Individual loyiha



Yüklə 19,04 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü19,04 Kb.
#137923
1   2   3   4   5   6
Individual loyiha-hozir.org

Mehnat birjasi
Mehnat birjasi - ishsizlarni, ish joyini oʻzgartirishni istovchi shaxslarni ishga joylashtirish bilan shugʻullanadigan maxsus davlat muassasasi. Mehnat bozorining tashkil etilgan va tartiblanib turadigan shakli. Mehnat birjasi das-tlab 19-asrning 1-yarmida Germaniya va Angliyada, keyinchalik Fransiya va boshqa davlatlarda paydo boʻldi. 20-asrning boshlarida Angliyada umummilliy Mehnat birjasi tashkiloti taʼsis etildi. Mehnat birjasi boʻsh oʻrinlar va ishsizlarni hisobga olib boradi, ishsizlarga nafaqa toʻlaydi.
Koʻpgina mamlakatlarda Mehnat birjasi kasbga yoʻllash, qayta ixtisoslashtirish va ishga joylashtirish boʻyicha turli xil xizmatlarni bajaradi. Ularning faoliyatlari ishsizlarni ish bilan taʼminlash, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tuzilmalaridagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadigan mehnash bozori ehtiyojini qondirishdan iborat. Mehnat birjasi bozor iqtisodiyotining muhim unsurlaridan biri. Oʻzbekistonda Mehnat birjasilari 1993-yildan paydo boʻldi.
Respublikaning tuman va shaharlarida 213 mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman boʻlimlari huzurida Mehnat birjasilarining keng tarmoqli tizimi tashkil etilgan. Oʻzbekistonda mehnat birjalari ishsizlarni roʻyxatga oladi, ularni kasbga yoʻllaydi, ishsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlaydi, ish izlayotgan fuqarolarni haq toʻlanadigan vaqtincha jamoat ishlari bilan taʼminlaydi. 2000-yilda 280,6 ming fuqaro Mehnat birjasi orqali ishga joylashtirildi.


MEHNAT KODEKSINING YANGI TAHRIRI: QABUL QILISHNING ZARURLIGI VA YANGILIKLAR
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 
loyihasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.


Loyihaning ishlab chiqilishi qator sabablar bilan izohlanadi:

Birinchidan, amaldagi Mehnat kodeksi 1995 yilda ishlab chiqilgan va quyidagi kamchiliklarga ega:
  • mehnat va jamoat munosabatlarini huquqiy tartibga solish doirasining aniq ta’rifi yoʻqligi;


  • xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari muvozanatini taminlamaydigan, ularning tashabbusiga toʻsqinlik qiladigan, bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olmaydigan qoidalar mavjudligi;


  • juda koʻp malumotnomalar, koʻpincha manzilsiz havolalardan asossiz foydalanish;


  • ishchilarning ayrim toifalari (uyda ishlovchilar, jismoniy shaxslarda mehnat faoliyati bilan shugʻullanadigan ishchilar, shuningdek хususiy tadbirkorlarda ishlaydigan ishchilar, kollegial ijro etuvchi organlari azolari, oʻrindoshlar, mavsumiy ishchilar, masofaviy ishchilar) mehnatini tartibga solish xususiyatlariga etarlicha e’tibor bermaslik;


  • fuqarolik, oilaviy va boshqa bir qator huquq sohalarida qonunchilik hujjatlariga zid boʻlgan qoidalarning mavjudligi;


  • mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat va jamoat nazorati masalalariga, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida qonun hujjatlari me’yorlarini hisobga olgan holda tegishli e’tiborning yetishmasligi;


  • Mehnat kodeksining ayrim qoidalarining xalqaro huquq me’yorlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan bazi xalqaro shartnomalarga mos kelmasligi.





Yüklə 19,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə