Mavzu: O’zbekiston-Yaponiya hamkorligi. Yaponiya-O’zbekiston iqtisodiy aloqasi ko’rsatgichlari, savdo aloqalari eksport va importi. Yaponiya bilan hamkorlik strategiyasi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə1/3
tarix17.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#150084
  1   2   3
Yaponiya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti IQTISODIYOT VA BOSHQARUV FAKULTETI
Taqdimot
Guruh: 20101
Tayyorladi: Tolliboev Islom
To’laganov Rahimjon
Xolbo’tayev Islom
Oqdaryo_2023

Mavzu: O’zbekiston-Yaponiya hamkorligi. Yaponiya-O’zbekiston iqtisodiy aloqasi ko’rsatgichlari, savdo aloqalari eksport va importi.


1991-yil Yaponiya Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olib, 1992-yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatgach, 1992-yilda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1996-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasi Tokio shahrida oʻz faoliyatini boshladi. Ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatildi. Oʻtgan 14 yil mobaynida ikki davlat oʻrtasida koʻplab rasmiy hujjatlar imzolandi. Shu davr davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-marta (1994, 2002) rasmiy tashrif bilan Yaponiyada boʻldi. Bundan tashqari, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari, hukumatning rahbar va masʼul xodimlari, Parlament delegatsiyasi va boshqalarning oʻzaro tashriflari amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994-yilning mayida Yaponiyaga qilgan birinchi tashrifi oʻzaro siyosiy muloqotni faollashtirdi.
Yaponiya O’zbekistonning muhim va ishonchli hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2002-yil 28—31-mayida Yaponiyaga qilgan ikkinchi rasmiy tashrifi muhim rol oʻynadi. Tashrif chogʻida 14 ta hujjat imzolandi. Bular qatoriga Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasida doʻstlik, strategik sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya, Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarga koʻmaklashish haqida qoʻshma bayonot va boshqalar hujjatlar kiradi. Tashrif chogʻida Islom Karimov Oʻzbekistonning Yaponiya bilan hamkorlik qoʻmitasi va Yaponiyaning Oʻzbekiston bilan hamkorlik qoʻmitasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqshi. Qoʻmitalar tashkil etilib, uning birinchi qoʻshma majlisi 2004-yil iyulda Tokio shahrida oʻtkazildi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonda 10 ta oʻzbekyapon qoʻshma korxonasi, 3 ta 100% Yaponiya sarmoyasi hisobidagi korxona, yapon kompaniyalarining 22 vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdoiqtisodiy aloqalar kengayib, 2004-yilda tovar ayirboshlash hajmi 102 mln. AQSH dollariga yaqin boʻldi. Oʻzbekiston Yaponiyaga paxta va ipak mahsulotlari, gazlama, noorganik kimyo mahsulotlari eksport qiladi, turli sayyohlik xizmatlari koʻrsatadi. Yaponiyadan esa elektr va mexanik uskunalar, kauchuk va rezina buyumlar va boshqalar oladi. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi 2001-yildan Toshkent — Osaka, 2002-yildan Toshkent—Tokio yoʻnalishida doimiy havo qatnovini yoʻlga qoʻydi.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidentining 2002-yil iyul oyida Yaponiyaga uyushtirgan ikkinchi tashrifi va Yaponiya bosh vaziri Dzyunichiro Koidzumining 2006-yil avgust oyida O'zbekistonga uyushtirgan rasmiy tashrifi O'zbekiston bilan Yaponiya o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
O'zaro aloqalar nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy, madaniy, fan-ta'lim, investitsiyaviy jabhalarni ham qamrab olgan. Shuningdek, qonunchilik organlari o'rtasida ham hamkorlik munosabatlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, u jadal rivojlanib bormoqda. Xususan, Yaponiya parlamentida "Yaponiya demokratik partiyasi - O'zbekiston" hamda "Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi - O'zbekiston" do'stlik ligalari tashkil etilgan. Shuningdek, O'zbekiston parlamentining Qonunchilik palatasida "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - Yaponiya Parlamenti" parlamentlararo guruhi faoliyat yuritib kelmoqda.
1999-2001-yillar davomida Toshkentda JICA va JETROning mintaqalararo vakolatxonalari hamda beg'araz texnik yordam ko'rsatish, ikkala tomon ishbilarmon va ijtimoiy doiralar vakillari o'rtasida aloqalar o'rnatish va gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi O'zbekiston-Yaponiya markazi ochildi. 2001-yil aprel oyidan boshlab O'zbekiston va Yaponiya o'rtasida to'g'ridan to'g'ri aviaqatnovlarning yo'lga qo'yilishi4 xalqlarimizning yaqinlashuvi va mamlakatlarimiz o'rtasidagi sayyohlar almashinuvining o'sishiga xizmat qiluvchi omillaridan biri bo'ldi. Ikki mamlakat oʻrtasida madaniy aloqalar ham keng rivojlanmoqda.
Tokiodagi milliy nafis sanʼat va musiqa universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Xalqaro madaniyat karvonsaroyining ishga tushirilishi, "Jahon tinchlik qoʻngʻirogʻi"ning barpo etilishi, Yaponiyadagi bir qancha ijtimoiy tashkilotlar koʻmagida Osaka, Fukushima, Maebashi shahrilarida doimiy faoliyat olib boruvchi Oʻzbekiston madaniyat uylarining ochilishi bunga yorqin misoldir. Yaponiya va Oʻzbekistonda koʻplab koʻrgazma, takdimot, kinofestival, milliy musiqa va raqs guruhlarining konsertlari, shuningdek, 1996-yildan Oʻzbekistonda Yaponiya madaniyati kunlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi investitsion hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari sifatida tog'-kon sanoati, neft va gaz sohasi, agrosanoat majmuasi, aloqa sektori belgilangan. Yaponiya bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarga ko'maklashmoqda. Yaponiya kompaniyalari Ustyurt, Buxoro, Xiva, Janubi-g'arbiy Hisor, Surxondaryo va Farg'ona hududlarida neft va gaz resurslari bilan ishlashni rivojlantirishda qiziqish bildirishgan.
Xususan, Yaponiyaning moliyaviy ko'magi va yapon kompaniyalarining bevosita ishtirokida Buxoro va Farg'ona neftni qayta ishlash zavodlari, Sho'rtan gaz-kimyo majmui, Toshkentdagi vagon ta'mirlash zavodlarini qurish va ishga tushirish, Ko'kdumaloq konini o'zlashtirish, Samarqand, Buxoro va Urganch singari qadimiy shaharlarimizdagi aeroportlarni qayta ta'mirlash, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi . 2003-yilda O'zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlik qo'mitasi tashkil etildi. 2004-yilning may oyida esa ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan Yaponiyada xuddi shunday tashkilot faoliyat yurita boshladi.
Davlat rahbarlarining o'zaro tashriflari, shuningdek, xalq diplomatiyasi mazkur taraqqiy etayotgan munosabatlarda muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Toshkentdagi Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo'yicha agentligi (JICA) va Yaponiya tashqi savdo tashkilotining (JETRO) mintaqalararo vakolatxonalari savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga hissa qo'shib kelmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi ko'p tarmoqli aloqalar izchil rivojlanib bormoqda.
Birinchidan, madaniy yaqinlik, davlat rahbarlarining o'zaro tashriflari, shuningdek, xalq diplomatiyasi mazkur taraqqiy etayotgan munosabatlarda muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Iqtisodiy soha bilan birgalikda mutaxassislarni tayyorlash borasida ham o'zaro hamkorlikda ishlashdan yaqin istiqbolda bir qator ijobiy natijalar kutilyapti.
Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifini ikki tomon ham o'zaro munosabatlar tarixida muhim voqea, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnologik sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim qadam sifatida baholaydi.
Ikki davlat o'rtasida hududlararo aloqalarni, tartibli mehnat migratsiyasi, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari do'stlik va strategik sheriklik munosabatlarining yangi davrini boshlab beradi. Sarmoyalardan tashqari, yetuk mutaxassislarning ish tajribasini o'rganish, undan amaliyotda foydalanish orqali mamlakat iqtisodiy salohiyatini, xodimlar ishining sifati va samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə