Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi



Yüklə 57 Kb.
səhifə3/3
tarix23.09.2023
ölçüsü57 Kb.
#122948
1   2   3
sotsial xizmat faoliyati

Rasmiy guruhlar - bu huquqiy statusga ega bo’lgan sotsial institut, tashkilot qismi hisoblanadigan mavjud institut, tashkilotdagi mehnat doirasida aniq maqsadga ega bo’lgan sotsial guruhlardir.
Rasmiy guruhlarga quyidagi belgilar xos: aniq va izchil maqsad, iyerarxiyaga asoslangan aniq funksiyalar, ma’lum qoidalarga muvofiq keladigan huquq va burchlar, a’zolar o’rtasidagi rasmiy munosabatlar, guruh faoliyatini na’zorat qiladigan rasmiy institutning mavjud bo’lishi va boshqalar.
Rasmiy guruhlaprda guruh maqsadlari, funksiyalari xatti-harakat qoidalari, xatto a’zolik shartlari maxsus xujjatlarda (dastur, instruksiya, qonun va boshqalar) qayd etilgan bo’ladi.
Rasmiy guruhlarga siyosiy partiyalar, davlat, diniy va boshqa tashkilotlar. Ishlab chiqarish kollektivi, maktab sinfi, sport komandasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Rasmiy guruh - bu aniq sotsial guruh, jamiyat sotsial strukturasining elementidir. U ob’ektiv holda mavjud. Uning strukturasi va xatti - harakat shakillari keng mikyosdagi guruh yoki jamiyat tomonidan boshlanadi. Individ rasmiy guruhga a’zo bular ekan, o’zining shaxsiy sifatlarini yukotadi va rasmiy guruh tashkiloti doirasidagi u yoki bu ro’llarni bajaruvchi kishiga aylanadi.
Rasmiy guruhlar ham rasmiy (korxona, brigada kasaba uyushmasi, jamoat va davlat tashkiloti), ham rasmiy struktura tomonidan tan olinmagan, ya’niy norasmiy (yashirin tashkilot, norasmiy guruh va xokazo) bo’lishi mumkin.
Norasmiy guruhlar, ko’pincha bunday guruhlar “psixologik guruhlar” yoki “sotsial psixologik guruhlar” deb ataladi. Chunki bu guruhlarning tashkil topish zaminida guruh a’zolari o’rtasidagi psixologik, xissiy munosabatlar yotadi. Norasmiy guruhlarning paydor bo’lishida vaziyat va umumiy mafaatlar majmui muhim ro’l o’ynaydi. Shuning uchun ham bu guruhlarni ba’zan, manfaat yuzasidan to’zilgan guruhlar ham deb atashadi. Odamlar extiyojlari turli - tuman bo’lganligi sababli norasmiy guruhlar mavjud.
Norasmiy guruh rasmiy guruhga qaraganda boshqacha tuzilishga ega. Agar rasmiy guruhda guruh sotsial strukturaning yuqori organlar va xatto jamiyat tomonidan tuzilsa, norasmiy guruhlar esa shaxsiy asosda, ya’niy uni tashkil etadigan individlar tashabbusi bilan tuziladi. Tashabbuskor kishilar bu guruhda faol ro’l o’ynaydilar va o’z-o’zidan guruhda a’zolarning extiyojlarini qondirishga imkoniyat beradigan xatti- harakat sistemasi rivojlanadi.
Adabiyotlar:


  1. Bekmurodov M.B.Sotsiologiya. A.Qodidriy nomidagi halq merosi nashriyoti. T. 2002 y.

  2. Entoni Giddens. Sotsiologiya. T. Sharq. 2002 y.

  3. Lavriyenko V.N.Nartov N.A. Osnovi sotsiologicheskix znaniy. VUZ. (Sotsiologiya) - M.:1995

  4. Biryukova A.O. O predmete sotsiologi kak obshey nauki ob obshestve. Sotsiologicheskiye issledovaniya. 1991 №5.

  5. Radugin A.A. Radugin K.A. Sotsiologiya 1995.

Yüklə 57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə