Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə60/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Izoh:


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga qonun hujjatlari bilan oldin berilgan imtiyozlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalarga tatbiq etiladi.

Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:


Soliq kodeksining 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar;
hayotni sug’urtalash sohasiga taalluqli shartnomalar bo’yicha sug’urta mukofotlari (badallari), qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha topshirilgan to’lovlar summalari, shuningdek Soliq kodeksi 150-moddasining 2 va 4-bandlarida ko’rsatilgan daromadlar;
Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’lardan foydalanishdan olingan daromad.
Soliq to’lovchilar turli xil soliq solish obyektlariga ega bo’lgan hollarda, ular soliq solish obyektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli obyektlardan kelib chiqqan holda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lashi shart.
Kalendar yil soliq davridir.

  • Yil choragi hisobot davridir.

Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar har oyda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2016 yil 27 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi PQ-2699-sonli qaroriga asosan Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar stavkasi soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan 1.6 foiz qilib belgilandi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar quyidagicha to’lanadi:
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lovchi bo’lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan — har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 19-avgustdagi PQ-3292-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi 361-sonli “O’zavtoyo’l davlat aksiyadorlik kom’aniyasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi faoliyatni tashkil etish masalalari to’g’risida”gi qaroriga asosan 2003 yil 1 oktyabrdan boshlab yo’l xo’jaligini boshqarish tuzilmasidagi Respublika, viloyat va mahalliy yo’l jamg’armalari tugatildi va ularning o’rniga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Respublika yo’l jamg’armasi tuzildi.


Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lovchilar quyidagilardir:

  • yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;

  • oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) - yuridik shaxs.

Quyidagilar Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarning to’lovchilari bo’lmaydi:


notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;
yagona soliq to’lovini va (yoki) yagona yer solig’ini to’lovchi yuridik shaxslar;
umumbelgilangan soliqlarni to’lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan aksiz to’lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno.
Sof tushum Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasidir.
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasi quyidagilardir:
1) kommunal xo’jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun - mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo’shilgan qiymat solig’i va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;
2) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - o’z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo’shilgan qiymat solig’i chegirib tashlangan holdagi qiymati. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo’lsa, ushbu materiallarga bo’lgan mulk huquqi buyurtmachining o’zida saqlanib qolgan taqdirda, o’z kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi;
3) vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo’yicha, vositachilik va topshiriq shartnomasi bo’yicha hamda vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar uchun - ko’rsatilgan xizmatlar uchun qo’shilgan qiymat solig’i chegirib tashlangan holdagi mukofot summasi;
4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun - tovar oboroti;
5) kredit tashkilotlari va sug’urta tashkilotlari uchun - agar mazkur moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, Soliq kodeksining 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;
6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo’lgan yuridik shaxslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi.
Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:
Soliq kodeksining 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar;
hayotni sug’urtalash sohasiga taalluqli shartnomalar bo’yicha sug’urta mukofotlari (badallari), qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha topshirilgan to’lovlar summalari, shuningdek Soliq kodeksi 150-moddasining 2 va 4-bandlarida ko’rsatilgan daromadlar;
Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’lardan foydalanishdan olingan daromad.
Soliq to’lovchilar turli xil soliq solish obyektlariga ega bo’lgan hollarda, ular soliq solish obyektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli obyektlardan kelib chiqqan holda Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lashi shart.
Kalendar yil soliq davridir.
Yil choragi hisobot davridir.
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2016 yil 27 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi PQ-2699-sonli qaroriga asosan Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratma stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 1.4 foiz qilib belgilandi.
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatdan kechiktirmay taqdim etiladi.
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar quyidagicha to’lanadi:
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lovchi bo’lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan — har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay.
Respublika yo’l jamg’armasi yig’imlariga quyidagilar kiradi:
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im;
chet davlatlar avtotransport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im.
Avtotransport vositalarini oluvchi va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im to’lovchilardir.
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im to’lovchilardir.
Yig’imlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir:
avtotransport vositalarini olish va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish;
chet davlatlar avtotransport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tish.
Soliq solinadigan baza quyidagilardir:
olingan va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari dvigatelining ot kuchidagi quvvati yoki avtotransport vositalarining qiymati;
O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganida chet davlatlarning avtotransport vositalari.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga 24-ilova





Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə