Ishlash jarayonida kreativligini oshirish


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 312,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix13.12.2023
ölçüsü312,57 Kb.
#149199
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlang-ich-sinf-o-quvchlarining-lug-atlar-bilan-ishlash-jarayonida-kreativligini-oshirish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1508 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
1. So'zni kontekst asosida tushuntirish. Bunda o'quvchilar tushunmaydigan 
so`zlarni ularga tushunarli so'zlar qo'llangan gap (yoki matn) yordamida 
tushuntiriladi.
2. So'z ma'nosini lug'atdan va o'qish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan 
foydalanib tushuntirish. Bunda o'quvchilarni izohdan mustaqil foydalanib, so'z 
ma'nosini mustaqil tnshnnib olishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega.
3. So'z ma'nosini shu so'zning ma'nodoshiyordamida tushuntirish. Masalan, 
sabo - shabada, mudofaa - himoya, sozanda - musiqachi, diyor -vatan, inshoot - bino, 
samo - osmon kabi. So'zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu so'zning stilistik 
(uslubiy) ahamiyatini ham ko'rsatish zanir. 
4. Tanish bo'lmagan so'z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo'lgan so'z 
bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash orqali tushuntirish. 
Masalan, 
ishchan 
tushunchasini 
dangasa 
tushunchasiga, 
rostgo’y 
so'zini yolg'onchi so'ziga taqqoslab tushuntirish mumkin. 
Ko'chma 
ma'noda 
ishlatilgan 
so'z 
va 
so'z 
birikmalari, 
tasviriy 
vositalar, 
maqollar 
ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.
5. So'zni o'ziga yaqin tushuncha boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish.
Masalan, o'zboshimchalik-o'z xohishicha ish tutish, ishni o'zi xohlaganicha bajarish
mutaxassis - biror hunar egasi; shunqor- uzoq uchadigan ko'zi o'tkir qush; mesh-mol 
terisidan tikilgan idish; guidon - gill solib qo'yiladigan idish va boshq. Ba'zi so'zlar 
ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn — bir vaqtning 
o'zida donni o'radigan, yanchadi-gan, tozalaydigan qishloq xo'jalik mashinasi; 
ekskavator — bir vaqtning o'zida erni qazib tuproqniyuk mashinasiga ortadigan 
mashina; aero-drom - samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib 
qo'nadigan joy va hokazo. 
6. So 'zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish. Masalan, 
yantoq — suvsiz joyda o'sadigan ninasimon tikanli o'simlik; akula-okeanlarda 
yashaydigan juda katta yirtqich baliq. 
7. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlarning ma'nosini 
misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o'quvchilar o'rgangan badiiy asardan 
axloqiy fazilatga ega bo'lgan asar qahra-monining qilgan ishlari tahlil qilinadi. 
XULOSA. 
Xulosa qilib aytganda, dars davomida lug`atlar bilan ishlash, o`quvchilarga 
so`z ma`nosini tushintirish o`quvchilarning lug`at boyligini orttiradi, dunyqarashini 
kengaytirib, ularning kreativligini rivojlantiradi. Lug'at ustida ishlash ona tili 



Yüklə 312,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə