Ijtimoiy bashorat va hozirgi zamonning umumbashariy muammolari



Yüklə 48,94 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü48,94 Kb.
#165236
Ijtimoiy bashorat va hozirgi zamonning umumbashariy muammolari


Ijtimoiy bashorat va hozirgi zamonning umumbashariy muammolari
Reja:



  1. Kelajakni oldindan ko’ra bilish - inson faoliyati samaradorligining muhim sharti.

2. Oldindan ko’ra bilishning asosiy uslublari va turlari.
3. Hozirgi zamon umumbashariy muammolari va ularning bartaraf etish yo’llari.

1.Kelajakni oldindan ko’ra bilish inson faoliyati


samaradorligining muhim sharti.

Jamiyatni ilmiy bilim va boshqarishda va unda sodir bo’layotgan jarayonlar taraqqiyotining oqibatini oldindan ko’ra bilish katta ahamiyat kasb etadi.


Ijtimoiy taraqqiyot qonunlari tabiat qonunlari kabi ob‘ektiv xarakterga ega. Bu qonunlar kishilarning irodasi va ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, ma‘lum sharoitda kishilar bu qonunlarni bilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin. Ijtimoiy voqelikni bilish umu-miy ilmiy bilimning turi sifatida o’zaro qarama - qarshiliklarni uzviy bog’liqlikdagi sifatidagi empirik va naza-riy darajalarini o’z ichiga oladi.
Empirik bilim darajasini maqsadi tajribaviy bilimlarga ega bo’lishdir. U dalillarni yig’ish va umumlashti-rishga asoslanadi, hamda uning asosida ijtimoiy voqelik haqida sistemalashgan bilimni tashkil kilgan nazariya yara-tiladi.
Nazariy bilim bevosita yangi bilish jarayonidir. Sub‘ekt tajriba yordamida olingan ma‘lumotlarni manti-qiy yo’l bilan birlashtirib qabul kilib turli tarixiy voqeilik o’rtasidagi mavjud bog’lanish munosabatlar haqida bilim hosil qiladi, ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini umumlashtiradi.
Tarixiy ijtimoiy dalil deganda ijtimoiy bilim tarkibiga kirgan qandaydir yo’nalish jarayonini izohlay-digan ijtimoiy ahamiyatga molik hodisa tushuniladi. Ijti-moiy ahamiyatni aks ettiradigan dalillar nazariy umum-lashma uchun boshlang’ich manbaa bo’ladi, shu bilan birga u yoki bu nazariy qarashlarning to’g’riligini isboti bo’lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy dalillar kuzatishga yoki statistik ma‘lu-motlarga asoslanishi mumkin. Statistik dalillarni ijti-moiy hodisalarni ommaviy kuzatishga asoslangan namuna tavsifnoma deb belgilasa bo’ladi. Ijtimoiy dalillar o’zicha ilmiy bilimni tashkil etmaydi. Ilmiy bilim xususiyatiga ega bo’lish uchun ijtimoiy dalillar muayyan nazariy xulo-salarga tegishli bo’lishi va ular yordamida tushintirilishi lozim. Ana shundagina ijtimoiy dalillar ijtimoiy bilim-ning zaruriy elementiga aylanadi. Ijtimoiy dalillar ij-timoiy nazariyalarning asosini tashkil kiladi.
Ijtimoiy dalillar va ijtimoiy nazariyalarning bir-ligi ilmiy oldindan ko’rish va bashorat qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Nazariy, empirik ma‘lumotlarni umumlashtirib rivojlantirish ob‘ektiv qonuniyatlarni ol-dindan aytib berish imkoniyatiga ega.
Ilmiy oldindan bilish tabiat va jamiyatni kuzatib bo’lmaydigan, yoki hali tajribada aniqlanmagan voqea va ho-disalarni oldindan aytishdir. Ilmiy oldindan bilish har doim tabiat va jamiyatning bilim olingan qonunlarini noma‘lum yoki hali yuz bermagan hodisalarda ham o’z kuchini saqlab kelishga va ularni tadbiq qilishga asoslanadi. Ilmiy oldindan ko’ra bilish ehtimollik belgilariga ega, bu hol, ayniqsa kelgusida paydo bo’luvchi aniq voqealar va ularning yuz berish vaqti masalasida yaqqol namoyon bo’ladi. Bunday holat rivojlanish jarayonida ilgari uchramaydigan yangi sababiy bog’lanishlar va imkoniyatlarning vujudga ke-lishi bilan shartlangandir, jamiyatga tadbiq etganda esa unda ongli, alohida xususiyat va shu kabilarga ega bo’lgan kishilarning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarning murakkabligi va uning natijasida kutilmagan vaziyatlar ning paydo bo’lib kelishi sababi bilan bog’liqdir.
Bashorat qilish - ilmiy oldindan ko’ra bilishning shak-li bo’lib, potentsial borliqni miyada aks ettirish jarayoni-dir. Inson hayotida ro’y bermagan, fan uchun hozircha no-ma‘lum hisoblangan, imkoniyat tariqasidagina mavjud bo’l-gan biron -bir ijtimoiy-siyosiy voqea yoki hodisaning kela-jakda qanday ro’y berishini, uning holati, rivojlanish qonunlari va oqibatlarini muayyan ilmiy dalillarga asos-langan holda oldindan aytib berishdir.
Itimoiy bashorat xuddi ilmiy oldindan ko’ra bilish singari ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini bilish ma‘lum davrlarga bo’linadi.
1.Eng yakin kelajak haqidagi bashorat 20-30 yillar oralig’ida tabiat va jamiyat taraqqiyotidagi voqealar va ho-disalar bashorat qilinadi.
2. Ijtimoiy taraqqiyotining kelgusi asrlardagi holati, masalan 100 yildan keyin insoniyatlarni nimalar kutmoqda, demografik va ekologik vaziyatlar haqida bashorat qiladi.
Uzoq kelajak haqidagi bashoratda esa 200 - 300 yillardan keyin tabiat va jamiyat insoniyat xaqidagi fikr va mulohazalar aks ettiriladi.
Ijtimoiy bashorat qilishni mavjudlik va rivoj-lanish qonuniyatlarini bilishga asoslanib amaliy jara-yonlar va voqealarning oliy maqsadi deyish mumkin. Ijti-moiy bashorat o’z navbatida tegishli rejalarda aniqlash-tiriladi. Reja bashoratdan farq qilib u harakat uchun aniq ko’rsatiladi. Jamiyat taraqqiyotini oldindan bilish va bashorat qilish to’g’risida turlicha ta‘limotlar mavjud. Shu-larning ichida keng tarqalgan kontseptsiyalarni futurologiya va germenevtika tashkil qiladi.
Futurologiya (lotincha “vuturum”- kelajak va grekcha “lo-gos” ta‘limot so’zidan olingan) kelajak haqidagi ta‘limot-dir. Birinchi marta futurologiya atamasini nemis sotsiologi O.Floxtxeyin mafkura va utopiyaga zid bulgan sinfdan tashqari turuvchi qandaydir kelajak falsafasini nomlash uchun tavsiya qilgan edi. 60-yillar oxiri va 70 - yillar boshlaridan boshlab futurologiya ta‘limoti inqirozni o’z boshidan kechirmoqda.
70-yillarning boshida jamiyat taraqqiyotining mavjud yo’nalishlarida “global falokat”ning muqarrarligi haqi-dagi kontseptsiyaning ilgari suruvchi oqim birinchi o’ringa chiqdi. Ba‘zi futurologlar Dj.Forestor, D.Medzus, R.Xedb-rener/AKSH/, E.Postel, K.Frimen /Angliya/ ,I.Keyeya /Yaponiya/ va boshqalar falokatni chetlab o’tish mumkin deb isbot qilishga xarakat qilmoqdalar.
Germenevtika (lotincha so’z bulib, tushuntiraman, izoh-layman degan ma‘nolarni anglatadi)ning asosiy nuqsoni ongning bevosita guvohligiga ishonmasdan, mantiqdan ko’ra tilda namoyon bo’ladigan ongning “boshqa” guvohlarga mu-rojat qilishdadir (P.Riker, G.Kun, A.Antsel, Ekarato, E.Xeynbel). Futorologiya va germenevtikadan farqli ra-vishda ilmiy falsafaning oldindan bilish va bashorat qi-lish kotseptsiya kishilarning irodasi va ongiga bog’liq bo’lma-gan ijtimoiy taraqqiyotning yo’nalishi va qonuniyatlarini aniq hisobga olishga asoslanadi. Uning ilmiyligi va haqi-qiyligi mana shunday namoyon bo’ladi.
Bilimga intilish jarayonining jiddiy omillaridan biri kelajakka murojaat qilishdir. Shuningdek, insonning o’z faoliyati orqali ongli mavjudodgaaylanish tugrisidagi bilimning yaratilishi o’zining o’tmishi bilan nechog’lik qi-ziqqanini va bu hohish kelajakka intilish kabi qiziqish-lardan kam emasligini ko’rsatadi.
Ma‘lumki O’rta Osiyo xalqlarida qadimdan oldindan bashorat qilish kelajakni aytib berish kabi bilimlar bir qator entsiklopedist olimlar - Al Kandiy, Forobiy Abu Ali Ibn Sinolar ham shug’ullanganlar.
Kishilarning qadimgi zamonlardayoq o’sha davrga xos mifologik to’qimalarga yoki folbinlarga, kohinlarning u dunyo to’g’risidagi ma‘lumotlari bilan chegaralanib qolmagan-liklari tarixiy dalildir. Dunyo birligi to’g’risida mavjud ma‘lumotlarga asoslanib kelajakni bashorat qilmoqchi bo’l-ganlar. Qadimgi dunyo donishmandlari “Xech qanday asosga ega bo’lmagan bashorat puch farazdir” degan fikrni ilgari suradilar. Bundan III asr ilgari yashagan ingliz faylasufi F.Bekon “Kelajakni oldindan aytib berish xususiyati insonga xosdir”- degan edi
Kelajakni oldindan ko’ra bilish nazariy va ekspre-mental ma‘lumotlarni va jamiyat taraqqiyoti qonunlarini hisobga olishga asoslanadi.
Ijtimoiy bashorat turlicha shakllarga va kelajak davr-lari kabi tushunchalarga ega ekanligini yukorida aytib o’t-dik. Ilmiy asoslangan bashorat ijtimoiy - iktisodiy va madaniy rivojlantirish va rejalashtirish bilan o’uzaro bog’liqdir.
1960 yillarning o’rtalardan boshlab bashorat rejalari jadallik bilan tuzila boshlandi. 1960 yilda Amerika ilm va san‘at akademiyasining Rim klubi Gudzon oliygoxi, Fyu-tyuribl jamiyatlari hamda ijtimoiy bashorat bo’yicha ko’p-gina xalqaro va milliy markazlar faoliyat yurita boshladi.
1974 yildan beri Butundunyo kelajakni o’rganish uyush-masi mavjuddir. Butundunyo tashkilotlari davlat idoralari ilmiy markaz va yirik birlashmalarning katta ahamiyatga molik bo’lgan masalalar yuzasidan ijtimoiy va iktisodiy ilmiy - texnik rivojlanish, atrof muhitni saqlash, demok-ratik rivojlanishga oid uzoq kelajak bashoratlarini tu-zish har bir kishi va insoniyat uchun juda katta ahamiyatga egadir.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak oldindan ko’ra bilish bashorat qilish inson tafakkuri bilan bog’liq bo’lgani uchun unga haqiqatga yaqin xayoliy narsalar hamda nazariy jasorat va intilish ham shuningdek gohida anglashishlar ham bo’lib turadi. Agar ilmiy farazdan qonuniy ravishda kelib chiqa-digan xulosa tajribada tasdiqlanmasa bu hol ilmiy faraz-ning noto’g’ri ekanligini ko’rsatadi.
Yukorida ta‘kidlaganimizdek, ilmiy bilim va bosh-qarishda unda sodir bo’layotgan jarayonlar taraqqiyotining oqibatini oldindan ko’ra bilish va bashorat qilish inson faoliyatini samaradorligining muhim shartidir.

2. Oldindan ko’ra bilishning


asosiy uslublari va turlari
Kelajakni ilmiy oldindan ko’ra bilish va bashorat qi-lish bu juda katta muammodir.
Yukoridagi fikrlarimizda bayon qilganimizdek basho-rat qilish ilmiy oldindan ko’rishning shakli hisoblanib potentsial borliqni inson miyasida aks ettirish jarayo-nidir.
Ijtimoiy bashoratning bir qancha uslublari mavjud. Avstriyalik olim Erix Yanchning ma‘lumotiga qaraganda ba-shoratning 200 ga yakin uslubi mavjud, ushbu uslublarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Ekstropolyatsiya - hodisa va voqealarning miqdoriy o’z-garishini ifodalovchi uslubdir.
2. Tarixiy analogiya - o’tmishda bo’lgan ijtimoiy voqea-ni bugungi jarayon bilan solishtirib kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan vaziyatlar haqida bashorat qiluvchi uslubdir.
Kelajakni oldindan aytib berish uchun tarixiy ana-logiya uslubi xam kam qo’llanib kelinmoqda,chunki insoniyat kelajagini o’tmish asoslarini qaytarish yo’li bilan ko’ra olmaydi. Buni XVIII asr oxiri XIX boshlarida yashagan nemis faylasufi Gegel juda yaxshi anglagan. Bunga uning quyidagi fikrlari dalil bo’la oladi: Xokimiyatlar, davlat kishilari va xalq ommasi tarix tajribalari va bilimlaridan o’rnak olib o’rganishimiz to’g’risida ahamiyat beradi .Lekin tarix hamda tajriba xalqlar va davlatlar tarixiy o’tmishdan hech narsa o’rganmaganliklarini shuningdek amal qilmayotganlik-larini ko’rsatmoqda. Aslida ko’p narsalarni o’rgansa bo’-lardi. Xar bir davrning o’ziga xos holat qaytarilmas voqe-liklar xususiyatiga ega. Aynan yashab turgan davrning xusu-siyati xuddi shu davrning holatidan kelib chiqib chiquvchi o’ziga xoslikdan xulosa chiqarib hal qilinishi mumkin.
3.Kompyuterda moddellashtirish ijtimoiy bashoratning o’ziga xos uslublaridan biri hisoblanadi. Unga ko’ra kompyuter imkoniyatlaridan foydalangan holda borliqning kelajakdagi turli qiyofalarining moddellari chiziladi. Moddellashtirish biron bir sohada moddiy yoki fikriy taqlidiga asoslangan namuna yasash bo’lib bunda tashkiliy va harakat mezonlari ishlab chiqiladi. Eng ahamiyatli tomoni shundaki namuna mantiqiy matematika yordamida hosil bo’ladi.
XXI asrda kompyuter imkoniyatlarini kegayib borishi mazkur uslubning qo’llanilishi me‘yorini ham kengaytiradi.
4. Kelajakni sahnalashtirish uslubi. Aktual borliqdan turlicha xatto bir biriga mutlaqo zid bo’lgan tendentsiyalar mavjud buladi. Shart - sharoitlarni o’zgarishiga qarab ushbu tendentsiyallarning ayrimlari tarix sahnasidan tushib qolishi ayrimlari esa kelajak qiyofasini shakllantirishga faol ishtirok etishi mumkin. Shunday bo’lsa ham borliqni kelajakdagi qiyofasini chizishda ishtirok etadigan tenden-tsiyallar miqdori shunday kattaligicha qolaveradi. Shu sa-babdan kelajak turli variantlari sodir bo’lishi mumkin. Ularni barchasini inobatga olishda esa kelajak stsenaer-sini chizish qo’l keladi.
5. Eksport baholash uslubi. Eksport baholariga asosla-nib bashorat qilish uslubi ham katta ahamiyatga ega. Ilmiy bashorat samarasi ko’p jihatdan aktual borliqdan mavjud bo’lgan tendentsiyallarni tahlil qilishga bog’liq. Ushbu ten-dentsiyallar tahlili turli sohalarga doir keng bilimlar sohibi bo’lishni talab etadi. Ana shunday bilim lar xaj-miga ega bo’lgan eksportlarning mulohazalari asosida tuzil-gan bashorat real tarixiy jarayon perspektivalarini yaqqol ko’rish imkoniyati bo’ladi.
Albatta yuqorida tilga olingan uslublar ilmiy bashorat ni amalga oshirish haqidagi bilimlarimiz xajmini to’liq ifoda etmaydi.Turli mutaxassislar yangidan - yangi uslublar ni tilga oladilar.
Kelajak haqidagi bilimlarmiz bugungi kunda yashayotgan kishilarning ongi va faoliyatiga katta ta‘sir ko’rsatadi.
Ijtimoiy bashoratning yuqorida ko’rsatilgan turlicha uslublarning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib uning to’rt turiga e‘tiborimizni qaratamiz:
1. Izlanish bashorati.
2. Normativ bashorat.
3. Tahliliy bashorat.
4. Ogohlantiruvchi bashorat.
Ijtimoiy bashoratning ushbu turlarini o’ziga xos maz-muni va vazifalari mavjuddir.
Izlanish bashorati kelajakni qanday bo’lishi kerakli gini hozirgi kundagi real baholardan jamiyat faoliyatidagi turlicha tarmoqlarning rivojlanish tendentsillaridan kelib chiqib tuziladi.
Normativ bashorat kelajakda ko’zlangan aniq maqsad larga erishish uchun turli xil amaliy ko’rsatmalar ularni amalga oshirish uchun kerakli taraqqiyot loyihalari va reja-larini o’zida mujassamlashtiradi.
Taxliliy bashorat kelajakni o’rganishning turlicha usul-larini bilish qiymatini aniqlash maqsadida qilinadi.
Ogoxlantiruvchi bashorat kishilarning ongi va hulk at-voriga to’g’ridan to’g’ri ta‘sir etish bilan kelajakdagi ke-raksiz holatlardan saqlanish, ehtiyotkorlik choralarini ko’-rish maqsadida tuziladi.
Yuqorida sanab o’tilgan ijtimoiy bashoratning turlari asosidagi xilma-xillikning bo’lishi shartlidir, chunki biron bir ijtimoiy bashoratda bir necha turlari mavjud bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy bashoratning usullari, turlari bilan bir qatorda analiz, sintez, taqqoslash, umulashtirish, muhumlash tirish, deduktsiya induktsiya kabi turlicha usullari ham mav juddir.
Inson faqat o’tmishga karab yashay olmaydi, balki ut-mishdagi avlodlari tomonidan yaratilgan barcha ilmiy bi-limlarni chuqur o’rganish va o’zlashtirish ularga ijodiy va tanqidiy yondashish asosida kelajakni oldindan ko’rishga to’xtovsiz ilgarilab borishga intiladi. Kelajakka umid-vorlik bilan qarash bugun bilmagan voqea hodisalarni ertaga mukammal bilishga intilish orqaga emas oldinga kelajakka tomon harakat qilish insonning eng muhim fazi latlaridan bo’lib hisoblanadi. Inson o’zining kelajagini taxmin va gumonlarga asoslanib emas, balki fan va ama-liyotning chuqur ilmiy xulosalariga asoslanib bilib oladi.
Fan, mantik va amaliyot kelajakni oldindan ko’ra bilishning asosiy mezonidir. Inson fan yordamida dunyoni ilmiy asosida biladi, undan maqsadga muvofiq foyda-lanadi. Biron bir narsadan foydalanish uchun avvalo o’sha hodisani bilish atroflicha o’rganish kerak bo’ladi.
Ilmiy oldindan ko’ra bilish, bashorat qilish inson tafakkuri bilan bog’liq bo’lgani uchun unda haqiqatga yaqin hayoliy narsalar, intilishlar shuningdek gohida yangila-shishlar ham bo’lib turadi. Agar ilmiy farazdan qonuniy ravishda kelib chiqadigan hulosa tajribada tasdiqlanmasa, bu hol ilmiy farazning noto’g’riligini ko’rsatadi.
Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ilmiy oldindan ko’rish, ilmiy bashorat qilish tabiat va jamiyatning bilib olinmagan qonunlarini, noma‘lum bo’lgan, hali yuzaga chiq-magan voqea va hodisalari sohasiga joriy etishga asos-lanadi. Ilmiy oldindan ko’rishda mukarrar ravishda kela-jakdagi voqealar va ularning muddatlari xususida tax-miniy farazlarning elementlari bo’ladi. Buning sababi shuki, taraqqiyot jarayonida ilgari mavjud bo’lmagan sifat jihatdan yangi sababiy bog’lanishlar va imkoniyatlar paydo bo’ladi, jamiyatga tadbiqan esa bu narsa uning rivojlanish jarayonining alohida murakkab ligidan kelib chiqadi. Bu esa yuqorida ta‘kidlaganimizdek ilmiy bashoratning mezoniy amaliyot ekanligini isbotlaydi. Ijtimoiy hayot hodisa larini oldindan bilish, rejalashtirish, programmalashti rish, boshqarish nazariyalari bilan o’zaro aloqadorlikda amalga oshiriladi. Demak, ijtimoiy hayot voqea, hodisalar ning oldindan bilish va keng mushohada etish muhim ahamiyat ga egadir.
Biz ushbu bo’limda oldindan ko’ra bilishning shakli ij timoiy bashoratning asosiy uslublaridan ekstrapolyatsiya, tarixiy analogiya, kompyuterda modellashtirish, kelajakni sahnalashtirish, eksport baholashlarni uning turlari izla nish bashorati, normativ bashorat, tahliliy va ogohlan tiruvchi bashoratlarga va usullariga to’htalib izohlab chiqdik.
3.Hozirgi zamon umumbashariy muammolar
va ularni bartarf etish yo’llari

XXI asrda insoniyat taraqqiyotini ta‘minlash uchun, hozirgi vaqtda vujudga kelgan umumbashariy muammolarni bartaraf etish lozim bo’ladi.


Hozirgi vaziyatda globalizatsiya jarayoni sodir bo’lgan-ligi tufayli vujudga kelgan har qanday muammolar umum-bashariy ahamiyat kasb etadi. Globalizatsiya jarayoni xalq-lararo yagona ijtimoiy-iqtisodiy xo’jalikning vujudga kelganligi, millatlararo madaniy, kommunikativ aloqalar ning birlashib ketayotganligi oqibatida insoniyat taqdiri umumlashgan xarakterga ega bo’ldi. Shu nuqtai nazardan umumsayyoraviy muammolar o’zining keng ko’lamligi bilan
Umumbashariy muammolar qamrovining kengligi, butun insoniyat hayotiga taalluqliligi, milliy, regional chegaralar bilan cheklanib qolmaganligi va boshqa qator xususiyatlariga ko’ra ayrim xalq va millatga, alohida bir ijtimoiy tuzumga bevosita tegishli bo’lgan muammolardan keskin farq qiladi. Umumbashariy muammolarni bartaraf etish, insoniyatning hozirgi davri uchungina emas, balki kelajakdagi hayotiy manfaatlari, avlodlari uchun ham juda muhim va katta ahamiyat kasb etadi.
Demak, hozirgi zamonda umumbashariy muammolari bu insoniyat tsivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog’liq bo’l-gan eng asosiy muammolardir.
Yer sharining barcha qit‘alari, turli region va mamlakat larda yashayotgan milliardlab kishilarga, umuminsoniyatga alo qador bo’lgan bunday muammolar son-sanoqsizdir. Ulardan eng asosiylari Yer yuzida tinchlikni saqlash, qurollanish poy gasini to’xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta‘minlash, ekolo gik muammolar, yangi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqti sodiy darajasini oshirish, qashshoqlik bilan savodsizlikka barham berish, sanoat xom-ashyosi, energiya manbalarini o’z lashtirish bilan bog’liq muammolar kiradi. Bu muammo lardan tashqari xalqaro terrorizm, narkomaniya, aqltanaz zuli, turli xavfli kasalliklardan rak, SPIDning ortib bo rayotganligi ham umumbashariy ahamiyat kasb etadi.
Umumbashariy muammolarning paydo bo’lishiga sabab xilma-xildir. Uning tarixiy xarakteridan kelib chiqadigan bo’lsak, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan “uchinchi dunyo” nomini olgan mamlakatlarining turmush tarzi va fa rovonligi o’rtasidagi tafovvut; tabiat bilan jamiyat ora sidagi nomutanosiblikning kuchayib ketishi; fan-texnika taraqqiyotining yutuqlaridan inson o’z manfaatlari uchun nooqilona foydalanishi va boshqalardir.
Umumbashariy muammolarning aksariyatining vujudga kelishi fan-texnika taraqqiyotiga borib taqaladi. Hozirgi zamon fan-texnikasida bir-biriga tubdan qarama-qarshi bo’l gan ikki xil - yer yuzida jamiki jonli mavjudotni bata mom qirib tashlash, hamda insoniyat manfaatlari uchun xiz mat qilish imkoniyatlar mavjud. Ana shu imkoniyatlarning qaysi biridan foydalanish masalasi isnoniyatning o’ziga bog’liqdir.
Yuqorida aytganimizdek insoniyat tsivilizatsiyasi taraq qiyoti bilan bog’liq muammo planetamizda tinchlikni saq lash, yadroviy urushning oldini olish, mintaqa xavfsizligi ni ta‘minlashdir. Planetamizda yashayotgan har bir kishi shuni anglashi zarurki insoniyat yadroviy qurollar asriga qa dam qo’yib, abadiylikdan mahrum bo’lishi mumkin. Chunki yadroviy, ximik, bakteriya-biologik qurollar qullansa barcha tirik mavjudot qirilib, tsivilizatsiya yo’q bo’lib keta di.Ushbu muammoni bartaraf etish uchun jahon hamja miyatida bir talay ishlar olib borilyapti, jumladan qurol lanish poygasini to’htatish uchun qarorlar, deklaratsiyalar qabul qilinyapti. Ularga amal qilish qattiq nazoratga olingan. Chunki beto’xtov qurollanish poygasi, saqlash va sinab ko’rish insoniyat yashaydigan muhit uchun xavf tug’dirib, ekologik muammolarni paydo bo’lishiga olib keldi.
Ekologik muammolar hozirgi zamonning keng miqyosda gi muammolardan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, insoniyatning kelajagi unga bog’liqdir.Bu muammo xavfini inson ancha kech anglab yetdi. Insonning tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmay yuritgan xo’jalik faoliyati Rim klubining “XXI asr yo’li” deb atalmish tadqiqotlaridan birida ko’rsatib o’tilganidek, yer yuzida tuproq nurashi, o’rmonlarning kamayib ketishi, atmosferaning iflosla-nishi, ozon qatlamining buzilishi, jahon okeanlari suv larini halokatli ravshida ifloslanishi natijasida ekolo gik muhitning yomonlashuvi bilan turli hil kasalliklarning soni ortib borishi qayd qilingan edi.
Xalqaro hamjamiyat nafaqat yashash xuquqi, balki to’la qonli va sog’lom turmush kechirishi uchun zarur mo’‘tadil at rof - muhit sharoitlariga ham bo’lgan xuquqlarini alla qachon e‘tirof etgan. Ekologik xavfsizlik ta‘minlansa ho zirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini yaxshilash, iqtisodiyotning ishlab chiqarish bilan mashg’ul tarmoqlarini ekologik jihatdan zararsiz texnologiya yorda mida rivojlantirishni xavfsizligini ta‘minlash imko nini beradi. Ekologiya muammosi Yer yuzining hamma burchak larida mavjud, faqat u keskinlik darajasi bilan bir-bi ridan farq qilishi mumkin.
Hozirgi paytda Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekologik falokatning g’oyat xavfli zonalaridan biri Orol dengizi-ning qurish xavfi insoniyat tarixida eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir. Dengiz xavzasida yashaydigan qariyi b35 million kishi uning ta‘siri ostida qoldi, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolarning murakkab majmui vujudga keldi. Ushbu muammolarning oldini olish uchun butun dunyo mutaxassislari ham jihat-likda ish olib bormoqdalar, jumladan 1995 yil 20 sentyabrda Nukus shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro tash-kilotlarning “Orol dengizi havzasini barqaror rivojlan-tirish” muammolari bo’yicha Deklaratsiya qabul qilindi.
1997 yil fevralda Markaziy Osiyodagi davlat boshliq larining BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti), “Xalqaro “Qizil yarim oy” jamiyati, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu uchra shuvda Orol muammosini hal etish bo’yicha tashkiliy tuzilmalarni takomillashtirish to’g’risida qaror qabul qilindi, Orol dengizini qutqarish Xalqaro fondi tashkil etildi. Bu xalqaro uyushma muammolarni oldini olish uchun hamjihatlik bilan chora tadbirlarni amalaga oshirmoqda. Orol bo’yi aholisining har hil kasalliklarini oldini olish tibbiy xizmatlar ko’rsatimoqda.
Yuqoridagi ma‘lumotlarimiz shuni ko’rsatadiki eko-logik muammolarini bartaraf etish butun insoniyatning oldida turgan vazifadir.
Dunyo aholisining to’htovsiz ravishda ko’payishi yoki ayrim hududlarda aholi sonining nihoyatda kamayib borish xavfi hozirgi davrning eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, shu kecha-kunduzda yer shari aholisi yiliga 90 millionga, har sekundiga 3 kishiga ko’paymoqda. Ijtimoiy bashoratlarga qaraganda XXI asrning oxirlarida planetamizda aholi soni 10-10,5 millard kishiga yetishi mumkinligi aytilmoqda. Bu holatga teskari ravishda esa kelajakda tabiiy boyliklar, neft, toshko’mir, energiya manbalari kamayib ketishi kutilmoqda. Energiya xom ashyosi masalasi ham jahonning ahamiyatga molik muammolaridan biridir. Demak insoniyat oldida muhim vazifalardan biri yangi energiya manbalarini topish, tabiiy energiya manba-larini tejab ulardan oqilona foydalanishdir. Ma‘lu-motlarga qaraganda XXI asrda dunyo bo’yicha energiyadan foyda lanish darajasi 7-8 martaga oshadi. Yangi asrda insoniyatni energiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun yangi energiya manbalarini topish uchun mutaxassislar ish olib bormoqdalar.
Hozirgi davrda butun insoniyatni oldida turgan nav-batdagi muammo - bu ozik - ovqatning tugayotganligidir. Rivojlanmagan mamlakatlardagi bir yarim milliarddan ko’p roq aholi oziq-ovqat yetish masligi, yashash uchun uy sharoiti ning yo’qligi tufayli qashshoqlikda yashamoqda. Qashshoqlik-ning oldini olish uchun rivojlangan mamlakatlar qash shoq mamlakatlarga har sohada gumanitar yordam fondlari tashkil etib, amaliy yordam ko’rsatmoqdalar.
Energetika muammosi insoniyatni yangi yonilg’i zahira larini izlab topishga undamoqda. Xozirgi zamon olimlari ning ta‘kidlashlaricha Yer yuzining yadroviy zahiralari - 100, ko’mir - 200, gaz- 57,neft esa - 32 yilga yetishi mumkin.
Insoniyatning yaxlit deb ataladigan muammolari shu bilan chegaralanib qolmasdan balki uning qamrovi yanada kengayib borayotir.
Xalqaro terrorizm, narkomaniya, xatarli kasalliklar da SPID ni oldini olish, bartaraf etish jahon mamlakat larining oldida tur gan muammolar ekanligi aytib o’tildi.
Asrimiz vabosi sanalgan giyohvandlik vositalarini iste‘mol qilish, olib sotish yoki psixotrop moddalar bilan noqonuniy ravishda muolaja qilishdan iborat harakatlar qonun yo’li bilan taqiqlanadi. Chunki bu moddalar bilan muolaja qilish inson sog’ligi va ma‘naviy qiyofasiga jiddiy xavf soladi. Bu holatlar har qanday jamiyatning kriminogen vaziyatiga, ijtimoiy-iqtisodiy negiziga salbiy ta‘sir qo’rsatadi, insoniyatni jismoniy va ma‘naviy maj-ruhlikka olib keladi, aql tanazzuli vujudga keladi. Nar-komaniya ko’pincha uyushgan jinoyatchilik va terrorizm bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Hozirgi paytda dunyo miqyosida uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyat ko’rsatishga sabab bo’lmoqda.
Ushbu muammolar boshqa muammolarni, jumladan har xil yuqumli kasalliklarni ko’payishiga olib keladi. Masa-lan BMT YuNAYDSdan olingan oxirgi ma‘lumotlarga qaraganda SPID kasalligi bilan ro’yxatga olingan kishilar 75 foizi geroin va boshqa psixotrop moddalarni qabul qi-luvchilardir.SPID xastaligi asr o’latiga aylanib bormoqda shu kungacha bu kasallik yuqtirganlarning soni dunyoda 50 milliondan oshib ketdi. 1999 yilda 2,5 million yer aholisi bu kasallikdan vafot etdi. Bu kasallikni asosan 14-30 yoshgacha bo’lganlar yuqtirib olmoqdalar. 2010 yilda kasallan-ganlarning o’rtasa yoshi 29 da bo’ladi deb bashorat qilin-moqda. Muammo shu darajaga yetdiki sakkizta buyuk davlat rahbarlari Samiti (AQSH, Yaponiya, Angliya, Geramaniya, Ita-liya, Frantsiya, Ispaniya, Rossiya) butun dunyo olimlari zim-masiga juda katta masuliyatli vazifani yukladi. Butun dunyo olimlari bu xastalikni oldini olish uchun vaktsina ishlab chiqarish muammosi bilan shug’ullanmoqdalar, lekin bu ish-lar samara bermayapti, bunga sabab kasallik virusining nihoyatda o’zgaruvchanligidadir. Yaqin 5-10 yillar davomida vaktsina ishlab chiqarish mummoligicha qolib kelardi. Demak vaziyat shunday ekan kasallikni yuq tirmaslik, tarqalishini oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda Jumladan Xalqaro tashkilot larning maxsus guruhlarining har davlatlarda vakillari faoliyat yuritmoqdalar. Dunyo bo’yicha minglab laborato riyalar ushbu muammoning oldini olishga borasida katta ish larni amalga oshirmoqdalar.
Ushbu umumbashariy muammolarni hal etish yangicha siyo-siy tafakkurni taqozo etmoqda, ya‘ni butun dunyo mamlakatlari bir bo’lib yuzaga kelgan vaziyatni tushunib yetmoqlari zaruriyati yanada oshib bormoqdaki, bu insoniyatning saqla-nishiga siyosat va o’zaro xalqaro munosabatlarda zo’rlashsiz, yadrosiz dunyoni, umuminsoniy qadriyatlarning qaror topti-rish hamda ularni ijtimoiy va milliy manfaatlardan ustun bo’lishligini taqozo etmoqda. Kelajak “erkin” bozorni emas, balki “yo’naltirilgan” bozorni talab qil-mokda, chunki iqtisodiy faoliyat, tabiatni intensiv o’zlashtirib borish yoki kosmosni egallash, demografik jara yonlarga aqliy yondashuv va nihoyatda qattiq nazoratni talab qilayotir.
Umumbashariy muammolar “yangicha gumanizm” ya‘ni inson ning fazilatlarida tub o’zgartirishlar orqali hal etish mum kin. Bu yerda insonlarning dunyoqarashi va ruhiyatida, o’zaro bir - biriga va tashqi olamga bo’lgan munosabatlarida o’zgartirish bo’lishi va xudbinlikni tamoman yo’qotish nazar da tutilmoqda. Tirik qolish madaniyatiga ega bo’lish, bunda inson o’zining ma‘naviy va jismoniy tajribasiga suyanmoq zaruriyati yanada yuksalib bormoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, insoniyat juda jiddiy muammolarga duchor bo’ldi.Bu muammolar o’zida murakkab likni va dramatik xarakterni kasb etmoqda.Ular insoniyat ni kelajakda tirik mavjudodning bir turi sifatida tirik qolishi masalasini kun tartibiga qo’ymoqda. Ummubashariy muammolarni bartaraf etish uchun insoniyat xamjihatlik bi lan ish olib boryapti. Yer yuzida tinchlikni saqlash, ekologik inqirozni oldini olish, savodsizlik va qashshoqlini tuga tish, narkomaniya va turli hil kasalliklarga qarash kura shish va muammolarning yechimi insoniyatning kelajakdagi taqdirini belgilaydi.


Adabiyotlar:

  1. Falsafa. Q. Nazarov tahriri ostida. Toshkent, 2005, 257-266-betlar.

  2. Filosofiya. Pod red. V. P. Koxanovskogo. Rostov-na-Donu, 1999, s. 515-540.

  3. Barulin V.S. Sotsialnaya filosofiya. Moskva, 1999, s. 399-427.

  4. Falsafa. E. Yusupov tahriri ostida. Toshkent, 1999, 301-321-betlar.

Yüklə 48,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə