Ishlash jarayonida kreativligini oshirish


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 312,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix13.12.2023
ölçüsü312,57 Kb.
#149199
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlang-ich-sinf-o-quvchlarining-lug-atlar-bilan-ishlash-jarayonida-kreativligini-oshirish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1506 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
qo'llanadigan sodda so'z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so'zlar kiradi. 
Adabiy til me'yori degan tushunchani o'zlashtirgach, o'quvchilar yuqorida izohlangan 
so'zlar o'rniga adabiy tildagi so'zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid 
malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so'zlar, so'zlashuv 
tilida ishlatiladigan sodda so'z va iboralar o'quvchilarning faol 
lug'atidan 
chiqib keta boshlaydi.
3. O`quvchilarning so`z boyligini takomillashtiruvchi va boyituvchi 
vositalardan biri bu atrof- muhitdir. Shuning uchun darsdan tashqari holatlarda 
o`quvchilarni turli ekskursiyalarga olib chiqish juda katta ahamiyatga egadir. Chunki, 
tabiat qo'yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsava 
hodisalarni kuzatish bilan ko'pgina yangi nom va iboralarni o'rganadilar. Bu 
ekskursiyalar 
yuzasidan 
o'tkazilgan 
suhbat 
vaqtida 
ularning 
bilimi 
chuqurlashtiriladi,ayrim so'zlar ma'nosiga aniqlik kiritiladi.
4. Dars davomida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.
Bunda o`qituvchi dars davomida turli xil video va audio matnlardan 
foydalanishi mumkin. Masalan o`qish darsini oladigan bo`lsak, darslikda berilggan 
har bir hikoya va ertakni audiosi yoki video variantlarini o`quvchilarga qo`yib 
berishi, hamda bu matnni kitoblardan foydalanmagan holda o`quvchilardan gapirib 
berishlarini so`rash, zarur dars oxirida esa matnda uchragan notanish so`zlar ustidan 
ishlash, ularning ma`nolarini tushintirib berish zarur. 
5. Turli xil didaktik o`yinlardan foydalanish.
Didaktik o`yinlar o`quvchilarning kreativligini, reaksiyaviyligi hamda 
zukkoligini o`stiruvchi eng asosiy vositadir. Shuningdek lug`atlar ustida ishlash 
jarayonida ham didaktik o`yinlardan foydalanish mumkin. Masalan: 
“Kim ko`p aytadi” didaktik o`yinini olaylik. Bunda o`qituvchi ona tili 
darslarida har bir dars davomida o`zlashtirilgan so`zlar yuzasidan musobaqa 
uyishtiradi. Bu o`yinda barcha o`quvchilar ishtirok etadilar. Har bir dars davomida 
o`zlashtirilgan so`zlarni o`quvchilar bittadan aytadilar. Kimki ayta olmay to`xtab 
qolsa o`yindan chetlashtiriladi. O`yin davomida qaysi o`quvchi oxirigacha qolsa, 
ya`ni so`z ayta olmay to`xtab qolmasa o`sha o`quvchi lider deb topiladi. 
6. Lug`at diktantlaridan foydalanish.
Lug'atni boyitishda turli lug'atlar juda foydali qo'llanmadir. Boshlang`ich sinf 
o`quvchilari uchun lug`at diktantlari mavjud. O`qituvchi darsdan tashqari vazifa 
sifatida o`quvchilardan 10-15 ta so`z yodlab, uning yozilishi va talaffuzini o`rganib 
kelishini talab qiladi va haftada ikki marotaba bu so`zlardan lug`at diktantini oladilar. 



Yüklə 312,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə