Исследование в XXI веке январь, 02 г 826 ogahiy-yetuk tarixnavis



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix09.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#109242
növüИсследование
1   2   3
Gulhayo Abdullayeva


часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
январь
, 202
3
г 
827 
istiora, jonlantirish, ramz, chog`ishtirish)dan, hikmatli so`zlar, xalq maqollari, iboralari kabi 
og`zaki ijodga xos bo`yoqlardan mohirona foydalandi. Masalan, olim “Riyozud-davla” 
asarida 1827-yilda Oydo`st rahbarligidagi xalq qo`zg`olonini tasvirlayotib, o`zining bu 
voqeaga munosabatini ramziy timsollarda ifodalaydi:
Agar jam o`lsa uchqun bir makonga, 
Bo`lur, albatta, otashgoh paydo. Va agar har soridin yig`nolsa qatra, Bo`lur tadrij ila 
to`fon huvaydo. 
Ko‘rinadiki, Ogahiy o‘zining bu tarixiy asarlari bilan Xorazmning yarim asrdan ortiq 
tarixini bir butun holda jamlay olgan.Bu asarlar faqat o‘zbek xalqining tarixini o‘rganish 
jihatdan ahamiyatli bo‘lib qolmasdan, balki qardosh tojik, qozoq, turkman, qoraqalpoq, rus, 
eron, afg‘on xalqlarining tarixi, madaniyati, san’ati, urf-odatlari, psixologiyasi, shu 
xalqlarning kelib chiqishi, tirikchiligining manbai, qabilalarning tarixini o‘rganishda boy 
manba bo‘lib xizmat qiladi. Shunisi xarakterliki, bu asarlar iste’dodli shoir, taraqqiyparvar 
adiblar Munis, Ogahiylar tomonidan yozilganligi sababli u 
larda xalqlarning tarixi, hayoti, kundalik mashg‘uloti, masjid, madrasalarning qurilishi, 
turli hil hodisalar bayoni, xalq qo‘zg‘olonlari, urushlar tarixi, buyuk kishilar, olimlar, shoir-
yozuvchilar va shu kabi ma’lumotlar proza, poeziyada realistik asosda, to‘g‘ri va aniq 
ifodalab berilgan. Ogahiyning tarixiy asarlari daliliy manbalarning boyligi va ishonchli 
boʻlishi bilan ajralib turadi. Bu asarlar Xorazm xonligining iqtisodiy-siyosiy hayoti, tashqi va 
ichki aloqalarini o‘rganishdagi asosiy va eng muhim manba sifatida ahamiyatlidir. 
Keyingi davrlarda mazkur asarlarni yaratishda Ogahiy badiiy tafakkurining o‘rni va 
ishtirokini o‘rgangan olimlar ularning o‘zbek tarixiy nasri taraqqiyotidagi ahamiyati yuqori 
ekanini e’tirof qilmoqdalar. Ularning fikricha, har bir qalamga olingan voqea yuqori poetik 
mahorat bilan ifodalangan. Mirxond, Xondamirning tarixiy asarlarini tarjima qildi. Bu 
asarlardan N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Yahyo G’ulomovlar o’z 
ishlarida foydalanishgan. 
Ogahiyning tarixiy asarlari daliliy manbalarning boyligi va ishonchli boʻlishi bilan 
ajralib turadi. Ogahiyning tarixiy asarlari qoʻshni qardosh xalqlarning tarixini oʻrganishda 
birinchi manbadir. Shuningdek, Ogahiyning tarixiy asarlari oʻzbek tarixnavislik fani 
taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. Ular Oʻrta Osiyo tarixining ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, 
Xorazm tarixini, Xiva tarixini tadqiq etish uchun muhim manba boʻlib xizmat qiladi. 
Muarrixning asarlari tarixni, adabiyotni, yurtni sevishga, qadrlashga, eʼzozlashga daʼvat 
etgan. 


Международный
научный
журнал

6
(100), 
Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə