Jizzax davlat pedagogika institui



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix11.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#86731
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ish

6.1.

 

Texnik-taktik mahoratni baholash 



 

Shug‘ullanuvchilarning 

texnik-taktik 

tayyorgarligi 

o‘yinning 

asosiy 


harakatlarini o‘zlashtirganlik darajasi bilan belgilanadi. 

Yuqoridan  va  pastdan  to‘pni  ikki  qo‘llab  qabul  qilish,  uzatish  texnikasini 

baholashda  konsentrik  nishonlardan  foydalaniladi.  Yuqoridan  ikki  qo‘llab  to‘p 

uzatishda devorgacha bo‘lgan masofa 2,5 m, pastdan to‘pni qabul qilishda – 3 m. 10 

marta to‘p uzatishda to‘plangan ochkolar  va to‘pni yo‘qotish hisoblab boriladi. 



To‘pni o‘yinga kiritish texnik-taktik malakalar aniqlik va to‘pning uchish tezligi 

bilan  tavsiflanadi.  To‘pni  odatda  1,  6,  5-zonalarga  tushirish  talab  etiladi  va  har  bir 

zonaga aniq ravishda to‘p tushirish uchun 6 urinish beriladi. Hujum zarbasini berish 

ko‘nikma  va  malakasini  baholashda  3-  zonadan  uzatilgan  to‘pga  4  va  2-zonalardan 

zarba berish qo‘llaniladi. O‘rgatishning dastlabki bosqichida maydon bo‘ylab berilgan 

zarba  texnikasi  baholanadi.  Zarur  sharoitlarda  hujum  zarbasini  belgilangan  zonalar 

bo‘yicha berish qo‘llanilishi mumkin, bunda hujum zarbasi uchun uzatilayotgan to‘plar 

barqaror  bo‘lishi  zarur.  Yuqorida  keltirilgan  nazorat  mashqlaridan  tashqari  o‘yin 

sharoitida uchraydigan quyidagi mashqlardan foydalansa bo‘ladi. Masalan, bog‘lovchi 

o‘yinchining  aniq  to‘p  uzata  bilish  darajasi  quyidagi  mashq  yordamida  aniqlanadi. 

O‘yinchi  quyidagi  tartibda  to‘p  uzatishni  bajaradi:  bosh  ustiga  to‘p  uzatish,  nishon 

tomon to‘p uzatish (aniqlik hisobga olinadi), burilish, 1–1,5 m balandlikda bosh ustida 

to‘p uzatish, 180° burilish, bosh orqasidan nishon tomon to‘p uzatish va hokazo. 10 ta 

to‘p uzatishdagi ochkolar va to‘pni yo‘qotish hisobga  olinadi. 

Hujum zarbasini berishda yetarli tayyorgarlik mavjud bo‘lganda, o‘yinchining 

o‘zi to‘p tashlab, ko‘rsatilgan zonalar bo‘yicha zarba berish harakati baholanadi. Bu 

mashqning ijobiy jihati shundaki, zarba berish natijasi to‘pni uzatuvchi o‘yinchining 

to‘p  uzatishiga  bog‘liq  bo‘lmaydi.  Odatda,  hujum  zarbasi  bir-ikki  qadam  qilib 

bajariladi. To‘rga tegish, o‘rta chiziqdan o‘tib ketish xato urinish hisoblanadi. To‘siq 

qo‘yishni obyektiv ravishda baholash hozirgi kungacha aniqlanmagan. Ushbu texnik 

usulni  baholashda  «To‘r  ustidagi  to‘p»  qurilmasidan  foydalaniladi.  Bunda  turli 

balandlik  va  masofada  o‘rnatilgan  to‘pga  to‘siq  qo‘yishda  qo‘l  kaftini  to‘r  ustidan 

o‘tkazib  bajarilgan  harakat  baholanadi.  Bundan  tashqari,  bir  xil  ko‘rsatkichga  ega 

bo‘lgan  (yoki  unga  yaqin)  o‘yinchilarning  hujum  zarbasini  berishi  va  unga  to‘siq 

qo‘yishda ko‘rsatilgan natija hisobga olinishi bilan baholanadi. 

 


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə