Iqboldinov Abdusamad Ilyosbek oʻgʻli O‘zMu Ijtimoiy fanlar fakulteti Siyosatshunoslik yo’nalishi



Yüklə 44,28 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü44,28 Kb.
#153260
1   2   3   4
Iqboldinov Abdusamad Siyosiy Elita va yetakchilik fanidan

Oliy darajadagi siyosiy elitaga mamlakat rahbari, Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va lider vazirlar, parlament spikeri, deputatlar fraksiyalari rahbarlari kiradi. Bu, jamiyat uchun ancha muhim bo‘lgan siyosiy echimlarni qabul qiladigan, son jihatidan ancha cheklangan insonlar guruhi (100-200 kishi)
O‘rta darajadagi siyosiy elita ko‘plab sonli saylangan mansabdor shaxslardan shakllanadi: hokimlar (gubernatorlar), parlament deputatlari, siyosiy partiyalar va jamoat harakatlari hamda kasaba uyushmalari boshliqlari. Lekin, demokratik institutlar rivojlangan davlatlarda partiyalar va kasaba uyushmalar liderlari yuqori elita tarkibiga kirishlari mumkin.
Quyi darajadagi elitani mahalliy doirada faoliyat olib boruvchi siyosatchilar tashkil qiladi (rahbarlar va mahalliy boshqaruv organlari deputatlari, regional doiradagi partiya a’zolari).
Administrativ elita – bu boshqaruvning texnik-tashkiliy vositalarini o‘z qo‘lida monopollashtirgan, boshqarayotgan elitaning bir qismidir. Personal tarkibda administrativ elita – bu vazirliklarda, hukumatning turli boshqaruv organlari departamentlarida muhim o‘rinlarni egallovchi davlat ishchilarining (mansabdor shaxslar) eng yuqori tabaqasi. Administrativ elita siyosiy elita tarkibiga kiradi, lekin, uni (boshqaruv apparati) tuzilishi jihatidan mustaqil guruhga ajratish mumkin.
Iqtisodiy elita – bu boshqaruv tizimida o‘z faoliyatini xususiy mulk asosida olib boruvchi, boshqarayotgan elitaning bir qismidir. Iqtisodiy elita tarkibiga o‘z qo‘llarida moddiy va moliyaviy resurslarni to‘plagan shaxslar kiradi: ulkan korporatsiyalar, banklar egalari va ularning menejerlari.
Harbiy va politsiya elitasi tarkibiga davlatning oliy harbiy rahbarlari, generalitet, ichki ishlar vazirligi, davlat xavfsizligi, maxsus xizmatlar va hk. boshliqlari kirishadi. Ba’zi davlatlarda harbiy elitaning bir qismi oliy tabaqa elita tarkibiga kirsa, boshqa qismi esa o‘rta yoki administrativ elita tarkibiga kiritilishi mumkin.
Elitalar nazariyasi siyosatshunoslik fanida yaqinda shakllangan. Uning shakllanishiga siyosiy jarayonlarni ko‘rib chiqishdagi sinfiy yondashuv to‘sqinlik qilgan. Ushbu yondashuvning eng yorqin misoli marksizm edi. Marksizm nazariyasida muhim bir hukmron elitaning mavjudligi rad etilgan. Klassik marksizm nazariyasi bo‘yicha siyosiy hukmronlikni amalga oshirgan sinf bu iqtisodiy hukmronlikni amalga oshirayotgan sinf, boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarishni o‘z qo‘lida tutgan sinf tashkil etgan.

Yüklə 44,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə