|
Ishchi kuchi migratsiyasiN.A.Imomova O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
18-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.04.2023
V.Tomas va F.Znaneskiy ijtimoiy tashkilot va shaxs hayotini tashkil qilish
o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini ta’kidlaydilar. Ushbu munosabatni o‘rganish
asosida sotsiologlar ijtimoiy belgilar tipologiyasini ishlab chiqdilar
137
.
Sharq mutafakkirlari asarlari va tadqiqotlarida ham migratsiya hamda sotsiolog
tadqiqotlarga oid xulosalarni uchratish mumkin.
Abu Ali Ibn Sino o‘z o‘tmishdoshlari bo‘lgan Aristotel, Platon, Al-Kindiy, Farobiyning
ilmiy merosini chuqur o‘rgandi va ularning ilg‘or qarashlarini ijodiy rivojlantirdi.
Jamiyat sotsiallashuvining asosini faqat mehnatdagina emas, balki moddiy ishlab
chiqarish shakllari dexqonchilik va xunarmandchilikda ko‘rdi. U tafakkurning til bilan
aloqasini, kishilarning ishlab chiqarish faoliyatlari bilan munosabatlar sohasini chuqur va
atroflicha tadqiq etdi. Ulug‘ mutafakkirni qarashlarida kishilar o‘rtasidagi sotsial
tafovutlarni keltirib chiqaruvchi omillarni ko‘rsatdi, kishilarning xulq-atvori va tabiiy-
geografik muhitni ana shundan omillardan biri deb hisobladi
Ibn Sinoning ijtimoiy-siyosiy ta’limoti markazida inson va uning ijtimoiy-individual
xususiyatlari, inson va jamiyat to‘g‘risidagi sotsiologik g‘oyalar yotadi
138
.
Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan mashhur olim va mutafakkir Abu Rayxon
Beruniy (973-1048 y.y)ning ham sotsial-siyosiy qarashlari e’tiborga loyiqdir.
Beruniy o‘zining butun ijodiy faoliyati davomida ijtimoiy hayot masalalari bilan
qiziqdi, «Hindiston», «O‘tmish ajdodlar yodgorligi» asarlarida o‘z sotsiologik qarashlarini
bayon etdi.
Beruniy Markaziy Osiyo va Sharq mutafakkirlarining ilg‘or sotsial-siyosiy g‘oyalarini
rivojlantirdi. Jumladan, o‘zining «O‘tmish ajdodlar yodgorligi» asarida insoniyat
hayotining boshlanishi haqidagi masalani ilmiy asosda hal etishga harakat qildi. Jamiyat
va kishilar hayotida geografik omilning ahamiyati, uning ijtimoiy hodisalarga ta’sirini
ko‘rsatdi. Musulmonlar va hindlarning urf-odatlaridagi tafovutlarni geografik sharoitlar
bilan izohladi, hatto tillar o‘rtasidagi tafovutlarni ham geografik omillar bilan bog‘ladi.
Forobiy esa inson va jamiyat hayotida kishilarning moddiy ehtiyojlari hal qiluvchi rol
o‘ynaganligini ko‘rsatgan
139
.
Shu o‘rinda, biz sotsial mobil shaxsning millati, ma’lumoti, irqi, turar joyi, jinsi,
«aqillilik koeffitsienti» nihisobga olgan holda miqdoriy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi
korrelyatsiya (farqlanuvchi) koeffitsientni aniqladik. Umuman olganda, tadqiqotga jalb
etilgan individlarning sotsial mobillik darajasini o‘rganishda miqdoriy usuldan
foydalanish ijobiy natija berish mumkin.
P.Sorokinning ta’kidlashicha, sotsial mobillikning 2 turi vertikal va gorizontal sotsial
mobillik
140
mavjud.
137
https://studme.org/116404015993/sotsiologiya/sotsiologicheskoe_nasledie_znanetskogo_tomasa
138
Paul Strathern. A brief history of medicine: from Hippocrates to gene therapy (англ.). — Running Press (англ.)
русск., 2005. — P. 58. — ISBN 978-0-7867-1525-1.
139
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. Тошкент-2016. 230-б.
140
Питирим Сорокин и социокультурные тенденции нашего времени. Материалы к международному научному
симпозиуму, посвященному 110-летию со дня рождения П. А. Сорокина. — СПб. 1999.
|
|
|