Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik fanlari


XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



Yüklə 85,11 Kb.
səhifə2/13
tarix30.05.2023
ölçüsü85,11 Kb.
#114158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
UMARBEK NIYOZMATOVNING KURS ISHI (3) (2)

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


KIRISH
Hadisi sharifda aytilishicha, savobli ishlar orasida ilm - ma’rifat tarqatish muhim o‘rin tutadi. Bunga bilim manbayi hisoblangan kitoblarni yozib chop etish ham kiradi. Mustaqillik sharofati bilan ko‘plab milliy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari chop etildiki, bular yosh mutaxassislarni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ga asoslangan holda va hozirgi zamon talablari darajasida tayyorlashga xizmat qiladi. Mana shunday ijobiy siljishlar iqtisodiyot fanlariga ham xosdir. Mana shu fanlarning karvonboshisi hisoblangan «Iqtisodiyot nazariyasi»ga bag‘ishlangan darslik va qo‘llanm alarning chop etilishi ham e’tiborga loyiq voqea bo‘ldi. Biroq oliy o‘quv yurtlari talabalariga mo‘ljallangan ommaviy darsliklarning yetishmasligi kuzatilmoqda. Keyingi paytda bir qator o‘quv qo‘llanmalar chop etildiki, bular iqtisodiy ta’limga xizmat qilib kelmoqda. Lekin yangi darsliklarni ham yaratish lozim. Shuni nazarda tutib mazkur darslikni chop etishga jazm etildi. «Iqtisodiyot nazariyasi»ni o‘qitish tajribasidan shu narsa ayonki, bu fan 3 xil darajada o‘qitiladi. Birinchisi, boshlang‘ich kurs bo‘lib, bu akademik litsey va kollejlarda, ikkinchisi asosiy kurs bo‘lib, bu oliy o‘quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlashda o‘qitiladi. Uchinchisi kengaytirilgan va chuqurlashtirilgan kurs bo‘lib, bu magistrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Mazkur darslik bakalavrlarga mo‘ljallangan asosiy kurs tarzida yozildi. Bo‘lg‘usi mutaxassis kasb-korining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar u o‘z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishi, iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunib yetishi, iqtisodiyotning sir-asrorlarini idrok etishi talab qilinadi. Bu ishda «Iqtisodiyot nazariyasi» qo‘l kelishiga shubha yo‘q. Ko‘pgina olim lar va mutaxassislar XXI asr iqtisodiyotida jiddiy o‘zgarishlar yuz berib, u yangi qiyofaga kirishini qayd etmoqdalar. Yangilangan iqtisodiyot sharoitida yashash va ishlash uchun unda yuz berayotgan o‘zgarishlarni anglab, ularga moslasha borish kerak bo‘ladi, buning uchun esa «Iqtisodiyot nazariyasi» beradigan fundamental bilimlarni egallab olishga to 'g 'ri keladi. Mazkur darslikni tayyorlashda aytilgan zaruratdan kelib chiqqan holda nazariyadagi yangi g‘oyalar, bu fanni o‘qitishda to‘plangan tajriba, amaldagi darslik va qo‘llanm alarning yutuqlar va nuqsonlari inobatga olindi. Darslikni tayyorlashda bir qator tamoyillarga tayandi.
Talabalarga beriladigan iqtisodiyotga oid nazariy bilim lar qabul qilingan standartlar talabi darajasida bo‘lishi zarur;
- iqtisodiyot fani erishgan yangiliklar bakalavrlarga mo‘ljallangan kurs chegarasida o‘z aksini topishi kerak;
- o‘qitishning ihniyligi, nazariy qonun-qoidalar bayonining soddaligi bilan birga bo‘lishi zarur;
- nazariy bilimlar real iqtisodiy hayot bilan bog‘lanishi, iqtisodiyotga taalluqli ma'lumotlar bilan boyitilishi talab qilinadi.
Aytilgan tamoyillardan kelib chiqqan holda darslikning tarkibiy tuzilishi belgilandi, unda boshqa darsliklarda ko‘zda tutilm agan mavzular ham o‘rin oldi, ayrim mavzular nomi boshqacharoq bayon etildi, nazariy tushunchalarni aniq ta'riflashga harakat qilindi. Har bir bobda ixcham xulosalar va tayanch tushunchalar, shuningdek, turli rasmlar, chizmalar va jadvallar keltirildi. Darslikda talabalar mustaqil ishlab qo‘shimcha bilim olishlari, yozma ishlartayyorlashlarini hisobga olib birqator nazariy masalalar kengroq yoritildi, ulardan ayrimlari alohida boblarda bayon etiladi.
Bilim standartlari doirasida bir necha darsliklar amal qilishi mumkin, bular tarkibiy tuzilishi va bayon etish usuli jihatidan farqlanadi, albatta. Shundan kelib chiqib bu kitob muqobil darslik sifatida qayta chop etildi, toki buni boshqa darslik va qo‘llanm alarga qiyoslagan holda ulardan birini talabalar tanlab olishlari mumkin. Mazkur darslik talabalar iqtisodiy bilimi va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi, deb umid qilamiz. Darslikning qayta nashri yuzasidan bildiriladigan tanqidiy fikr-m ulohazalar, albatta, inobatga olinadi.



Yüklə 85,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə