Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 313,75 Kb.
səhifə30/123
tarix28.11.2023
ölçüsü313,75 Kb.
#136665
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123
ЖМН мажмуа. МБТЖТ 2 курс

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Jismoniy tarbiya tizimi, maqsad, vazifasi, deganda nimani tushunasiz?
2. Jismoniy tarbiya tizimining me’yoriy asoslari nimalardan iborat?
3. Jismoniy barkamollik deganda nimalarni tushunasiz?.
4. Jismoniy tarbiya tizimining xalqchilligi deganda nimalarni tushunasiz?
5. Jismoniy tarbiya tizimining ilmiyligi nimaga yo‘naltirilgan?
6. Mehnat va xrbiy amaliyot bilan bog‘liqlik tamoyili aytib bering.
7. Shahsni xar tomonlama kamol toptirish tamoyili haqida nimalarni bilasiz.
8.Sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tamoyili xaqida nimalarni bilasiz?.


4-MAVZU.
ILMIY-AMALIY VA DASTURIY MEZONLAR NEGIZI. JISMONIY TARBIYANI O’RGANADIGAN MAXSUS FANLAR

Reja:

  1. Ilmiy-amaliy va dasturiy mezonlar negizi

  2. Jismoniy tarbiyani o’rganadigan maxsus fanlar

  3. Jismoniy tarbiya yuzasidan qilingan ishlarning mazmuni

Jismoniy tarbiya g’oyat rang-barang hodisa bo’lib, sog’lomlashtiruvchi fanlar uchun ham, ijtimoiy fanlar uchun ham qiziqarlidir. Jismoniy tarbiya uchun markaziy, o’ziga xos g’oya, yuqorida aytib o’tilganidek, insonning jismoniy rivojini maqsadga muvofiq ravishda boshqarishdir. Bu g’oyani ro’yobga chiqarish inson tabiatining eng teran nuqtalariga kirib borishni, odamning bir butun shaxs sifatida kamol topishi qonuniyatlarini o’rganib chiqishni talab etadi. Jismoniy tarbiya taraqqiyotining tarixiy jarayonida jismoniy tarbiya jarayonining o’zini va aralash hodisalami o’rganadigan maxsus ilmiy fan sohalari tizimi vujudga keldi. Insonning biologik rivoji jarayonlarini organadigan sog’lomlashtiruvchi fanlaryoshga xos bo’lgan o'zgarishlarni, shuningdek, jismoniy mashqlar va boshqa tashqi muhit sharoitlari ta’sinda organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar: tanasi harakatlanayotgan paytda amal qiladigan fizik va biologik qonuniyatlar bilan ishlaydi. Bu fanlarga: jismoniy mashqlar fiziologiyasi, dinamik anatomiya, biomexanika, jismoniy mashqlar bioximiyasi, jismoniy mashqlar gigienasi, shifokor nazorati, davolovchi jismoniy madaniyat kiradi. Jismoniy tarbiya rivojlanishining ijtimoiy qonuniyatlari, tarixi va tashkil etilishi, jismoniy mashqlar ta’sirida inson ruhiyatida sodir bo’ladigan o’zgarishlar, pedagogik ta’sir o’tkazish vositalari, shakl va metodlarini qo’llash mohiyati va qonunlari, sportda yuksak natijalarga erishish qonuniyatlarini o’rganadigan ijtimoiy fanlar. Bu guruhga jismoniy madaniyat sotsiologiyasi, jismoniy tarbiya tarixi va tashkil etilishi, umumiy pedagogika, jismoniy mashqlar psixologiyasi, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, sport turlarining ayrim nazariyasi va metodikasi, jismoniy tarbiya inshootlari qurilishi kiradi.
Jismoniy madaniyat va sport sohasi, falsafa va aniq metodologik fanlar Biologiya fanlaming ixtisoslashgan sohasi Jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasi Gumanitar va aralash fanlaming ixtisoslashgan sohasiAntropologiya Jismoniy tarbiya nazariyasi Ijtimoiy Morfologiya Umumiy negizlar Fiziologiya Bioximiya O’sib kelayotgan yoshlarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va uslubiyati Katta yoshdagi aholini jismoniy tarbiyalash nazariyasi va uslubiyati
Psixologiya Estetika Biofizika Jismoniy tarbiya tizimining asosiy nazariy yo’nalishlari:Umumiy pedagogika,Umumiy jismoniy tayyorgarlik nazariyasi va uslubiyati va boshqalar.
Sport mashg’uloti nazariyasi va usuliyati Amaliy kasb tayyorgarligi nazariyasi va uslubiyati
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish ixtisoslash-tirilgan sohalar Yuqori sport ko ’rsatkichlarining maxsus nazariyasi Jismoniy madaniyatning ayrim shakllari (maishiy, rekreativ, ishlab chiqarish,) nazariyasi Iqtisodiy Jismoniy madaniyat sohasida mo’ljallangan bilimlar bo’yicha integratsiyaga tushuvchi maxsus fanlar.
Jismoniy tarbiyani o’rganadigan barcha ilmiy fanlar tegishli, umumiy fanlar ichki qonuniyatlarining tabaqalashuvi mahsuli sifatida paydo bo'ldi. Masalan, jismoniy mashqlar fiziologiyasi - umumiy fiziologiyaning shohobchasi bo'lib, biomexanika,
biofizikadan kurtaklanadi; jismoniy tarbiya sotsiologiyasi O’zbekiston tarixi bilan bevosita bog’liq. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining o’zi - bu ixtisoslashtirilgan pedagogika fanidir.
Har bir ilmiy fan tarmog’i jismoniy tarbiyaning biror tomonini, mazkur fanga xos tomonini o’rganadi. Lekin ayrim fanlar tomonidan olingan faktlar qanchalik chuqur va ahamiyatli bo’lmasin, ulardan birortasi jismoniy tarbiyaning ijtimoiy ideallarini muvafifaqiyatli amalga oshirishi mumkin bolishi uchun pedagogik ta'sir o’tkazishini qanday ko’rish kerak, degan savolga mukammal javob bera olmaydi. Bu vazifani ayrim fanlar bo’yicha olingan malumotlami to’plab, yaxlit bir fanga aylantiradigan pedagogika fanigina bajara oladi. Bu ilmiy fan jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo’lib, u pedagogik fanlar tizimida ularning tabaqalanishi natijasida vujudga keldi. U jismoniy tarbiya doirasida jismoniy tarbiya bilan bevosita yoki bilvosita bog’liq bo’lgan ayrim fanlar tomonidan qo’lga kiritilgan jamiki ma’lumotlami umumlashtiruvchi va sintez qiluvchi integral fandir. U biologiya bilan pedagogika yoxud biologiya bilan sotsiologiya o’rtasidagi oraliq fan emas. Undagi sotsiologik va biologik hodisalardan jismoniy tarbiyaning pedagogik qonuniyatlarini bilish uchun foydalaniladi. Demak, jismoniy tarbiya nazariyasi ko’pgina fanlar bilan tutashadigan , lekin o’ziga xos xususiyatga, o’z predmetiga ega.Jismoniy tarbiya tizimi barcha davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalar, maktablar, oliy o’quv yurtlari, jismoniy tarbiya jamoalari va boshqalar uchun foydalanish majburiy bo’lgan yagona davlat dasturi va o’quv qurollari bilan ta'minlangan. Jismoniy tarbiya yuzasidan ishlab chiqilgan dasturlar va darsliklar o’zgarmaydigan narsa emas. Ularning mundarijasi hamisha o’zgarib takomillashib boradi. Dasturlarni takomillashtirish uchun jismoniy tarbiya yuzasidan olib boriladigan ilg’or ish tajribalari asos bo’ladi, bu ilg’or ish tajribalarini jismoniy tarbiya, pedagogika, ilmiy-tadqiqot va o’quv institutlari, shuningdek, amaliyotchilar –o’qituvchilar va murabbiylar muntazam ravishda o’rganib umumlashtira boradilar. Jismoniy tarbiya yuzasidan qilingan ishlarning natijalari ilmiy jihatdan asoslangan normativlar tizimi - maktabgacha bolgan bolalar uchun tuzilgan dastur talablaridan boshlab toki kattalar uchun ham tuzilgan dastur talablangacha, malakali sportchilar uchun sport klassifikatsiyasiga qadar izchillik bilan hamisha ortib borayotgan talablarga muvofiq hisobga olinadi va baholanadi.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari majmuasi jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirishda muhim tarixiy voqyeadir. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari to’g’risidagi nizomda jismoniy tarbiya tizimining asosiy nazariy, metodik va tashkiliy qoidalari aks ettirilgan. Bu maxsus testlar majmuasi - mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasidagi barcha dasturlaming negizi hisoblanadi.Bular maxsus nizomlar to’g’risidagi hujjatlarda o’z amaliy ifodasini topadi. Hozir nishonlarning muayyan tizimi qaror topdi.
Bu tizimga yoshlikdan boshlab izchillik bilan jismoniy tarbiyani boshlash, umumiy jismoniy tayyorgarlikning yuksak darajasini tasinflash va sport mashg’ulotlariga bo’lgan qiziqishni rag’batlantirish asos qilib olingan.O’zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27-maydagi O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 271-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonuni asosida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yollari belgilab berilgan.O’zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etishning ikki:davlat va jamoa- havaskorlik shakli mavjud. Jismoniy tarbiya tadbirlarini amalga oshiradigan davlat tashkilotlariga quyidagilar kiradi: tug’riqxonalar, bolalar bog’chalari, o’rta maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o’quv yurtlari, armiya va , sanatoriyalar, dam olish uylari, davolanish muassasalari. Bu davlat muassasalarida jismoniy tarbiya, odatda, majburiy tartibda amalga oshiriladi. Jamoa-havaskorlik jismoniy tarbiya tashkilotlariga quyidagilar kiradi:
a) ishchilami, xizmatchilami, o'quvchilarni birlashtiruvchi havaskorlik kasaba uyushmasi jismoniy tarbiya tashkilotlari. Ular ishlab chiqarish va hududiy tamoyillarga binoan quriladi.Masalan, Xalq ta’limi vazirligiga qarashli o’quvchilarning “Yoshlik” sport jamiyati, oliy o’quv yurtlari sportchi- talabalarining “Talaba” sport jamiyati va hokazo. b) idoraiarga qarashli sport jamiyatlari, masalan, “Dinamo”.
v) armiya va flot ofitserlari uyi klublari huzuridagi harbiy xizmatchilaming sport tashkilotlari, masalan, “MHSK” (markaziy harbiy sport klubi).
g) O’zbekiston Respublikasi “Vatanparvar” jamiyati.Jismoniy tarbiya sohasidagi havaskorlik ishlari sport jamiyatlarining bir o’zidagina o’tkazilmaydi. O’zbekistonda jismoniy tarbiya xalq hayotiga, har bir oila, uning har bir a’zosi
turmushiga mehnatkashlarning o’zlari tomonidan faol kuch-g’ayrat sarflash (ertalabki sog’lomlashtirish gimnastikasi, ishlab chiqarishdagi jismoniy mashqlar va boshqa ommaviy- sog’lomlashtirish tadbirlari) yo’li bilan joriy etiladi. Bunday jismoniy tarbiya ishi har bir mehnatkashning jismoniy tarbiya savodini muntazam ravishda oshirib borishni talab etadi. Bu vazifa maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, oliy o’quv yurtlari va jamoat jismoniy tarbiya tashkilotlari, jismoniy tarbiya jamoalari, sport klublari, salomatlik universitetlari va boshqa tashkilotlar tomonidan, shuningdek, mehnatkashlarning mustaqil o’qishlari yoli bilan hal etiladi. Mamlakatda jismoniy tarbiya ishiga sport jamiyatlari va tashkilotlari tomonidan saylab qo’yiladigan Markaziy kengash rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiyani amalga oshiradigan davlat va jamoat tashkilotlarining yagonaligi jismoniy tarbiya tizimining o’ziga xos qonuniyatidir.Bu yagonalik jismoniy tarbiya tizimining umumxalq xarakteri bilan, jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari birligi va mushtarakligi bilan belgilanadi.O’zbekistonda tegishli davlat va jamoat organlari jismoniy tarbiya tizimiga rahbarlik qiladilar.Davlat rahbarlik organlari. Maktablar, oliy o’quv yurtlari hamda boshqa shunga o’xshash muassasalarda jismoniy tarbiyaga rahbarlik tegishli vazirliklar tomonidan tafminlanadi. Masalan, maktabda jismoniy tarbiyaning yo’lga qo’yilishi uchun Respublika XTV, oliy o’quv yurtlarida – Oliy Ta’lim Fan va inovatsiyalar vazirligi mas'uldir.Jamoat rahbarlik organlari. Jismoniy tarbiya tashkilotlarida rahbarhk saylab qo’yiladigan organlar: jismoniy tarbiya jamoalari kengashlari, tegishli sport jamiyatlari, viloyat, respublika va markaziy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Sport jamiyatlari kengashlarining faoliyatini sport qo’mitasi muvofiqlashtirib turadi.Respublikamizda sportning ayrim turlari bo’yicha sport federatsiyalari mavjud. Bu sport federatsiyalari xalqaro federatsiyalarda O’zbekiston sportining vakili sifatida qatnashadi. Masalan, gimnastika bo’yicha Respublika federatsiyasi xalqaro federatsiya tarkibiga kiradi va hokazo. Federatsiya sport jamiyati bilan birgalikda mamlakatda sportning o’ziga tegishli turini rivojlantirish sohasidagi ishlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasida Milliy Olimpiya qo’mitasi ham tashkil qilingan. Bu qo’mita Xalqaro Olimpiyada qo’mitasida O’zbekiston sporti manfatlarini himoya qiladi.
O’zbekistonning mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasida ko’plab malakali kadrlar yetishib chiqdilar. Bu kadrlar ta’lim muassasalarida: maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va institutlarda faoliyat ko’rsatmoqda. Pedagogika institutlari, hamma universitetlarning jismoniy tarbiya fakultetlarida bakalavriat va bakalavrlar tayyorlanmoqda. Jismoniy tarbiya bo’yicha llmiy-pedagogik kadrlar O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi doktoranturada tayyorgarlikdan o’tadilar. Jismoniy tarbiya sohasidagi xodimlarga pedagogika, biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun
Dissertatsiyalar yoqlash huquqi berilgan.Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xodimlaming anchagina qismi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan kurslarning keng tarmoqlarida tayyorlanadi. Respublika hukumati tomonidan aholini jismoniy tarbiyalash uchun zarur bo’lgan maxsus moddiy-texnika bazasini yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda.
Hozirgi kunda jismoniy tarbiya tizimi yetarli darajada tarkib topgan. O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi Jismoniy tarbiyaning baza beruvchi kursi, kasbiy-amaliy jismoniytayyorgarlik, mehnatni ilmiy tashkil qilish tizimida jismoniy madaniyat Jamoat tashkilotlarining markaziy rahbar organlari Kundalik maishiy, sog’lomlashtirish, qayta tiklash, rekreativ va boshqa shakllarning .Boshlang'ich faoliyatida jismoniy madaniyatdan foydalanish Davlat tashkilotlari Jismoniy madaniyat bazasining majburiy va boshqa yo'nalishdagi shakllari Jamoa tashkilotlari,Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini tashkil qilish bo’yicha ommaviy va ijtimoiy tizimga kiruvchi tashkilotlar Bolalar bog’chalari va Umumiy, o’rta maxsus va oliy ta'lim tizimi muassasalari klublar joylardagi jismoniy tarbiya va sport markazlari, shirkat va boshqalar qurolli kuchlar Mehnatni ilmiy tashkil qilishda jismoniy tarbiyadan foydalanuvchi tashkilot va muassasalar Kasaba uyushmalarining dam olish uylari,jamoa tashkilotlari qoshida ishlab turadigan sog’lomlashtirish, sayohat bazalari va boshqalar. Davolovchi-sog’lomlashtiruvchi va boshqa davlat muassasalarida jismoniy tarbiyadan foydalanadigan ishlatuvchi umummadaniyat va kommunal tashkilotlari “Yoshlik”, “Talaba” “Dinamo”, “Kasabauyushmalari” ko’ngilli sport jamiyatlari; “Sog’lom avlod uchun”, “Kamolot”,“Mahalla” va bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi.
• Jismoniy madaniyatning ijtimoiy amaliyoti
• Tizimning ishlash sharoiti
• Tibbiy-pedagogik nazorat tizimi
• Kasbiy-amaliy kadrlar tayyorlash tizimi va ixtisoslashtirilgan ilmiy-tekshirish muassasalari
• Axborot bilan ta'minlash
• Moddiy - texnika bazalari
Respublikada jismoniy tarbiyaning tashkiliy tizimi

Yüklə 313,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə