Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


-bob. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish



Yüklə 215 Kb.
səhifə12/15
tarix20.01.2023
ölçüsü215 Kb.
#98851
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
562 09.09.2021 olimpiada

3-bob. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
7. Vazirlik tizimidagi maktablar (xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktablar bundan mustasno) tanlovga jalb etiladi.
8. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktab har yili 20-sentabrga qadar Vazirlikning axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) maktab terma jamoasini ro‘yxatdan o‘tkazadi.
1-§. Tanlovga oid ma’lumotlarni shakllantirish
9. Ro‘yxatdan o‘tgan maktab har yili 20-oktabrga qadar axborot tizimiga xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha Vazirlik tomonidan belgilangan asosiy ko‘rsatkichlarini (keyingi o‘rinlarda — asosiy ko‘rsatkichlar) kiritadi.
Axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligiga maktab direktori javobgar hisoblanadi.
10. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va 1-dekabrga qadar haqqoniyligini tasdiqlaydi.
11. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining tanlov jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati, shuningdek maktablarning haqqoniy ma’lumotlarni taqdim etishlari yuzasidan nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan amalga oshiriladi.
12. Har bir maktabdan bitta til bo‘yicha bitta terma jamoa ishtirok etishi mumkin. Terma jamoa 7 — 9-sinflarda tahsil oladigan 5 nafar o‘quvchidan tashkil topadi.
2-§. Tanlovni tashkil etish
13. Tanlov uch bosqichda: tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlarida tashkil etiladi.
Tanlovning barcha bosqichlari uchun tashkiliy ishlarni amalga oshiradigan tashkiliy qo‘mita va hakamlar hay’ati tuziladi.
14. Quyidagilar tashkiliy qo‘mitaning vazifalari hisoblanadi:
tanlov o‘tkaziladigan joyni belgilash va tasdiqlash;
hakamlar hay’ati tarkibi, apellatsiya komissiyasi a’zolari, auditoriya rahbarlari ro‘yxatini shakllantirish;
tanlov materiallarining maxfiyligini, tanlovni mazkur Nizom talablari asosida o‘tkazilishini ta’minlash;
tanlov tashkil etilishi, o‘tkazilishi va natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish;
tanlov natijalari va hakamlar hay’ati qarori asosida g‘oliblarni keyingi bosqichda ishtirok etishi bo‘yicha tavsiyani yuqori turuvchi tashkiliy qo‘mitaga taqdim etish.
15. Tanlovni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda Xalq ta’limi vazirligining har yilgi markazlashgan xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
16. Tanlovning birinchi bosqichi (tuman bosqichi) har yili fevral oyida tumandagi maktablar o‘rtasida, Agentlik hamda Vazirlik tomonidan tayyorlanadigan maxsus sinov materiallari asosida, bevosita Agentlik, Vazirlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Davlat test markazi tomonidan belgilanadigan mas’ullar ishtirokida o‘tkaziladi.
17. Tanlovning birinchi bosqichida har bir ishtirokchi maktab o‘quvchilaridan iborat terma jamoasining xorijiy tillarni bilish darajasi test topshiriqlari vositasida sinovdan o‘tkaziladi hamda ushbu Nizomga 2-ilovadagi asosiy ko‘rsatkichlarni baholash mezonlari asosida ballar qo‘yiladi.
Birinchi bosqichda maktablar 100 ballik tizimi bo‘yicha baholanadi, jumladan, test topshiriqlari uchun — 50 ball, asosiy ko‘rsatkichlar uchun — 50 ball qo‘yiladi.
18. Maktab jamoasining har bir a’zosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari umumlashtiriladi va asosiy ko‘rsatkichlarga qo‘yilgan ballar qo‘shilgan holda maktabning umumiy natijasi chiqariladi.
19. Umumiy natijaga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktablar ballar ketma-ketligiga ko‘ra 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.
20. Tuman bosqichi natijalari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan axborot tizimiga kiritiladi. Sinovlarga taalluqli hujjatlar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limida uch yil muddatgacha saqlanadi.
21. Tuman bosqichida 1-o‘rinni ko‘lga kiritgan maktab viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
22. Tanlovning ikkinchi bosqichi (viloyat bosqichi) har yili aprel oyida tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablar o‘rtasida, Agentlik hamda Vazirlik tomonidan tayyorlanadigan maxsus sinov materiallari asosida, bevosita Agentlik, Vazirlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Davlat test markazi tomonidan belgilanadigan mas’ullar ishtirokida o‘tkaziladi.
Viloyat bosqichida ishtirok etadigan maktablarning axborot tizimiga asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha kiritgan ma’lumotlari hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tuzilgan tashkiliy qo‘mita tomonidan tahlil qilinadi va haqqoniyligi tasdiqlanadi.
23. Tanlovning viloyat bosqichida ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), o‘qish (reading) va leksik-grammatik ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha bilimlari tekshiriladi.
Ikkinchi bosqichda har bir ishtirokchi 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi, jumladan, tinglab tushunish (listening) — 25 ball, yozish (writing) — 25 ball, o‘qish (reading) — 25 ball va leksik-grammatik ko‘nikmalar — 25 ball qo‘yiladi.
24. Maktab jamoasining har bir a’zosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari umumlashgan holda, maktabning umumiy natijasini hosil qiladi.
25. Ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra umumiy hisobda eng yuqori ball to‘plagan maktablar viloyat bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.
26. Viloyat bosqichida 1-o‘rinni ko‘lga kiritgan maktab respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
27. Tanlovning uchinchi bosqichi (respublika bosqichi) har yili avgust oyida, viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablar o‘rtasida Agentlik hamda xorijiy hamkor tashkilotlar tomonidan tayyorlanadigan maxsus sinov materiallari asosida, bevosita Agentlik, Vazirlik hamda boshqa vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadigan mas’ullar ishtirokida o‘tkaziladi.
28. Tanlovning respublika bosqichida ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari chet tilini bilishning xalqaro sertifikatsiyalangan standartlari asosida sinovdan o‘tkaziladi hamda tegishli til ona tili sifatida foydalaniladigan mamlakatlar haqidagi bilimi tekshiriladi.
Uchinchi bosqichda chet tilini bilishning xalqaro sertifikatsiyalangan standartlari bo‘yicha belgilangan baholash tizimi asosida baholanadi.
29. Maktab jamoasining har bir a’zosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari, maktabning umumiy natijasini hosil qiladi.
Ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha mos holda turli xalqaro sertifikatsiyalangan standartlar bo‘yicha baholash tizimi qo‘llanilganda, maktablarning natijalarini hisoblash 100 ballga proporsional tarzda amalga oshiriladi.
30. Uchinchi bosqich natijalariga ko‘ra umumiy hisobda eng yuqori ball to‘plagan maktablar 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.
31. Har bir bosqichda g‘oliblikka da’vogar jamoalarning ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha sinov tashkil etiladi.
32. Respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini sohibi sifatida e’lon qilinadi.

Yüklə 215 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə