Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


-bob. Olimpiada g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilarini taqdirlash va rag‘batlantirish



Yüklə 215 Kb.
səhifə8/15
tarix20.01.2023
ölçüsü215 Kb.
#98851
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
562 09.09.2021 olimpiada

7-bob. Olimpiada g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilarini taqdirlash va rag‘batlantirish
69. Asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari;
2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari;
3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari;
2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari;
3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari.
70. Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar Vazirlik tomonidan beriladi va uning alohida elektron reyestri yuritiladi.
71. Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mazkur sertifikatni olgan o‘quvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.
72. Vazirlik tomonidan har yili asosiy olimpiadaning respublika bosqichi va respublika bosqichiga tenglashtirilgan mintaqaviy xalqaro olimpiadalar hamda nufuzli xalqaro olimpiadalarning g‘oliblari ro‘yxati shakllantiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
73. Nufuzli xalqaro olimpiadalar hamda asosiy olimpiadaning to‘rtinchi bosqichi g‘oliblari, ularning o‘qituvchilari, ta’lim muassasalari direktorlari belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.
74. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.
Bunda:
ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha aynan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada g‘olibiga beriladi;
ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari tomonidan g‘oliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.
75. Ustama olishga da’vogar shaxsda bir paytda nufuzli xalqaro va asosiy olimpiada (respublika bosqichi) g‘olibi bo‘lganda unga eng yuqori natijasi bo‘yicha ustama tayinlanadi va to‘lov amalga oshiriladi.
76. Olimpiada g‘oliblari va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish xarajatlari Xalq ta’limi vazirligiga respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan ro‘yxatdagi mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g‘oliblari asosiy olimpiadaning respublika bosqichi g‘oliblariga tenglashtirilib, mazkur olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilariga asosiy olimpiadaning to‘rtinchi bosqichi g‘oliblari uchun belgilangan rag‘batlantirish va imtiyozlar qo‘llaniladi.

Yüklə 215 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə