Iqboldinov Abdusamad Ilyosbek oʻgʻli O‘zMu Ijtimoiy fanlar fakulteti Siyosatshunoslik yo’nalishi



Yüklə 44,28 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü44,28 Kb.
#153260
  1   2   3   4
Iqboldinov Abdusamad Siyosiy Elita va yetakchilik fanidan


Iqboldinov Abdusamad Ilyosbek oʻgʻli
O‘zMu Ijtimoiy fanlar fakulteti
Siyosatshunoslik yo’nalishi
3-bosqich talabasi
HOZIRGI ZAMONAVIY SIYOSATSHUNOSLIKDA ELITIZMNING EVOLUTSION METODOLOGIK ASOSLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada Hozirgi zamonaviy siyosatshunoslikda Elitizmning evolutsion metodologik asoslarini turli xildagi qarashlar orqali ochib berishga harakat qilingan. Bu maqolani yoritib berish jarayonida turli xildagi jahon adabiyotlaridan foydalanilgan bo’lib, foydalanuvchilar uchun qiziqarli hamda foydali materiallarni berish uchun harakat qilgan holda, mana shunday maqola vujudga keldi.
Kalit so’zlar: Siyosatshunoslik, elita, elitizm, elitarizm, elitalogiya, metodologiya, siyosiy elita, evolutsiya, qarashlar, yondashuvlar, bosqichlar, institut, faoliyat, jarayon va boshqalar.


Abstract: In this article, an attempt was made to reveal the evolutionary methodological foundations of Elitism in contemporary political science through different views. In the process of elucidating this article, various types of world literature were used, and in an effort to provide interesting and useful materials for users, such an article was created.
Key words: Political science, elite, elitism, elitology, methodology, political elite, evolution, views, approaches, stages, institution, activity, process, etc.


Аннотация: В данной статье предпринята попытка через различные взгляды раскрыть эволюционные методологические основы элитизма в современной политической науке. В процессе освещения данной статьи использовались различные виды мировой литературы, и в целях предоставления пользователям интересных и полезных материалов была создана такая статья.
Ключевые слова: Политология, элита, элитизм, элитаризм, элитология, методология, политическая элита, эволюция, взгляды, подходы, этапы, институт, деятельность, процесс и более.

Kirish: Siyosatshunoslikda siyosiy elita siyosiy boshqaruvning funksiyasi va uni harakatlanishini tavsiflovchi institut sifatida qaraladi. Shu boyis siyosiy elita ijtimoiy hayotda guruh yoki qatlam vazifasini bajaradi. Siyosiy elita ilmiy talqinda insonlarning hokimiyatga bo’lgan ta’sirini baholash yotadi. Ta’sir o’zining ko’rsatkichiga va darajasiga ega. Bundan shuni anglash mumkinki- insonlarni siyosiy hokimiyatni anglash darajasi qanchalik taraqqiy etsa, siyosiy elitaga saralanish ham shunchalik o’zgarib boradi.
Siyosiy elita imtiyozli guruh yoki guruhlar majmuasi bo’lib, har qanday davlatda 3 daraja bilan o’lchab bog’lanadi:

  • Psixologik daraja;

  • Mafkuraviy daraja;

  • Siyosiy daraja

Elita taraqqiyotida Nikolo Makiavelli maktabi vakillari yuqoridagi sanalgan darajalarning 2-turiga xos bo’lgan qarashlarni oldinga suradi.
Siyosiy elitaning muhim hususiyatlari zamonaviy jamiyatda quyidagilar bilan belgilanadi:

  • Elita vakillari uchun xos bo’lgan alohida hususiyat;

  • Elita ommaga qanchalik javobgar;

  • Elitani rekrutatsiyasi ya’ni u kimlardan vujudga keladi;

  • Elita jamiyatga konstitutsiyaviy yoki destruktiv ta’sir ko’rsatadi.

Politologik adabiyotlarda “Siyosiy sinf”, “hukumron sinf", “boshqaruvchi sinf” singari turli nomlarga ega siyosiy elitalar bugungi kunda ham Jamiyat taraqqiyoti uchun ulkan hissa qo’shuvchi ijtimoiy guruh hisoblanadi. Siyosiy yetakchilik ikki xil usulda, ya‘ni nomenklatura yoki demokratik yo‘li bilan shakllanadi. Siyosiy yetakchilikning ijtimoiy ahamiyati to'g'ridan-to'g'ri siyosiy madaniyat darajasi va ommaning faolligi bilan bog'liq. Faol siyosiy madaniyatning, barqaror demokratik an‘analarning mavjudligi, davlat tomonidan nazorat qilinmaydigan fuqarolik jamiyati va siyosiy muxolifatning borligi zaif yetakchilar uchun imkoniyatlarni keskin kamaytiradi. Turli xil o'zboshimchalik va hokimiyatni suiiste‘mol qilishning oldini oladi, shu bilan birga, siyosatda individual qobiliyatlar hamda talantlarni namoyon qilishga keng yo'l ochib beradi.

Yüklə 44,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə