Ishchi kuchi migratsiyasi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix27.09.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#124211
1   2   3   4   5   6   7   8   9
N.A.Imomova

6. 
Nisbiy 
yo‘qotishlar 
nazariyasi 
7. Osmosis nazariyasi 
* Jadval muallif tomonidan ishlab chiqilgan 
Demak, ijtimoiy tomondan ko‘radigan bo‘lsak,migratsiya ishchilarning, ya’ni 
mehnat resurslarining bir xududdan boshqa bir xududga ko‘chib yurishi bo‘lsa, 
iqtisodiy tomondan yondashadigan bo‘lsak, ijtimoiy mazmuni bilan bog‘langan holda 
iqtisodiyotning xududlararo tarmoqlarida band aholining ko‘chish tushuniladi. 
Hozirgi kunga kelib ijtimoiy mehnat migratsiyasiga mehnat sotsiologiyasi hamda 
demografiyasiga tayangan holda ta’rif ishlab chiqilgan. Bunday ta’rif Xalqaro Mehnat 
Tashkiloti va Xalqaro Migratsiya Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra 
«mehnat migrantlari – bular, insonlarning biror bir xududdan u o‘zi istiqomat 
qiladigan mamlakat miqyosidami yoki ruxsat etiladigan mamlakatgami, ko‘chib 
iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan qismi»
142

Xulosa qilib aytganda, migratsiya, har qanday ob’ektiv jarayon singari, aniq 
miqdoriy xususiyatlarga va parametrlarga ega. Bu holat migratsiya masalalarining turli 
jihatlari bo‘yicha farqlanadi va turli xil iqtisodiy, ijtimoiy, etnomadaniy, demografik
geografik va boshqa qator o‘zgaruvchilar muxim o‘rin tutadi. Ba’zan bunday 
parametrlarni ayniqsa, nozik etnomadaniy indikatorlar bilan ishlash zarurati 
tug‘ilganda o‘lchash va aniqlash qiyin. Zero, bugungi kunda respublikada migratsiyani 
hisoblash va rejalashtirish uchun har doimgidan ham aniq miqdoriy usullar bilan 
ishlash zarurdir. Qator mintaqalarda ushbu hisob-kitoblar mintaqaviy xususiyatlarni 
va allaqachon joylashib olgan migrantlarning hozirgi etnik va kasbiy tarkibini hisobga 
olgan holda yuqori darajada ixtisoslashgan parametrlarga muvofiq amalga oshirilishi 
kerak. Ammo bundan ham muhim vazifa - bu aniq hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan 
ilmiy asoslangan holat sifatida tushunilishi kerak bo‘lgan, mamlakat miqyosida amal 
qiluvchi yagona migratsiya konsepsiyasini ishlab chiqishdir. Bunday konsepsiya faqat 
mamlakatning hozirgi bosqichidagi rivojlanish dinamikasini va migratsiya sohasidagi 
global tendensiyalarni aniq tavsiflovchi parametrlar asosida shakllantiriladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə