Jizzax davlat pedagogika institui



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix11.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#86731
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ish

6.2.

 

O‘yin sharoitida shug‘ullanuvchilar faoliyatini 

baholash 

 

O‘yin  sharoitida  bajariladigan  texnik  harakatlarning  samarasi  musobaqa 

sharoitida  butunlay  boshqacha  bo‘ladi.  Shuning  uchun  musobaqa  sharoitida 

bajariladigan harakatlarni nazorat qilish  va  baholashda turli usullardan  foydalaniladi. 

Ekspert bahosi, video yozuvlar va boshqalar shular jumlasidandir. 



Bundan  tashqari,  eng  maqbul  usullardan  biri  o‘yinchilar  faoliyatini 

maxsus shartli – kodlashtirilgan  yozuvlar bilan hisobga olib borish sanaladi. 

Bunda  o‘yinchi  tomonidan  amalga  oshirilgan  asosiy  o‘yin 

harakatlarining  korsatkichi  avvaldan  tayyorlab  qo‘yilgan  dastur  yordamida 

yozib boriladi. 

Ko‘rsatkichlarni hisobga olib borish usuli 

To‘pni  o‘yinga  kiritish:  yutqizilgan  (0);  yutilgan  (+);  qabul  qilingan 

to‘pni  bog‘lovchi  o‘yinchi  pastdan  qabul  qilishga  majbur  bo‘lsa, 

qiyinlashtirilgan (v). 

O‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilish: hujum zonasiga yoki bog‘lovchi 

turgan zonaga to‘pni yetkazib berish (+); qabul qila olmaslik (- 

); to‘pni qiyin qabul qilish (v). 

Hujum zarbasi uchun to‘p uzatish: to‘siqsiz yoki bitta to‘siqqa qarshi 

bo‘lgan hujumga to‘p uzatish (+); yaqqol sifatsiz yoki xato bo‘lgan to‘p uzatish 

(0); ikkitalik to‘siqqa qarshi bo‘lgan hujumga to‘p uzatish (v). Bularda faqat 

ikki qo‘llab yuqoridan to‘p uzatish harakatlari hisobga olinadi. 

Hujum zarbasini, shu jumladan, to‘siqdan qaytgan to‘pni qabul qilish: 

to‘pni qabul qilish (+), xato (0). Hujum zarbalari: yutilgan to‘p (+); yutqizilgan 

(0); to‘p o‘yinda qolsa (v). 

To‘siq qo‘yish: to‘siqda yutilgan to‘p (+); to‘p yutqizilsa (0); to‘siqdan 

so‘ng to‘p o‘yinda qolsa (v). 

Ko‘rsatilgan  natijalar  bo‘yicha  o‘yin  faoliyatining  quyidagi 

ko‘rsatkichlarini tahlil qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi: 

a)

 



musobaqa faoliyatining hajmi; 

b)

 



alohida o‘yin faoliyati hajmi; 

v) alohida o‘yin usullarining o‘yin natijasiga ta’siri; 

g) yakka tartibdagi o‘yin faoliyatining samarasi; 

d) guruh va jamoa faoliyatining samarasi. 

Ko‘rsatilgan  natijalarni  aniqlashda  ikki  xil  usuldan  foydalanish 

mumkin.  Birinchi  usulda  barcha  ko‘rsatilgan  natijalarga  nisbatan  har  bir 

ko‘rsatilgan natija hisoblab chiqiladi. Masalan, berilgan 50 ta hujum zarbasidan 

yutildi - 30 ta (60%); yutqizildi - 10 tasi (20%); o‘yinda qoldi - 10 ta (20%). 



 

 

 



 

 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə