uyushtirdi.

Keyinchalik qo'zg'olonga hunarmandlar, mayda burjuaziya va xizmatchilar ham qo'shilishdi. A.Ter hukumati4 Parijdan Versalga qochib ketdi. 26 martda Parij shahri kengashiga saylov o'tkazildi. Parij Kommunasi e'lon qilindi.

Bu proletar inqilobning va proletar diktaturasini o'rnatishning birinchi urinishi edi. Asosiy maqsad qilib burjuaziya sinfining hukmronligini yo'q qilish va nemis bosqinchilaridan ozod bo'lish edi. Kommuna 72 kun umr ko'rgan bo'lsa ham u o'z izini tarixda qoldirdi.

Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari



  • Iqtisodiy qoloqlik sabablari

XIX asr boshiga kelib Germaniya hanuzgacha iqtisodiy qoloq- likdan chiqish bo'yicha asosiy muammolarni yechmagan edi. Bun- ing asosiy sabablaridan biri mamlakatning siyosiy tarqoqligidadir. Faqatgina 1815 yilga kelib Vena kongressi qaroriga binoan 34 ta monarxiya va 4 ta erkin shaharlarni birlashtiruvchi Germaniya itti- foqi tuzildi. Shu davrda ham yagona pul tizimi, o'lchov birligi yo'q edi. Mamlakat ichidagi bojxonalar iqtisodiy, savdo va transport aloqalarining imkoniyatlarini chegaralar edi.

Nemis hunarmandchilik tovarlari rivojlangan mamlakatlarning fabrikalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan raqobat qila ol- masdi. O'tgan asrning oxirida paydo bo'lgan nemis manufaktur- asi hali ancha kuchsiz edi. Nemis savdogarlari, ustalar va boshqa boy shaharliklar yirik manufaktura ishlab chiqarishini tashkil etish bo'yicha yetarli mablag' to'plamagan edilar.

  • Agrar inqilobining prusscha yo'li

1850 yilning martida Prussiyada dehqonlarning qaramlig- ini bekor qiluvchi, lekin yirik yunkerlik yerga egalik qilishni va ko'pchilik feodal sarqitlarini saqlab qoluvchi qonun qabul qilindi. Asta-sekin agrar islohotlar boshqa nemis yerlarini qamrab oldi: Bavariya, Nassay, Vyurtenberg, Gessen-Darmshtadt, Baden va boshqalar. Bunday holatni olimlar qishloq xo'jaligida kapitalistik evolutsiyaning prusscha yo'li deb nomlagan edi. Shimoli-g'arbiy yerlarda va Bavariyada grossbauerlarning5 xo'jaliklari shakllandi. Janubi-g'arbda mayda dehqon xo'jaliklari ko'p edi.

Qishloq xo'jaligi ixtisoslashuvining o'sishi va "savdo" hudud- larining ko'tarilishi iqtisodiyotdagi progressiv tendensiyalarni aks ettirdi. Germaniya kartoshka va lavlagi yetishtirish bo'yicha jahonda birinchi o'ringa chiqdi. Nemis qishloq xo'jaligi mahsuloti va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari nemis eksportining asosiy qis- mini tashkil etardi.

  • Burjua inqilobi

Mamlakatda burjua inqilobi bo'lib o'tgan bo'lsa ham ko'pchilik muammolar o'z yechimini topmagan edi. XIX asrning birinchi yar- mida Germaniya dengiz savdosida yetakchilikni o'ziga qaytarib ololmadi. U hanuzgacha jahon savdo yo'llaridan chetda qolib ke- tardi.

Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida Germaniyaning iqtisodiy va siyosiy tarqoqligini bosqichma-bosqich bartaraf etish harakat- lari muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatning paydo bo'lib boray- otgan yirik sanoati proteksionizm va bojxona himoyasiga muhtoj edi.

1818 yildayoq bojxona qonuni Prussiya hududida bojxona postlarini, ichki bojlar va aksizlarni to'plashni bekor qildi. Prussi- yaniki emas bo'lgan tovarlarga bir xildagi tariflar belgilandi.

1833 yilda 20 ga yaqin shimoliy Germaniya davlatlarini bir- lashtirgan Bojxona ittifoqi tuzildi va u yevropa mamlakatlari bilan savdo shartnomalarini imzolash huquqiga ega bo'ldi. Bu iqtisodiy va siyosiy birdamlikda muhim qadam bo'lib, yirik sanoat uchun ichki bozorni kengaytirish va chuqurlashtirish imkonini berdi, temiryo'l qurilishini rag'batlantirdi.

  1. asr oxiri - XIX asr boshida sanoat ishlab chiqarishi jaray- onida nemislar xorijiy (ayniqsa, ingliz) texnika va texnologiyasidan foydalana boshladilar. Ingliz mashinalari bazasida paxtani qayta ishlash sanoati rivojlandi. Toshko'mir asosida ishlaydigan cho'yan eritish pechlari o'rnatildi.

Germaniyada sanoat inqilobi bir necha bosqichdan o'tdi. 50- yillarga qadar uning boshlang'ich bosqichida asosan tekstil sano- ati tarmoqlari rivojlantirildi. Keyingi 20 yil davomida og'ir sanoat (ko'mir, metallurgiya, mashinasozlik) rivojlantirildi. 70-yillarning oxirlarida sanoat inqilobi yakunlanib, ishlab chiqarish monopoli- zatsiyalashishi amalga oshdi.

An'anaviy ravishda sanoat inqilobi tekstil sanoatini qamrab oldi. Saksoniyada paxtani qayta ishlash sanoati, Sileziyada - zig'irpoya tolasini yigirish rivojlandi. Leypsig yarmarkalarida shoyidan tikil- gan mahsulotlar keng namoyish etilardi. Tekstil sanoati tobora mashinalashib borar edi. 1864 yilda Bojxona ittifoqi hududida 310 ta ip yigirish uskunalari va 750 mingta mexanik dug mavjud edi.

Og'ir sanoatda ham katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Bug' mashinasini paydo bo'lishi ko'mirga bo'lgan talabni oshirib yubordi. Ko'mir qazib olish ikki barobar o'sdi, shaxtalarda band bo'lganlar esa to'rt barobar o'sdi. Og'ir sanoatning boshqa tar­moqlarida band bo'lganlarning soni XIX asrning birinchi yarmida 12 marotaba o'sdi. Reyn-Vestfal sanoat rayoni alohida taraqqiy topib 200 domna pechlari joylashgan va Germaniya ishchilarining % shu yerda faoliyat yuritardi.


Yüklə 276,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə