11- Mavzu: Byudjet- soliq siyosati
Reja
11.1. Byudjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari.
11.2. Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan byudjet mulьtiplikatorlari.
11.3. Diskret va nodiskret fiskalь siyosat. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi.
11.5. O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
sharoitida uning xususiyatlari.
11.1. Byudjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari.
Byudjet-soliq siyosati deganda iqtisodiyotda to’liq bandlilikni, to’lov balansining
muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini
o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan vaziyatlarda
davlat tomonidan
rag’batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni,
davlat qisqa muddatda
iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish
yoki soliqlarni kamaytirish,
yohud ikkalasini bir vaqtning o’zida olib borish evaziga hal etadi.
Iqtisodiyotda to’liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya
kelib chiqishi mumkin
bo’lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. CHeklovchi fiskal
siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo’lmasa
ikkala
tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o’sishini chegaralashdan iborat.
Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli
davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin.
11.2. Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan byudjet mulьtiplikatorlari.
Qisqa muddatli davrda byudjet-soliq
siyosati davlat xarajatlari,
soliq va balanslashgan
byudjet mulьtiplikatorlari samarasi ta’siri ostida bo’ladi.