Jismoniy tarbiya nazariyasi va


— T. Usmonxo'jayev va bosliq



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

2 — T. Usmonxo'jayev va bosliq. 
*M ANG 
AN 
Г) A V

y]
UNiV£R$i7£7i £ 6 Ъ ь


Jismoniy rivojlanish
Jismoniy rivojlanish odam organizmining tabiiy o ‘sishi 
natijasida biologik shakl va vazifaning qismlari ( a ’zolar) 
o ‘zgarishidir. Jismoniy rivojlanish davrini uch bosqichga bo ‘lish 
mumkin: 1) o ‘sish darajasi ortib borishi; 2) m a ’lum darajada 
q uw at saqlanishi; 3) kishi jismoniy imkoniyatlarining sekin- 
asta pastlab borishi.
Tez rivojlanish maktab yoshigacha va kichik maktab yoshi 
davrida davom etadi. Jismoniy rivojlanish obyektiv biologik 
qonuniyatlarga itoat etadi. Bu qonuniyatlardan eng asosiysi, 
organizm rivojlanishining yagona jarayoni va muhit ta ’siridan 
iborat. 0 ‘quvchilarga taalluqli b o ‘lgan o ‘qish, mehnat, mus- 
taqil ishlar va bo‘sh vaqtni tashkil etishni hisobga olish kerak. 
Bularning hammasi bolalarning jism oniy rivojlanishiga olib 
keladi. Lekin yuqori sport natijalariga hamma bolalar ham 
erisha olmaydilar. Ammo har bir shug‘ullanuvchi vijdonan, 
m u n ta z am ravishda maqsadga y o ‘naltirilgan m ashg‘ulot- 
lar jarayonida o ‘zini yaxshi rivojlantirishi mumkin.
Jism oniy tarbiya
Jismoniy tarbiya bu — pedagogik jarayon bo‘lib, odam 
organizmining, morfologik va funksional holatini, ruhiy va 
iroda tomonlarini tarbiyalab, bilim, ko‘nikma, malaka sifat- 
larini yaxshilashga, m ehnat va Vatan mudofaasida yuqori 
natijalarga erishishga qaratilgandir. Jismoniy tarbiyaga taalluqli 
bo ‘lgan vazifalardan kelib chiqib, unda ikkita tomonni ko‘rish 
mumkin: jismoniy m a’rifat va jismoniy sifatlarni tarbiyalash.
Jism oniy m a ’rifat — o ‘quvchilar to m o n id a n m a ’lum 
bilimlarni o ‘zlashtirish, jismoniy mashqlarni bajara bilishlik va 
hayotda uni qo ‘llay bilish malakasidir.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga — kuch va tezlik nati- 
jasining oshishi, chidamlilikning yaxshilanishi, egiluvchanlik va 
chaqqonlikni tarbiyalash kiradi.
Shu yagona jarayonning tomonlari o ‘zaro yaqin bog‘lan- 
gandir. Masalan, agar o'quvchilar yugurish mashqlarini ko‘p 
marotaba takrorlasa, bir vaqtning o ‘zida kuch va chidamlilik 
tarbiyalanadi, ba’zi hollarda esa tezlik ham ortadi. Boshqa 
tomondan esa o ‘sha yugurish mashqlarining ko‘p martaba faqat 
katta tezlikda bajarilishi (tezlikni tarbiyalash uchun) texnika-
18


ning takomillashuviga va mustahkamlanishiga ta ’sir etadi, ya’ni 
m a’rifat vazifasini hal etadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayoni insonga faqat jis­
moniy tomondan ta ’sir etib qolmasdan, shug‘ullanuvchining 
m a ’naviy dunyosiga, hissiyotiga, irodasiga, ruhiy tetikligiga 
ham ta ’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida qo ‘yilgan vazifalarni 
hal etish uchun ko‘ngildagidek sharoit yaratiladi.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə