Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi


Katta sotsial guruhlarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat



Yüklə 57 Kb.
səhifə2/3
tarix23.09.2023
ölçüsü57 Kb.
#122948
1   2   3
sotsial xizmat faoliyati

Katta sotsial guruhlarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  1. a’zolar sonining ko’pligi;

  2. yagona xududning mavjud emasligi;

  3. a’zolar o’rtasidagi aloqalarni asosan ommaviy aloqa vositalari orqali urnatilishi;

  4. guruh strukturasining murakkabligi, aniqroqqilib aytganda, bu guruhlar ko’p rasmiy va norasmiy, uyushgan va uyushmagan guruhlarni o’z ichiga oladi.

Katta guruhlar ikki turga bo’linadi.
1.Tasodifiy, stixiyali paydo bo’ladigan va qisqa vaqt mavjud bo’ladigan guruhlar. Bularga olomon, haloyik (publika), auditoriya va boshqalarni kiritish mumkin.
2.Tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan va jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasida ma’lum o’ringa ega bo’lgan birliklar. Bu turdagi guruhlarga sotsial sinflar, turli etnik guruhlar (ellat, halq, millat), kasbiy guruhlar, jinsiy va yoshga oid guruhlar (yoshlar, ayollar, keksalar) va boshqa guruhlarni kiritish mumkin.
Katta sotsial guruhlarda kichik guruhlarda yuk bo’lgan xatti-harakatni boshqarib turadigan o’ziga xos kuch mavjud. Bu huquqlar, urf-odatlar va an’analardir.
Katta guruh bilan kichik guruh o’rtasida o’rta guruh ham bor.
Ammo guruh muammosi bilan shug’ullanayotgan sotsiologlar fikricha, o’rta guruhlar, ularning strukturasi, aloqasi, unda bo’ladigan hodisa va jarayonlar mohiyat jihatdan kattarok guruhlarga xosdir. Kichik va katta guruhlar o’rtasidagi farqni kichik guruhning yiriklashuvi va uning katta guruhga aylanishi jarayonida qurish mumkin. Masalan, bir yoki bir nechta taniqli kishilar atrofida birlashgan, 40-45 kishidan iborat partiya kichik guruhdir, chunki bu guruh vakillarining shaxsan bir-birlarini tanishlari (bilishlari) kichik guruhga xos bo’lgan xususiyatni beradi.
Kichik guruhlar deganda, ko’pi bilan bir necha o’nlab a’zolardan iborat bo’lgan kam sonli guruhlar tushuniladi. Bu guruhlar ko’pincha samimiy do’stlik munosabatlari bilan bo’ladi, guruh a’zolari o’rtasidagi bevosita o’zaro aloqalar ustun turadi, guruh a’zolari o’rtasidagi munoabatlar norasmiy institutlar yordamida tartibga solinadi. Bundan tashqari, maxsus vazifalarni bajarishga muljallagan, yuqori darajada shaqllagan kichik maqsadli guruhlar ham mavjud. Bu guruhlarda a’zolar o’rtasidagi munosabatlar maxsus xizmat ko’rsatmalari bilan tartibga solinadi. Yashirin ishlayotgan partiya yacheykasi bunga misol bula oladi. Kichik guruhlarga oilani, do’stlarni, kushnilarni, ishlab chiqarish brigadasini va boshqa guruhlarni kiritish mumkin.
Kichik sotsial guruhlarning turlari juda ko’p. Ular turli mezonlarga qarab turlarga ajratiladi. Guruh munosabatlari strukturasiga qarab kichik sotsial guruhlar rasmiy va norasmiy guruhlarga, a’zolar o’rtasidagi munosabatlarning yakinligiga qarab birlamchi va ikkilamchi guruhlarga, guruhga a’zo bo’lish va bo’lmasligiga qarab a’zoli va referent guruhlarga bo’linadi. Sanab utilgan guruhlarni birma-bir ko’rib chiqamiz.
Rasmiy va norasmiy sotsial guruhlar, guruhlarni bunday tarzda turlarga bo’lish birinchi bo’lib amerikalik sotsiolog E. Meyo tomonidan taqlif qilingan edi, guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga ajratish asosida guruh munosabatlarining strukturasi yotadi.

Yüklə 57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə