Исследование в XXI веке январь, 02 г 826 ogahiy-yetuk tarixnavis



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix09.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#109242
növüИсследование
  1   2   3
Gulhayo Abdullayeva



Международный
научный
журнал

6
(100), 
часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
январь
, 202
3
г 
826 
OGAHIY—YETUK TARIXNAVIS 
 
Gulhayo Abdullayeva 
UrDU Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti yo‘nalishi, 212-guruh magistranti 
XIX asr ilm-fan, san'at va adabiyotining o‘chog‘i bo'lgan Xorazmning ulug‘ shoir-u
allomalari haqida so‘z borganda, serqirra iste’dod egasi Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li
Ogahiyning nomini tilga olish joiz. Shoir tarixga oid asarlar yozib, Munisning bu sohadagi 
an’analarini yanada ham rivojlantirgan.Xiva xonligida yozilgan tarixiy manbalardan eng 
ahamiyatga molik asarlar Munis va Ogahiy qalamiga mansub hisoblanadi. V.V.Bartoldning 
yozishicha: "Munis va Ogahiyning kitoblari adabiy va tarixiy asar sifatida kamchiliklarga 
qaramay, bayon qilishning to'liqligi va daliliy ma'lumotlarning soni jihatidan bizgacha yetib 
kelgan Buxoro va Qo'qon xonliklari tarixi bo'yicha bitilgan asarlarni orqada qoldiradi". 
O‘zbek mumtoz adabiyotida Ogahiy bilimdon siyosatchi, tarixchi sifatida ham yorqin iz 
qoldirgan.Xorazm adabiy muhitida Abulg‘ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy,Bayoniylar asos 
solgan shajaraviy tarixnavislik bor. Shu shajaraning yirik bir qanoti bo‘lgan Ogahiy “Riyoz 
ud-davla”,“Zubdat ut-tavorix”, “Jome ul voqeoti Sultoniy”, “Gulshani davlat”, ”Shohidi 
Iqbol” kabi beshta tarixiy asar yozdi. Bir qancha tarixiy asarlami tarjima qildi. Tarixiy asarlari 
qomusiy ma’lumotlar beradi. Tirik, harakatdagi adabiy muhitni tasavvurimizda qayta 
jonlantiradi. Tarixiy bilimlar samarasi o‘laroq, Ogahiy donishmand-maslahatchi bo‘lib 
maydonga chiqadi. Tarix saboqlarini jamlab, olamshumul xulosalar chiqaradi. Kelajak avlod 
ravnaqi, ona Vatan kamoli yo‘riqnomalarini yaratishga musharraf bo‘ladi. Ogahiyning 
tarixiy asarlariga V.Bartold, Yahyo G‘ulomovlar yuqori baho berishgan. Ogahiy tarixiy 
asarlarida tarixchi, siyosatshunos, shoir, yozuvchi sifatidagi iqtidorini mukammal namoyon 
eta olgan. 
Ogahiy tarixnavislik faoliyatini Munis tomonidan yozila boshlangan “Firdavsul-iqbol” 
asarining 1812-13-yillardan keyingi davrini yozish va to‘ldirish bilan boshlagan. Shundan 
keyin Ogahiy turli yillarni qamrovchi 5 mustaqil tarixiy asarni yaratgan: “Riyozud-davla” 
(1844), “Zubdatut-tavorix” (1845-1846), “Jome’ul-voqeoti Sultoniy” (1856), “Gulshani 
davlat” (1865), “Shohidi iqbol” (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi. Bu asarlarda Xiva xonlari 
Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1843-1846), Muhammad Aminxon II (1846-1855), 
Sayyid Muhammadxon (1856-1865), Muhammad Rahimxon II (1865-1872) davridagi 
voqealar bayon qilingan. Ogahiy zabardast muarrix sifatida o`z salaflari Abulg`ozi 
Bahodirxon, Shermuhammad Munis Xorazmiy kabi mutafakkirlar an`analarini davom 
ettirdi. U ustozi Munis tugatishga ulgurmagan Muhammad ibn Xovandshoh Mirxondning 
“Ravzat us-safo” asarining birinchi jildi tarjimasini, “Firdavs ul-iqbol” tarixiy asarini 
Olloqulixon topshirig`iga binoan oxiriga yetkazdi. Tarixiy asarlarda Ogahiy tasvirlayotgan 
ko`p voqealarning shohidi bo`lganligi yoxud ishonchli manbalarga asoslanganligi ko`zga 
yaqqol tashlanadi. Muarrix asarlarida badiiy ijodning ko`plab ajoyib namunalari (o`xshatish, 


Международный
научный
журнал

6
(100), 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə